К содержанию
РецензированоRU2025

KINO MUSIQASI VA YANGI TEXNOLOGIYALAR

Raxmatullayev Xumoyun Shafoatovich · Murtazayev Xabib Bobir o‘g‘li (Termiz davlat pedagogika instituti)

Современное образование и развитие · 4 · 2025

Аннотация

В статье раскрываются особенности эпохи романтизма в западноевропейской музыке, её жанры и изменения в исполнительском искусстве. Также анализируется выразительность романтической музыки и творческое наследие её композиторов. Ключевые слова: Романтизм, западноевропейская музыка, композиторы, исполнительское искусство, выразительность, жанры, музыкальное наследие. Musiqa inson his-tuyg‘ularini ifodalash va estetik zavq berish vositasi sifatida har bir davrda o‘ziga xos shakl va mazmun kasb etib kelgan. XVIII asr oxiri va XIX Выпуск журнала №-23 Часть–5_ Апрель –2025 279 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT asr davomida G‘arbiy Yevropa musiqasida romantizm oqimi shakllanib, san’atning barcha jabhalarida chuqur iz qoldirdi. Romantizm musiqasi oldingi klassitsizm yo‘nalishiga nisbatan erkinroq bo‘lib, hissiy ekspressiya, individualizm va ichki kechinmalarning ifodasiga alohida e’tibor qaratdi. Ushbu davr musiqasi shaxsiy tajribalar, tabiat manzaralari, folklor, adabiy syujetlar va inson ruhiyatining murakkab jihatlarini o‘zida mujassam etgani bilan ajralib turadi. Romantizmning shakllanishiga turli ijtimoiy, siyosiy va madaniy omillar ta’sir ko‘rsatdi. XIX asrning boshlarida Yevropada yuz bergan inqilobiy harakatlar, milliy uyg‘onish jarayonlari hamda sanoat inqilobi jamiyat ongida muayyan o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Buning natijasida shaxsiy erkinlik, individual his- tuyg‘ular va tabiiy go‘zallikni madh etish romantik san’atning asosiy tamoyillariga aylandi. Xususan, Fransiya inqilobi (1789) va undan keyingi ijtimoiy o‘zgarishlar san’atkorlarga yangi ilhom manbai bo‘ldi. Bundan tashqari, romantik musiqaning rivojlanishida adabiyot va tasviriy san’at muhim rol o‘ynadi. Shiller, Bayron, Gyugo kabi adiblarning asarlari musiqada ham yangi mavzular va ifoda uslublarini shakllantirdi. Shuning uchun romantik bastakorlar ijodida adabiy syujetlar, afsonalar va xalq qo‘shiqlari keng qo‘llanildi. Shuningdek, romantizm davri cholg‘u asboblari texnologiyasining rivojlanishi bilan ham bog‘liq edi. Fortepianoning takomillashishi va orkestr imkoniyatlarining kengayishi natijasida bastakorlar yanada murakkab va chuqur hissiyotlarga boy asarlar yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Frederik Shopen va Frans List kabi bastakorlar fortepiano musiqa janrini yangi bosqichga olib chiqdilar va uni shaxsiy ichki kechinmalarni ifodalash vositasiga aylantirdilar. Umuman olganda, romantik musiqaning asosiy mohiyati inson qalbining ichki olamini, kechinmalarini va individual tajribalarini musiqiy vositalar orqali chuqur va ta’sirchan ifodalashdan iborat edi. Bu davr san’ati klassikaga nisbatan erkinroq bo‘lib, ko‘proq ehtiros, ilhom va subyektiv tajribaga asoslangan. Romantizm oqimi nafaqat o‘z davrida, balki keyingi bastakorlar ijodiga ham ulkan ta’sir ko‘rsatib, musiqaning rivojlanishida yangi ufqlar ochdi. Выпуск журнала №-23 Часть–5_ Апрель –2025 280 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Romantizm (frans. romantizm) - badiiy oqim b o’lib, XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida avval Germaniya, Avstriya, Angliya adabiyotida, keyinchalik esa musiqa va boshqa san’atlarda shakllangan. Romantizmning yetakchi tamoyili - san’atkoming ijodiy tasavvuri orqali yaratiladigan kundalik turmush va orzularning, mavjudlik va oliy, ideal dunyoning bir-biriga keskin qarshi qo‘yilishidir.[1] Romantizm ideallashtirish — ideallarni gavdalantirish, ularni real materialga singdirish orqali umumlashtirish bilan tavsiflanadi.[2] Romantizm davrida musiqada shaxsiy his-tuyg‘ular va ichki kechinmalarni ifodalashga alohida e’tibor qaratildi. Bastakorlar o‘z asarlarida inson ruhiyatining murakkab jihatlarini, ehtiroslarini va orzularini musiqiy vositalar orqali yetkazishga intildilar. Bu davr musiqasi ko‘pincha sevgi, qayg‘u, quvonch kabi chuqur hissiyotlarni aks ettirgan. Masalan, Frans Shubertning asarlari lirikasi va chuqur emosional ifodasi bilan ajralib turadi. Romantizm davrida orkestratsiya san’ati sezilarli darajada rivojlandi. Bastakorlar orkestrning turli tembr imkoniyatlaridan foydalangan holda, boy va rang- barang tovush palitrasini yaratdilar. Dinamika diapazonining kengayishi, keskin kontrastlar va yangi cholg‘u asboblarining qo‘shilishi musiqaning ifoda imkoniyatlarini oshirdi. Frans List tomonidan kashf etilgan simfonik poema janri bunga yorqin misoldir. Romantik bastakorlar ko‘pincha programma musiqasiga murojaat qildilar, ya’ni musiqiy asarlariga muayyan syujet yoki g‘oyani asos qilib oldilar. Shuningdek, milliy ohanglar va folklor elementlarini musiqaga kiritish orqali milliy identifikatsiyani ifodalashga intildilar. Masalan, Bedrjix Smetananing "Vltava" asari Chexiya milliy musiqasining yorqin namunasidir. Romantizm davrida ijrochilik san’ati yangi cho‘qqilarga erishdi. Bastakorlar o‘z asarlarida yuqori darajadagi texnik murakkablik va virtuozlikni talab qiluvchi qismlarni yaratdilar. Bu, o‘z navbatida, ijrochilarning mahoratini oshirishga turtki bo‘ldi. Masalan, Frans Listning fortepiano uchun yozgan asarlari yuqori darajadagi virtuozlikni talab qiladi.

Доказательный фрагмент

«В статье раскрываются особенности эпохи романтизма в западноевропейской музыке, её жанры и изменения в исполнительском искусстве.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье раскрываются особенности эпохи романтизма в западноевропейской музыке, её жанры и изменения в исполнительском искусстве. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Romanticism, Western European music, composers, performance, immersiv audio, kino musiqasi, raqamli bastakorlik., sun’iy intellekt, zamonaviy texnologiyalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники