К содержанию
РецензированоUZ2025

AXBOROT XAVFSIZLIGI: RAQAMLI DUNYODA MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISH

HIMOYA QILISH · Akramova Munisa A’zamjon qizi · Ilmiy rahbar: Toshboltoyev Faxriddin O‘rinboyevich

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Quyidagi maqolada zamonaviy raqamli muhitda axborot xavfsizligining dolzarbligi, tahdidlar va ularga qarshi kurashish usullari, xalqaro va milliy tajribalar tahlili olib boriladi hamda axborot xavfsizligi tushunchasi, asosiy tamoyillari, texnologik va tashkiliy himoya vositalari ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Axborot xavfsizligi, raqamli xavf, kiberxavfsizlik, shifrlash, autentifikatsiya, DDoS, kriptografiya, milliy strategiya. Annotation: This article explores the relevance of information security in the modern digital environment, analyzes threats and methods of countering them, as well as international and national experiences in this field. The concept of information security, its fundamental principles, technological and organizational protective measures are examined from a scientific perspective. Keywords: Information security, digital threat, cybersecurity, encryption, authentication, DDoS, cryptography, national strategy. Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib, hayotimizning har bir jabhasiga chuqur kirib bormoqda. Shuningdek, axborot resurslari va tizimlariga nisbatan xavf- xatarlar ham ortib bormoqda. Axborot xavfsizligi nafaqat texnik muammo, balki milliy xavfsizlik, iqtisodiy barqarorlik va jamiyat ishonchliligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ayniqsa, elektron hukumat, onlayn to‘lov tizimlari, shaxsiy ma’lumotlar Выпуск журнала №-23 Часть–5_ Апрель –2025 12 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bazalari kabi sohalarda axborot xavfsizligini ta’minlash dolzarb muammoga aylangan. Axborot xavfsizligi – bu axborotni ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki tarqatilishdan himoya qilishga qaratilgan tashkiliy va texnik choralar tizimi hisoblanadi. Axborotni ishonchli saqlash va uzatish bugungi raqamli dunyoda muhim vazifalardan biridir. Shu sababli, axborot xavfsizligi nafaqat dasturchilar yoki IT- mutaxassislar uchun, balki har qanday tashkilot va foydalanuvchi uchun dolzarb masalaga aylangan. Axborot xavfsizligining asosiy tamoyillari uchta asosiy ustunga tayanadi: Maxfiylik (Confidentiality).Bu tamoyil axborotga faqat vakolatli shaxslar yoki tizimlar kirishini ta’minlay oladi. Maxfiylikni buzish deganda axborotni ruxsatsiz shaxslar ko‘rishi, nusxalashi yoki tarqatishi tushiniladi. Bunga qarshi kurashishda parollar, shifrlash usullari va kirish huquqlarini boshqarish tizimlari keng qo‘llaniladi. Butunlik (Integrity).Axborotning butunligi uning ruxsatsiz o‘zgartirilmasligi, buzilmasligi yoki noto‘g‘ri ma’lumotga aylantirilmasligini anglatadi. Masalan, moliyaviy hisobotdagi raqamlarning ruxsatsiz o‘zgartirilishi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli ma’lumotlar uzatilayotgan yoki saqlanayotgan paytda ularning aniqligini ta’minlash maqsadida hash-algoritmlar, raqamli imzolar kabi texnologiyalar qo‘llaniladi. Mavjudlik (Availability).Ma’lumotlar kerakli vaqtda kerakli foydalanuvchiga mavjud bo‘lishi zarur. DDoS hujumlari yoki texnik nosozliklar bu tamoyilga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bunga qarshi zaxira nusxalar, xavfsizlik devorlari (firewall), tarmoqlarni yuklamadan muhofaza qilish kabi vositalar ishlatiladi. Ushbu tamoyillar axborot xavfsizligini ta’minlovchi har qanday tizimning asosiy poydevori hisoblanadi. Aynan shu elementlar orqali raqamli muhitda ishonchli, barqaror va xavfsiz axborot almashinuvi ta’minlanadi. Raqamli dunyoning jadal rivojlanishi axborot xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar sonining ham ortishiga olib kelmoqda. Kiberjinoyatchilar tobora murakkab va puxta rejalashtirilgan hujumlar Выпуск журнала №-23 Часть–5_ Апрель –2025 13 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT orqali tashkilotlar, kompaniyalar va jismoniy shaxslarning axborot tizimlariga zarar yetkazishga harakat qilmoqda. Ularning asosiy maqsadi – ma’lumotlarni o‘g‘irlash, ularni o‘zgartirish yoki yo‘q qilish, iqtisodiy zarar yetkazish yoki shantaj qilishdir. Quyida eng keng tarqalgan zamonaviy tahdidlar turlari keltirib o‘tiladi. Kiberhujumlar (Cyberattacks). Kiberhujumlar — bu kompyuter tizimlari va tarmoqlariga qasddan zarar yetkazish yoki ruxsatsiz kirish maqsadida amalga oshiriladigan hujumlardir. Eng ko‘p tarqalgan shakllariga quyidagilar kiritish mumkin. Dastlabkisi, Phishing (Soxtalashtirilgan xabarlar) hisoblanadi va bu foydalanuvchini aldamchi havola yoki fayl orqali maxfiy ma’lumotlarini oshkor qilishga undashdir. Bu orqali foydalanuvchining login-paroli, bank ma’lumotlari va boshqa muhim axborotlar o‘g‘irlanadi. Malware (Zararli dasturlar) – viruslar, trojanlar, ransomware (ma’lumotni shifrlab, pul talab qiluvchi dasturlar) kabi zararli dasturlar orqali tizimga zarar yetkazish yoki uni boshqaruvdan chiqarish. DDoS hujumlari – tarmoq yoki sayt ishini izdan chiqarish uchun unga juda ko‘p so‘rovlar yuborish orqali mavjudlik tamoyilini buzish. Ijtimoiy muhandislik (Social Engineering). Bu usulda texnik vositalardan ko‘ra inson psixologiyasidan foydalaniladi. Jinoyatchi o‘zini ishonchli shaxs sifatida ko‘rsatib, foydalanuvchini axborotni oshkor qilishga undaydi. Masalan, telefo

Доказательный фрагмент

«Quyidagi maqolada zamonaviy raqamli muhitda axborot xavfsizligining dolzarbligi, tahdidlar va ularga qarshi kurashish usullari, xalqaro va milliy tajribalar tahlili olib boriladi hamda axborot xavfsizligi tushunchasi,…»

Образец извлечения

Демо-превью

Quyidagi maqolada zamonaviy raqamli muhitda axborot xavfsizligining dolzarbligi, tahdidlar va ularga qarshi kurashish usullari, xalqaro va milliy tajribalar tahlili olib boriladi hamda axborot xavfsizligi tushunchasi,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Information security, digital threat, cybersecurity, encryption, shifrlash, Axborot xavfsizligi, kriptografiya, DDoS, raqamli xavf, kiberxavfsizlik, milliy strategiya., autentifikatsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники