Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MARKAZIY OSIYODA MUSULMON MADANIYATI SHAKLLANISHIDA FAHRIDDIN ROZIY ILMIY MEROSINING AHAMIYATI
Neʼmatov Zokirjon Muhiddin oʻgʻli
Современное образование и развитие · 141-179 · 2025
Аннотация
В данной статье рассматривается жизненный путь Фахриддина Рази и его вклад в классификацию наук в исламской философии. Кроме того, анализируются исторические условия его эпохи, обосновывается их влияние на развитие науки. Особое внимание уделяется классификации наук Фахриддином Рази и его научному наследию. В процессе подготовки статьи были использованы различные методы исследования, в том числе историко- Выпуск журнала №-23 Часть–4_ Апрель –2025 231 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT аналитический метод, позволивший проанализировать события и документы, относящиеся к изучаемому периоду. Kalit soʻzlar: Borliq, kalom, tafsir, ratsionalizm, Ilohiyot, Halbaliya, Shofeʼiya, Key words: Existence, Kalam, Tafsir, rationalism, theology, Halbaliyah, Shafi'iyyah. Ключевые слова: бытие, калам, тафсир, рационализм, теология, Ханбалия, Шафиизм Tadqiqot metodlari. Tadqiqot olib borish davomida tizimlilik, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik, qiyosiy tahlil kabi ilmiy-falsafiy tamoyillardan foydalanildi. Kirish va mavzuning dolzarbligi. Rivojlanib borayotgan mamlakatimiz taraqqiyoti hosilasi sifatida ilm-fan, din , falsafa kabi sohalarda olib borilayotgan tadqiqotlar soni ham ortib bormoqda. Fahriddin Roziy kabi islom falsafasi vakillari hayot yoʻli asarlarining mohiyatini oʻrganish atrofimizda yuz berayotgan turli voqea hodisalarga nisbatan , maʼrifatli islom gʻoyalari asosidagi dunyoqarash va oʻz yondashuvimizni shakllantirishga ulkan hissa qoʻshadi. Fahriddin Roziy asarlarini har tomonlama oʻrganish islom ilm-fanining jahon intellektual anʼanalariga doimiy taʼsirini chuqur anglash imkonini beradi Roziyning yunon falsafiy anʼanalarini islom ilohiyoti bilan sintezi oʻrta asrlar ilmining dialogik tabiatini, uning klassik bilimlarni saqlash va Gʻarb dunyosiga yetkazishdagi muhim rolini misol qilib koʻrsatadi. Zero Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Hamkorlik Tashkiloti Tashqi Ishlar Vazirlari Kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqida taʼkidlab oʻtganidek: “Dunyo shiddat bilan oʻzgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo boʻlayotgan bugungi kunda maʼnaviyat va maʼrifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga eʼtibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. Aynan taʼlim va maʼrifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka daʼvat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli boʻlishga Выпуск журнала №-23 Часть–4_ Апрель –2025 232 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT undaydi.Muqaddas islom dinimiz bizga aynan shuni oʻrgatadi. Bunday yondashuv — davr talabidir" Abu Abdulloh Muhammad Ibn Umar Fahriddin Roziy 1149-yilda Eronning Ray shahrida hozirgi Tehronga yaqin joyda tugʻilgan. U Quraysh qabilasidan Abu Bakr Siddiq r.a. avlodlaridan boʻlgan.[1] Roziy Abul Fazl. Abul Maʼali, al-Imom,, Ibn al-Katib, Katib ar-Ray va Shayx ul-Islom nomlari bilan ham ulugʻlangan. Uning otasi Ziyouddin (1164 v.) Shofeʼiy va Ashariy eʼtiqodiga eʼtiqod qilgan boʻlib oʻz davrining hurmatli ulamolaridan hisoblangan. Fahriddin Roziyning fiqh va kalom ilmidan ilk ustozi ham otasi hisoblanadi. Roziy Shofeʼiy taʼlimoti doirasida ulgʻaygan boʻlishiga qaramay unda mustaqil fikrlash qobiliyatlari sezilib turadi. Otasining vafotidan keyin avval Ahmad ibn Zarinkum al-Kamal al-Simnoniy keyinroq Ozarbayjonning Marogʻa shahridan boʻlgan mashxur faylasuf Majd al-Din al-Jilidan taʼlim oladi. Majd al-Din al-Jili al-Gʻazzoliyning oʻquvchisi Muhammad ibn Yahyo al-Naysaburidan taʼlim olgan edi. Ilohiyotshunoslik bOʻyicha ustozlar silsilasi esa Abul Hasan al-Ashariga ulanadi. Soʻngra Fahriddin Roziy falsafa oʻrganishni mustaqil holatda davom ettirdi. Umri davomida koʻplab islom oʻlkalariga masalan Oʻrta Osiyo va Shimoliy Hindistonga sayohat qilgan va bu sayohatlari davomida bir neach hukmdorlar bilan yaqin aloqalar oʻrnatgan jumladan Xorazmshoh Alovuddin(v.1200 y) bilan va uning oʻgʻli va vorisi Muhammadga ustozlik qilgan (v.1219-y.) Hukmdorlar bilan aloqalari natijasida u keyinchalik katta obroʻ va mablagʻ toʻplaydi. Gʻaznaviy sulton Gʻurid unga Hirot shahrida madrasa qurib bergan va bu madrasada Fahriddin Roziy juda koʻplab oʻquvchilar yetishtirgan. Tarixiy shart-sharoit natijasi oʻlaroq Abbosiylar halifaligi hokimiyati mustahkam oʻrnatilgan hududlarda erkin fikr yurituvchilar uchun taʼqiblar yetib bormaganligi omili tufayli bu yerlarda Roziy ratsionalizmining keng tarqalishi uchun qulay sharoit mavjud edi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki oʻn uchinchi asrga kelib ham Bagʻdod halifasi nafaqat davlat rahbari balki sunniylik oqimining diniy rahnamosi ham hisoblanar edi. Ammo, XII asrning ikkinchi yarmida Saljuqiy [1] Muhammad al-Hilawi, MerekaBertanyaTentang Islam, GemaInsani, Jakarta, 1998, p 67. Выпуск журнала №-23 Часть–4_ Апрель –2025 233 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT hokimiyatining zaifligi omili Abbosiylar xalifaligining hududiy jihatdan kengayishi hamda mustahkamlanishi uchun tarixan keng sharoit hozirladi. Bu Iroqning koʻ
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается жизненный путь Фахриддина Рази и его вклад в классификацию наук в исламской философии.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается жизненный путь Фахриддина Рази и его вклад в классификацию наук в исламской философии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Existence, Kalam, Tafsir, rationalism, theology, Halbaliyah, kalom, Ilohiyot, Shofeʼiya, ratsionalizm, Borliq, Halbaliya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014