К содержанию
РецензированоRU2025

AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING CHET TILLARINI O‘QITISH VA O’RGANISHDAGI O’RNI , AHAMIYATI

Mo‘minova Orzuxon Rasuljon qizi · Ilmiy rahbar:Toshboltayev O‘rinboyevich

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

В данной статье будет проведен научно-теоретический анализ роли и преимуществ информационно-коммуникационных технологий (ИКТ) в процессе преподавания и изучения иностранных языков. Выпуск журнала №-23 Часть–5_ Апрель –2025 7 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Рассматриваются возможности повышения эффективности языковых занятий с помощью современных технологий, развития навыков самостоятельного обучения, дистанционного обучения, изучения языка на основе интерактивных платформ и мультимедийных средств. Также будут освещены дидактические и педагогические аспекты использования ИКТ. Ключевые слова: информационные технологии, обучение иностранному языку, цифровое образование, интерактивные инструменты, языковая компетентность. Globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida chet tillarini o‘rganish zarurati ortib bormoqda. Ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi chet tillarini o‘qitish metodikasiga yangicha yondashuvlarni olib kirmoqda. Zamonaviy o‘quvchilarning axborot olishga bo‘lgan ehtiyoji va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishi AKT vositalarining ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvini tezlashtirmoqda va ta’lim tizimida chuqur o’zgarishlarga sabab bo’lmoqda. XX1asr — yuksak texnologiyalar asri bo‘lib, zamonaviy yoshlarimiz nafaqat davr ruhiga monand, balki electron olamdagi taraqqiyotga muvofiq qadam tashlamoqdalar. Shu boisdan ham, yoshavlodga ta’lim berish jarayoniga boshqacha yondashishni talab etmoqda. Ayniqsa, chet tillarini o‘qitish va o‘rganishda AKT vositalari o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Elektron darsliklar, onlayn platformalar, videodarslar va test tizimlari dars jarayonining sifatini oshiradi. Tadqiqotchi Beatty (2013) AKT yordamida o‘rganilgan til mahorati o‘quvchilarda mustahkamroq shakllanishini qayd etgan. Shu bilan birga, texnologiyalar orqali individual yondashuvni ta’minlash mumkin, bu esa o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi.Darslarda o‘qituvchiningo‘rni ham o‘zgarib bormoqda. o‘qituvchi endilikda asosan yo‘naltiruvchi vazifasini o‘tamoqda. Zamon bilan hamnafas qadam tashlashni maqsad qilgan o‘qituvchilar darsning har qanday qismini AKT orqali jonlantirishga tayyor bo‘lishlarini davr talab etmoqdа. Chet tilini o‘rganishda AKTning afzalliklari AKT yordamida til o‘rganish quyidagi afzalliklarni beradi: Выпуск журнала №-23 Часть–5_ Апрель –2025 8 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Moslashuvchanlik: Har qanday vaqtda, har qanday joyda o‘rganish imkoniyati. Individual yondashuv: Sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan ilovalar o‘quvchining ehtiyojiga mos materiallarni taklif etadi. Multimediya resurslari: Video, audio va interaktiv topshiriqlar eshitish, ko‘rish va talaffuz ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Real muloqot muhiti: Onlayn suhbatlar orqali chet elliklar bilan muloqot qilish amaliy tajribani oshiradi. Chapelle (2001) o‘z tadqiqotida ko‘rsatganidek, multimediya asosida olib borilgan darslar o‘quvchilarning diqqatini jamlashiga va yuqori natijaga erishishiga olib keladi. o‘qituvchilar uchun AKT yangi uslublar va interaktiv metodikalarni tatbiq etish imkoniyatini yaratadi. Masalan, Zoom va Google Classroom kabi platformalarda onlayn dars o‘tkazish, test va mashqlarni avtomatik baholash tizimlari mavjud. Shuningdek, Quizlet, Wordwall, Edpuzzle kabi ilovalar yordamida o‘quvchilarni darsga jalb qilish osonlashadi. Bu esa dars jarayonini zamonaviylashtirish va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqotlar natijalari Warschauer va Healey (1998) AKT yordamida til o‘rganishning samaradorligi haqida o‘tkazgan tadqiqotlarida, o‘quvchilarning motivatsiyasi va faolligi an’ana viy metodlarga qaraganda yuqori bo‘lganini aniqlagan. Bundan tashqari, UNESCO hisoboti (2022)da AKT bilan qo‘llab-quvvatlangan ta’limning til o‘rganishga ijobiy ta’siri borligi, ayniqsa interaktivlik va o‘zaro aloqadorlik darajasi yuqori bo‘lgan platformalarda yaxshi natijalar kuzatilgani ta’kidlangan. Ba’zi manbalarga ko‘ra, AKT yordamida o‘rgatilgan til materiallari 30–50% gacha yuqori darajada esda qoladi. Cambridge University Press (2020) nashriyotida onlayn ta’lim vositalaridan foydalangan talabalar an’anaviy darslarga qatnashganlardan 25-30% tezroq yangi so’zlarni o’zlashtirganligi ma’lum qilingan. Ellis, R. (2003) – “Task- Based Language Learning and Treaning” kitobida esa til o’rganishda texnologiyalardan foydalanish motivatsiyani oshirish, o’z-o’zini nazorat qilish va Выпуск журнала №-23 Часть–5_ Апрель –2025 9 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT mustaqil o’rganishga katta hissa qo’shishi ta’kidlangan. Duolingo Research Team |(2020) natijalariga qaraganda ilovaning faol foydalanuvchilari haftasiga o’rtacha 3-4 soatlik mashg‘ulot orqali A2 darajadagi so’z boyligini shakllantirishga erishgan. Chet tili o‘ziga xosligi (tabiiy til yo‘qligi sababli o‘quvchilar uchun sun’iy til muhitiniyaratish) tufayli turli xil texnik o‘qitish vositalaridan eng moslashuvchan va keng foydalanishni nazarda tutadigan akademik fandir. Shu sababli, chet tilini

Доказательный фрагмент

«В данной статье будет проведен научно-теоретический анализ роли и преимуществ информационно-коммуникационных технологий (ИКТ) в процессе преподавания и изучения иностранных языков.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье будет проведен научно-теоретический анализ роли и преимуществ информационно-коммуникационных технологий (ИКТ) в процессе преподавания и изучения иностранных языков. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
information technology, Foreign Language Teaching, digital, interaktiv vositalar, chet tili o‘qitish, raqamli ta’lim, axborot texnologiyalari, til kompetensiyasi.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники