К содержанию
РецензированоUZ2025

TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA UNING RIVOJLANISIDA MUHIM OMILLAR

MUHIM OMILLAR · Mohidil Shaymardanova Mansurovna

Современное образование и развитие · 44 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyatining mazmuni, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdagi o‘rni, hamda uning samarali rivojlanishini ta’minlaydigan omillar tahlil qilingan. Xususan, huquqiy-me’yoriy baza, moliyaviy resurslarga kirish imkoniyati, infratuzilma holati va bilimga asoslangan yondashuvlar tadbirkorlik taraqqiyotining asosiy omillari sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tadqiqotda O‘zbekistondagi mavjud holat statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinib, rivojlanishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: Tadbirkorlik, iqtisodiy rivojlanish, infratuzilma, moliyaviy resurslar, innovatsiya, huquqiy baza. Tadbirkorlik faoliyati zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning muhim harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Bu faoliyat turli sohalarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, innovatsiyalarni joriy etish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasida ham tadbirkorlikni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Biroq, tadbirkorlik subyektlarining rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynovchi omillarni aniqlash va ularni tahlil qilish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy o‘sishning muhim omillaridan biri tadbirkorlik faoliyatidir. Tadbirkorlik — bu foyda olish maqsadida tashabbus ko‘rsatgan holda risklarni o‘z zimmasiga olgan holda, mavjud resurslardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki savdo-sotiq bilan Выпуск журнала №-23 Часть–5_ Апрель –2025 245 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT shug‘ullanish faoliyatidir. U nafaqat yangi ish o‘rinlarini yaratish, balki milliy daromadning o‘sishiga, texnologik yangilanishga ham xizmat qiladi. Tadbirkorlik faoliyatining mazmuni Tadbirkorlik faoliyati erkin tashabbus, ijodkorlik, mustaqil harakat va foydaga yo‘naltirilgan iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkor o‘z faoliyatida quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: - Innovatsion yondashuv – yangi g‘oyalar va texnologiyalarni izlab topish va amaliyotga joriy etish; - Xavf-xatarni qabul qilish – bozor sharoitlaridagi noaniqliklarga qaramasdan qaror qabul qilish; - Samaradorlik – resurslardan maksimal darajada foyda olishga intilish; - Bozordagi ehtiyojni tahlil qilish – talab va taklifni o‘rganib, mos mahsulot yoki xizmatni taklif etish. Tadbirkorlik rivojlanishining muhim omillari Tadbirkorlikni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun ko‘plab omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Ularni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin: Huquqiy-me’yoriy omillar Tadbirkorlikning qonuniy asosda faoliyat yuritishi uning barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi. Bunda: - Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar (masalan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligi to‘g‘risida”gi qonun); - Soliq tizimining soddalashtirilgan va adolatli bo‘lishi; - Ruxsatnomalar va litsenziyalash tizimining soddaligi; - Boshqaruv idoralari bilan ochiq va shaffof aloqalar muhim rol o‘ynaydi. Moliyaviy omillar Tadbirkorning dastlabki va aylanma kapital bilan ta’minlanganligi uning muvaffaqiyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Asosiy moliyaviy manbalar: - Tijorat banklari orqali beriladigan kreditlar; - Mikromoliyaviy tashkilotlardan olinadigan qarzlar; - Investitsiyalar, xususan, xorijiy investitsiyalar; Выпуск журнала №-23 Часть–5_ Апрель –2025 246 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT - Davlat grantlari va subsidiyalari. Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash vositalari tadbirkorning yangi g‘oyalarni amalga oshirishiga turtki beradi. Bozor infratuzilmasi va marketing Bozordagi talab va taklifni aniqlash, mijozlar ehtiyojini o‘rganish, raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish tadbirkorning to‘g‘ri strategiya tanlashida muhim hisoblanadi. Marketing yondashuvi orqali: - Brend yaratish; - Reklama kampaniyalari; - Internet marketing (ijtimoiy tarmoqlar, saytlar orqali reklama) orqali mijozlar bazasini kengaytirish mumkin. Inson kapitali Tadbirkorning o‘zi va uning jamoasi malakali, tashabbuskor va innovatsion fikrlovchi bo‘lishi kerak. Bunga: - Kasb-hunar o‘quv yurtlari; - Uzluksiz kasbiy ta’lim; - Tadbirkorlik bo‘yicha treninglar; - Tajriba almashinuvi va mentorlik dasturlari yordam beradi. Texnologik omillar Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini oshiradi. Misol uchun: - Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish usullari; - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (kompyuter, internet, dasturiy ta’minot); - Elektron tijorat tizimlari (onlayn do‘konlar, elektron to‘lovlar). Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam Hozirgi kunda ko‘plab davlatlar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqda. O‘zbekistonda ham: - “Yosh tadbirkorlar” dasturi; - “Har bir oila – tadbirkor” tashabbusi; Выпуск журнала №-23 Часть–5_ Апрель –2025 247 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT - “Biznes yuritish uchun eng qulay sharoit” yaratishga qaratilgan islohotlar olib borilmoqda. Bu dasturlar orqali tadbirkorlar gr

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyatining mazmuni, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdagi o‘rni, hamda uning samarali rivojlanishini ta’minlaydigan omillar tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyatining mazmuni, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdagi o‘rni, hamda uning samarali rivojlanishini ta’minlaydigan omillar tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquqiy baza., innovatsiya, iqtisodiy rivojlanish, infratuzilma, Tadbirkorlik, moliyaviy resurslar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники