Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QIZIL KITOBGA KIRITILGAN HAYVONLAR HAQIDA
Alimardonova Moʻtabar Xolmoʻminovna (Shahrisabz davlat Pedagogika instituti) · Yaxshiyev Dilxush Otabek oʻgʻli. (Shahrisabz davlat Pedagogika instituti)
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
В этой статье предоставлена подробная информация о различных аспектах животных, включенных в Красную книгу, их действия, привычки и потребности их поддержания. Причины красной книги также обсуждаются, как животные в экосистеме и человеческой деятельности влияют на них. Выпуск журнала №-23 Часть–4_Апрел –2025 109 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ключевые слова: риск исчезновения красной книги, видов животных, экосистемы, хранения и защиты, деятельности человека. Kirish qismi ''Qizil Kitob" – bu noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar, oʻsimliklar va qushlarning roʻyxati boʻlib, dunyoning koʻplab mamlakatlarida qabul qilingan. Oʻzbekistonda ham "Oʻzbekiston Respublikasining Qizil Kitobi" muhim ekologik hujjat hisoblanadi. Bu kitobda asosan yo'qolish xavfi ostida bo'lgan hayvonlar va o'simliklar keltirilgan. Qizil Kitobga kiritilgan baʼzi hayvonlar, ularning tarqalishi, xavf ostida boʻlish sabablari va himoya choralari haqida soʻz yuritamiz ushbu maqolada. Koʻplab hayvonlarning oʻlkamizdan yoʻqolib ketishi oqibatida hayvonot olamiga juda katta salbiy taʼsir doirasida qolmoqda. Hayvonlarning turlari ularning maʼlum bir joyda yashash muhiti, xatti-harakatlari, toʻgʻrisida va ekotizimdagi ahamiyati haqida, hayvonot olamini xavf ostidan holi etish maqsadida koʻplab hujjatlar imzolandi. 1. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarning xususiyatlari.Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar odatda quyidagi sabablarga koʻra xavf ostida boʻladi: Yashash joylarining yoʻqolishi oʻrmonlarning kesilishi, qurishi natijasida koʻplab hayvonlar, yashash joylarini yoʻqotishmoqda. Brakonerlik va noqonuniy ovlash hayvonlarni masalan ayrim hayvonlarning teri, suyak uchun ovlash hayvonot dunyosining yoʻqolib ketishiga sabab boʻlmoqda. Iqlim oʻzgarishi haqida masalan qutb hayvonlari uchun muzliklarning erishini olishimiz mumkin. Inson faoliyatining salbiy taʼsiri ham juda koʻp koʻrishimiz mumkun. Masalan birgina sanoatni oladigan boʻlsak undan chiqadigan turli xildagi chiqindilar, atrof-muhitni ifloslanishiga olib kelmoqda. Hayvonlarning koʻplab turlari kamayib ketmoqda. Misol tariqasida. Amur yoʻlbarsi – dunyoda 500 tagina qolgan, asosan Rossiya va Xitoyda yashaydi. Amur yoʻlbarslarining asosiy xususiyatlari haqida. Ular katta mo'ylovlarga ega bo'lib, qalin va yumshoq jun bilan o'ralgan. Ular asosan sharqiy Osiyo, xususan Rossiyaning zarbli hududlarida va Shimoliy Xitoyda yashaydi. Ovqatlanishi ular yirtqichlar bo'lib, tog'li va o'rmonli hududlarda yashab, Выпуск журнала №-23 Часть–4_Апрел –2025 110 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT asosan keng joylarda ov qiladi.Oq ayiq – Arktika muzliklari erib borayotgani tufayli yashash joyi qisqarmoqda. Yuqumli kasalliklar va yovvoyi hayvonlarning raqobati ham ayiq sonining kamayishiga olib kelishi mumkin. Markaziy Osiyo qoploni – Oʻrta Osiyo togʻlarida tarqalgan, lekin brakonerlik tufayli soni kamayib bormoqda. 2. Hayvonlarning ekotizimdagi roli va ahamiyati Har bir tur ekotizimda muhim rol oʻynaydi. Masalan: Yirtqich hayvonlardan yoʻlbars, burgutlarni oladigan boʻlsak ular oʻsimlikxoʻr hayvonlar sonini tartibga solib, tabiat muvozanatini saqlaydi. Toʻqay hayvonlaridan fil, karkidon – oʻsimliklarni tarqatib, oʻrmonlarni yangilashga yordam beradi. Suv ekotizimi vakillari delfin, baʼzi baliqlar – suv resurslarini tozalashda muhim roʼl oʻynaydi. Masalan Dengiz ilon baliq haqida bu noyob baliq turi qizil ro'yxatda ko'rsatilgan. Ularning asosiy muammosi atrof-muhitning ifloslanishi va tabiiy yashash joylarining yo'qolishidir. Agar bu hayvonlar yoʻqolib ketsa, tabiat zanjirining bir qancha boʻgʻinlari buziladi, bu esa butun ekotizimga salbiy taʼsir koʻrsatadi. 3. Hayvonlarni muhofaza qilish boʻyicha choralar. Qizil kitobga kiritilgan turlarni saqlab qolish uchun quyidagi choralar koʻrilmoqda: Qoʻriqxonalar va milliy bogʻlar tashkil etish noyob hayvonlar uchun himoyalangan hududlar yaratish. Qatʼiy qonunlar va jazolar – brakonerlikni qonuniy jihatdan taʼqiqlash va qattiq jazolash ishlari oʻlkamizda olib borilmoqda. Xalqaro hamkorlik CITES, IUCN kabi tashkilotlar orqali global himoya dasturlarini amalga oshirilmoqda. Xulosa Qizil kitobda keltirilgan hayvonlarni muhofaza qilish uchun ko'plab xalqaro tashkilotlar va davlatlar harakat qilmoqda. Ularning sa'y-harakatlari natijasida, ayrim turdagi hayvonlar soni oshayotganini ko'rishimiz mumkin. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni saqlab qolish nafaqat biologik xilma-xillik uchun, balki butun insoniyat uchun muhim vazifa hisoblanadi. Har birimiz oʻz hayotimizda ekologik muhit va barqarorlik tamoyillariga rioya qilish orqali bu borada oʻz hissamizni qoʻsha olamiz. Выпуск журнала №-23 Часть–4_Апрел –2025 111 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1.Oʻzbekiston Respublikasining Qizil Kitobi – Toshkent: "Chinor ENK", 2019. 2.Mirziyoyev Sh.M. Tabiatni muhofaza qilish siyosati. – Toshkent: "Oʻzbekiston", 2021. 3.Ibrohimov A. Oʻzbekistonning yovvoyi hayvonlari. – Toshkent: "Fan", 2018. 4. Xalilov R. Ekologiya va hayvonot dunyosi. –
Доказательный фрагмент
«В этой статье предоставлена подробная информация о различных аспектах животных, включенных в Красную книгу, их действия, привычки и потребности их поддержания.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье предоставлена подробная информация о различных аспектах животных, включенных в Красную книгу, их действия, привычки и потребности их поддержания. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- The risk of disappearing red book, animal species, ecosystem, Qizil kitob yo'qolib ketish xavfi, saqlash va himoya, inson faoliyati., ekosistema, hayvonlar turlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025