Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“TANOBCHILAR” SATIRASIDA XALQNING IQTISODIY HAYOTI TASVIRI
HAYOTI TASVIRI · Muhamedov Muzaffarjon Axrorjon o‘g‘li
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Muhammad Aminxo’ja Muqimiyning hayoti va ijodi haqida ta’riflar keltirilgan. Hayot yo’lidagi haqiqatlar, ilmni qay darajada qadrlagani haqida so‘z olib borilgan. O’zi yashagan davrda ijtimoiy- iqtisodiy jarayon haqida ya’ni aholining adolat darajasi haqida tanobchilar asaridan parchalar keltirib o’tilgan. Muqimiyning hayotini va asarlarini nafaqat O‘zbekistonda balkim butun dunyoda keng jamoatchilikka yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so’zlar: Ijod, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, tanob, adolat, ma’rifat, ilm, bilim, hurmat, shijoat, chirkin, soliq, tanqid,adolat,xalqparvar. Asl ismi Muhammad Aminxo’ja Muqimiy Mirzaxo’ja o’g’li 1850-yil 1- may kuni Qo’qon shahrida tavallud topgan. Muqimiy garchi nonvoylar oilasida dunyoga kelgan bo‘lsada. Muqumiy yoshlik davridan she’riyatga adabiyotga qiziqishi yuqori bo’lgan. U bolalik davridan Alisher Navoiy, Hofiz Xorazmiy, Abdurahmon Jomiy kabi buyuk mutafakkirlar ijodi ostida ulg‘aygan. Muqimiy yashab ijod etgan davr adabiy hayoti murakkab edi. Bunday muhit Muqimiy ijodiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ijodining ilk davrida qisman shaklbozlik unsurlari, san’atpardozlik mayllariga berilish ham uchraydi. Lekin tezda bu xil an’analardan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalariga tanqidiy nazar bilan qaradi. Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliydan o‘rgandi, ular g‘azallariga muxammaslar bog‘ladi. Jomiyni o‘ziga ustoz bildi. O‘zbek, fors mumtoz shoirlari an’analarini davom ettirdi. O‘zbek adabiyotida demokratik Выпуск журнала №-23 Часть–5_ Апрель –2025 266 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT yo‘nalishning vujudga kelishi va shakllanishi Muqimiy nomi bilan bog‘liq. U boshliq Furqat, Zavqiy, Avaz, Komil kabi ilg‘or fikrli shoirlar o‘zbek adabieti tarixida yangi sahifa ochdilar. Muqimiy lirikasi chuqur optimizm bilan sug‘orilgan, hayotiylik ushbu lirikaning asosiy va yetakchi xususiyatlaridan. Uning deyarli barcha asarlari haqiqiyqatga asoslangan . Uning asarlari xalqparvarligi, xalqchilligi va adolatga qaratilganligi bilan alohida ajaralib turgan. Ayniqsa Muqimiyning „Tanobchilar“ asarida tanob bu yer oʻlchash vazifasini bajargan. Yaʼni odamlar yer soligʻini bevosita ular egalik qilayotgan yer maydonidan kelib chiqib toʻlaganlar. Shuning uchun u davrda tanobchilar aholi yer maydonlaridan kelib chiqqan holda soliq yigʻimlarini amalga oshirgan. Asarda „Xoh tanobingni du chandon qilay“ degan misra bor. Bu „Men xohlasam tanobingni ikki barobarga oshiraman“ degan maʼnoni bildiradi. Yaʼni noqonuniy ravishda yer maydonlarini koʻp koʻrsatib, undan olinadigan soliq miqdorini oshirish nazarda tutilgan. Bu davrda soliqlar bevosita soliq yigʻuvchi shaxslar xohishiga koʻra amalga oshirilgan. Yaʼni soliq tizimining har bir boʻgʻinida bevosita odamlar tomonidan boshqarilgan. Shundan kelib chiqqan holda, yer maydonlarini toʻgʻri yoki notoʻgʻri koʻrsatilganligini aniqlashning deyarli imkoni mavjud boʻlmagan. Shuning uchun aholining yer maydonlarini va undan undiriladigan soliq miqdorlarini belgilash bevosita tanobchilarga bogʻliq boʻlgan. Muqimiy Qoʻqondagi Nodira bino qildirgan „Moxlar oyim“ madrasasida, soʻng Buxoro madrasalaridan birida oʻqigan (1864-1865; 1875-1876). 1876-yilda Qoʻqonga qaytgach, yer qurilishi mahkamasida mirzalik qilgan faoliyati vaqtda amaldorlarning qallobliklarini befarq kuzata olmasdan „Tanobchilar“ satirasini yozgan. Muqimiy „Tanobchilar“ asarini bevosita shu davming soliq tizimiga bogʻlagan holda yozgan. Yaʼni bu davrdagi baʼzi adolatsiz tanobchilaming oʻz asarida gavdalantirish va ular qilayotgan notoʻgʻri ishlardan ogohlantirish orqali odamlami, ayniqsa shu tizim vakillari boʻlmish tanobchilami insofga, adolatga chaqirgan. Bu qisqa tanqidiy-hajviy asar yordamida Muqimiy oʻzi yashagan davr ijtimoiy-iqtisodiy holatini yoritib bera olgan. Asarda kambagʻal chorakor dehqon mehnatidan oʻz manfaatlari uchun foydalangan, ularni aldab katta zarar yetkazgan Выпуск журнала №-23 Часть–5_ Апрель –2025 267 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Sulton Ali va Hakimjon kabi hiylakor mahalliy amaldorlar qiyofasi shoir tomonidan oʻtkir, taʼsirchan misralarda fosh etiladi. „Tanobchilar“ satirik hikoyasi amaldorlar zulmiga yoliqqan dehqon arz-dodi bilan boshlanadi. Bo‘ldi taajjub qiziq hangomalar, Arz etayin emdi yozib nomalar, Adl qulog’ila eshit holimi Zulm qilur, baski, menga zolimi, O‘n ikki oyda keladur bir tanob, O‘zgalara rohat-u menga azob Umuman olganda "Tanob " sòzining luģaviy ma'nosi arabchadan olingan bòlib , "chilvir , arqon " degan ma'nolarni anglatadi . Tanob birinchidan , Òrta Osiyo , xususan , Òzbekiston hududida qòllanilgan uzunlik òlchov birligi . XVII asrda qiymati 39,9 metrga teng bòlgan . Ikkinchidan , Òrta Osiyo xonliklarida tomonlari 60 gaz dan iborat bòlgan maydonga teng ya'ni ekin maydonini òlchash uchun qòllanilgan yuza birligi hisoblanilgan . Bir yilda (òn ikki oyda) bir marta kelib , lekin aholi uchun kòpdan kòp qiyinchiliklar olib kelgani xususida fikrlar bildirilgan Sulton Ali Xo‘ja, Hakimjon ikav, Biri xotun, birisi bo‘ldi kuyav.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Muhammad Aminxo’ja Muqimiyning hayoti va ijodi haqida ta’riflar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Muhammad Aminxo’ja Muqimiyning hayoti va ijodi haqida ta’riflar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tanqid, iqtisodiy, ma’naviy, hurmat, ijtimoiy, chirkin, shijoat, soliq, bilim, adolat, Ijod, xalqparvar., ma’rifat, ilm, tanob
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025