К содержанию
РецензированоRU2025

MUHAMMAD TARAG‘AY ULUG‘BEK DAVRIDA MOVAROUNNAHRNING SIYOSIY, IJTIMOIY, IQTISODIY VA MADANIY YUKSALISHI

MADANIY YUKSALISHI · Ataxanov Samandar Salimjon o‘g‘li · Kalit so‘z: Mirzo Ulug‘bek (Namangan davlat pedagogika instituti Tarix yo‘nalishi) · jadid Ko‘rgon (Namangan davlat pedagogika instituti Tarix yo‘nalishi) · Key words: Mirzo Ulugbek (Namangan davlat pedagogika instituti Tarix yo‘nalishi) · Jadid Korgon (Namangan davlat pedagogika instituti Tarix yo‘nalishi)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

В данной статье рассматривается правление Мирзы Улугбекни в Моваруннахре, его политическая деятельность. Его реформы в стране, его роль в государственном управлении. Краткое описание строительных работ и его вклада в науку, а также работ, проводимых в память о Мирзо Улугбеке сегодня. Ключевые слова: Мирзо Улугбек, Сахибкирон, Шахрух, Гавхаршадбегим, Зиджи Джадид Коргон, Самарканд. Выпуск журнала №-23 Часть–4_ Апрель –2025 215 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Kirish. Sohibqiron avlodlari ichida ko‘plab, Temuriylar Amir Temurga munosib davomchi bo‘la olishdi. Shohrux Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Abu Said Mirzo, Sulton Husayn Bayqaro, Zahiriddin Muhammad Boburlar munosib voris sanalishadi. Bular ichida Amir Temurning suyukli nabirasi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek alohida ajralib turadi. Ulug‘bek o‘zining ilm-fanga mehri bilan Temurbekning qolgan nabiralaridan ajralib turar edi. Bundan tashqari Sohibqiron Mirzo Ulug‘bekni ardoqlar edi. Mirzo Ulug‘bek shaxsiyatiga to‘xtalishdan avval uni ota-onasiga to‘xtalib o‘tishimiz joiz. Otasi Shoxruh Mirzo bo‘lib, u 1377-yil 20-avgust kunni tavvallud topgan. Onasi Tag‘oyi Turkon Og‘o bo‘lib, Amir Temurni xos kanizlaridan biri bo‘lgan. Shoxruh Mirzo tarbiyasi bilan, Saroymulkixonim shug‘ullanadi. Mirzo yoshligidan diniy kitoblar ko‘p o‘qib, dindor bo‘lganligi uchun Sohibqiron bu o‘g‘liga nisbatan e’tiborli emas edi, shu boisdan ham vafoti chog‘ida valiahd tayyorlamganligi bejiz emas. 20 yoshida Mirzo Shoxruh otasini harbiy yurishlarida ishtrok eta boshlaydi. 1397-yilda Temurbek o‘g‘ilini Xuroson, Seiston, Jurjon, Mozandaron hududlariga hokim etib tayinlanadi. Shoxruh bu hududlarni 1405-yilgacha hokim sifatida boshqardi. 1407-yildan o‘zini hukmdor sifatida e’lon qilib, Amir Temurdan so‘ng boshlangan o‘zaro urushlarga barham berolgan. U hukmdorligi davrida qoraqo‘yunli turkmanlardan Eronni qaytarib olib, markzaiy hokimiyatga bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ladi. 1447-yil nabirasi Sulton Muhammad isyonini bostirish payitida vafot etadi. 1488-yilda Sohibqiron Amir Temur Shoxruh Mirzoga (kelib chiqishi Chingizxonning Kushlik ismli sarkardasini avlodi) G‘iyosiddin tarxonning qizi Gavharshodbegimni olib beradi. Begim oqila va tadbirli ayol edi.[1] Gavharshod begim davlat ishlarida faol bo‘lib, mamlkatda katta nufuzga ega edi. Shohrux Mirzo, Abulqosim Boburlarga o‘zini ta’sirini, bevosita balki, bilvosita o‘tkaza olgan. 1457- yil Abu Said Mirzo Hirot taxtini egallagach, begimni ayovsizlarcha qatl ettiradi.[2] 1394-yil 22-marta Eronning Sultoniya shahrida ularning ilk farzandi Mirzo Ulugbek dunyoga keladi. Aynan Mirzo Ulug‘bek tug‘ilgan kezda Mardin qal’asini olish chog‘ida Umarshayx Mirzo halok bo‘ladi. Aynan, Ulug‘bekni tug‘ilishi Mardin Выпуск журнала №-23 Часть–4_ Апрель –2025 216 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT aholisini qatlomdan saqlab qoladi. Unga Sohibqiron tomonidan otasining ismi Muhammad Tarag‘ay nomi beriladi. Ulug‘bekni tarbiyasi esa Saroymulkixonim zimmasiga yuklatiladi. Ko‘pchilik, olimlar tomonidan Ulug‘bek va onasi Gavharshodbegim o‘rtasidagi munosabatlar iliq bo‘lmagan. Poyon Ravshanov tomonidan bunga sabab sifatida, Ulug‘bek doim Samarqandda bo‘lganligi va Hirotga kam kelganligini izohlaydi.1398-yilda olim Shayx Olim Ozariy ustoz etib tayinlanadi va unga ustozi ilm javohirlaridan saboq bera boshlaydi. Ulug‘bekni ilmga mehri o‘zgacha edi. U Samarqanddagi, otasining Hirotdagi kutubxonalaridan foydalana olardi. 1404-yilda Sohibqiron Sulton Muhammad Mirzoni qizi Og‘obegimni Ulug‘bekga unashtirib qo‘yadi. 1404-yil Amir Temur Toshkent, Sayram, Avliyota, Ashpardan toXitoy chegarasigacha bo‘lgan hududlarini 10 yoshli Ulug‘bekga suyurg‘ol etib beradi. Amir Temur o‘zi bilan Mirzo Ulug‘bekni Xitoy yurishiga ukasi Ibrohim Mirzo bilan birga olib ketadi. Biroq, Sohibqiron 1405-yil vafot etganidan so‘ng, Movarounnahrda hokimiyat Xalil Sultonga o‘tgach Ulug‘bek otalig‘i Shohmalik bilan Xurasonga otasi oldiga ketishga majbur bo‘ladi. Bu yillarda Ulug‘bek Xurason viloyatlarida hokim vazifasini bajaradi. 1409-yil Shoxruh Mirzo Movarounnahrda hokimiyatni Xalil Sultondan tortib olgach, Ulug‘bekni Samamarqand hukmdori etib tayinlaydi. Biroq, Xorazm, Farg‘ona, Xisor, Turkiston hududlari Mirzo Ulug‘bekga itoat qilmas edi. 15 yoshli Ulug‘bek faqat Samarqand, Buxoro, Nasaf bilan chegaralanib, Turkiston hokimi Shayx Nuriddin, Farg‘ona hokim amir Xudaydodlar Ulug‘bek hokimiyatini tan olmas edi. 1410-1414-yillarda Shayx Nuriddin isyonni bostirilib, Xorazm Oltin O‘rda tarkibidan qaytarib olindi, Farg‘ona hududlari Mirzo Ulug‘bekka otasi ko‘magida bo‘ysundirildi. Bundan tashqari Ulug‘bek Qo‘shg‘argacha bo‘lgan hududlargacha boradi. Ulug‘bek 1425-yilda ukasi Jog‘iy Mirzo bilan Mog‘ulistonga yurish qildi va g‘alaba qozondi. 1427-yilda esa Dashti Qipchoq xonni Baroqi o‘g‘londan mag‘lubiyatga uchrab, otasi ko‘magida bir o‘limdan qoladi. Shundan, so‘ng Ulug‘bek otasi Shoxruh Mirzo vafotiga qadar harbiy yurishlarda ishtirok etmaydi. Выпуск журнала №-23 Часть–4_ Апрель –2025 217 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается правление Мирзы Улугбекни в Моваруннахре, его политическая деятельность.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается правление Мирзы Улугбекни в Моваруннахре, его политическая деятельность. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mirzo Ulugbek, Sahibqiron, Shahrukh, Gavharshadbegim, Ziji, Ziji jadid Ko‘rgon, Mirzo Ulug‘bek, Samarqand., Shohrux, Gavharshodbegim, Sohibqiron
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники