К содержанию
РецензированоUZ2025

RESPUBLIKAMIZ HUDUDLARIDA TERAK (POPULUS L.) QALAMCHALARNI TAYYORLASH VA EKISH

NA’MATANING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI · Nazirjonov Ibrohimjon Anvarjon o‘g’li · Rustamova Gulnoza Yusufjonovna · Ismatullayeva Malika Yoqibjon qizi · Inomjonov Shuxratbek Nematjonovich

Современное образование и развитие · 24-27 · 2025

Аннотация

Maqolada dorivor namatak o’simligi xaqida ma’luotlar xamda Respublikamizda sharoitida qo’llanilayotgan dorivorlik xususiyatlari to’g’risida so‘zlangan. Kalit so‘zlar: namatak, dorivor, shakar, ko’chat, agrotexnik talablar, rivojlanish, urug’ Annotation: The article provides information about the medicinal plant felta and its medicinal properties used in the conditions of our republic. Keywords: felt, medical, sugar, seedlings, agrotechnical requirements, development, seeds Yer yuzida dorivor oʻsimliklarning 10-12 ming turlari borligi aniqlangan. Shundan 1000 dan ortiq oʻsimlik turining kimyoviy, farmakologik xossalari tekshirilgan. Oʻzbekistonda dorivor oʻsimliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda oʻsadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Odamlar qadimdan dorivor o'simliklardan foydalanib kelgan. Bundan 3-4 ming yil ilgari Hindiston, Xitoy, Выпуск журнала №-24 Часть–1_ Апрель –2025 134 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Qadimgi Misr mamlakatlarida dorivor o'simliklar haqida kitoblar yozilgan. Oʻrta Osiyo xalq tabobati bu boradi yetakchi hisoblanib bu haqida bizning Buyuk allomamiz Abu Ali Ibn Sinoning "Tib qonunlari (Kitob al-Qonun fit tib)" asarida 476 ga yaqin oʻsimlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar aniq va ravshan tarzda ko’rsatilgan. Dorivor oʻsimliklarning deyarli barcha qismidan xususan: quritilgan poyasi, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, poʻstlogʻi, bargi, guli, gʻunchasi, mevasi (urug’i), danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moyi va boshqalardan ko’plab dori-darmon sifatida foydalanib kelinmoqda. Ko‘p izlanishlar oqibarida hozirgi vaqtda juda ko’p dorivir o'simliklar aniqlanib ularni tarkibi tekshirilib tabobatda juda ko’p kasalliklarga qarshsi foydalanib kelinmoqdan.Shunday dorivor o'simliklardan biri bu -Na’matak shipovnik-Rosa Namatak- ra’nodoshlar oilasiga mansub. Bo‘yi 3 m ga yetadigan buta. Bargi toq patsimon murakkab, poyada ketma-ket joylashadi. Guli xushbo‘y, rangi har xil, yakka yoki 2–3 tadan o‘rnashgan. Mevasi shirali, shakli va rangi har xil, gul o‘rnidagi soxta meva ichida tukli, bir urug‘li yong‘oqchalar joylashgan. Mevasi qizil va soxta mevadir. Mevasi kuz faslining oxirida pishadi. 1 - rasm Kuz faslida pishib yetilgan dorivor namatak Dorivor na’matak o’simligi foydali xususiyatlari Na’matakni qadim- qadimlardan beri ajdodlarimiz iste’mol qilib kelishgan. Na’matakning foydali xususiyatlari quyidagicha: na’matak o’zida ko’pgina С guruh vitaminini saqlaydi: qorag’atga nisbatan 10 marotaba, limonga nisbatan 50 marotaba ko’proq, na’matakni hozir ayni kuzda avjiga chiqadigan shamollash va viruslarni oldini olishda ham, ularni Выпуск журнала №-24 Часть–1_ Апрель –2025 135 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT davolashda ham iste’mol qilish kerak, u immunitetni mustahkamlab, organizmni sog’lom qiladi, yurak va qon-tomir tizimiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi, qon bosimini normallashtiradi, kamqonlikda ham foydali sanaladi, oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, zarali toksinlar va shlaklarni chiqarib tashlaydi, ozishga yordam beradi, o’t va siydik haydovchi vosita sanaladi. Na’matakni hammaga ham iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Chunki u o’zida ko’p kislotalarni saqlashi sabab ham, oshqozon gastriti va yarasidan aziyat chekuvchilarga u tavsiya etilmaydi. Na’matakdan tayyorlanilgan damlamalarni qon bosimi tushgan insonlarga ichish tavsiya qilinmaydi. Bundan tashqari na’matakli choyni muntazam va ko’p miqdorda iste’mol qilish infeksiyasiz sariq kasalligiga olib kelishi mumkin. Ozishda na’matakning o’rni Na’matak ozishga yordam beradi, ammo faqatgina unga ishonib, ozib bo’lmaydi. Ozmoqchi bo’lganlar avval shifokor ko’rigidan o’tib, undan so’nggina uni quyidagicha damlab ichish kerak bo’ladi: 3 osh qoshiq na’matak ustidan 1 litr qaynagan suv solinadi va damlab qo’yiladi. Kelasi kuni esa yarim stakandan kuniga 4-5 marta ovqatdan so’ng iste’mol qilinadi. Na’matakni to’g’ri tanlash va saqlash damlangan choy nordongina ta’mda bo’lib, mazali hamdir. Uning ta’mi sizni quvontirishi uchun ularni to’g’ri tanlash lozim. Quritilgan na’matak donalari kichkina va bujmaygan bo’lishi kerak. Silliq va katta na’mataklar ularning gaz pechida quritilganidan dalolat beradi, bunda uning ko’pgina foydali xususiyatlari yo’qoladi. Yangi uzilgan na’mataklar esa bir xil kattalikda, hech qanday dog’larsiz bo’lishi kerak uni shisha bankalarga solib, ustini doka ro’mol bilan yopamiz va salqin va quruq joyda saqlaymiz. Quritilgan na’mataklar 2 yilgacha yaxshi saqlanadi. Na’matakdagi foydali xususiyatlar yo’qolmasligi uchun ularni qaynatish kerak emas, ularni termosga solish kerak. 1 litr suvga 4-5 osh qoshiq mevalardan solamiz. Ularni yuvib, maydalaymiz va termosga solamiz. Ustidan qaynagan suvdan quyamiz. Damlangan choy 6 soat turishi kerak. So’ng dokadan o’tkazib, asal yoki shakar qo’shib iste’mol qilinadi. Выпуск журнала №-24 Часть–1_ Апрель –2025 136 MODERN EDUCATION AND DE

Доказательный фрагмент

«Maqolada dorivor namatak o’simligi xaqida ma’luotlar xamda Respublikamizda sharoitida qo’llanilayotgan dorivorlik xususiyatlari to’g’risida so‘zlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada dorivor namatak o’simligi xaqida ma’luotlar xamda Respublikamizda sharoitida qo’llanilayotgan dorivorlik xususiyatlari to’g’risida so‘zlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
felt, medical, sugar, seedlings, agrotechnical requirements, agrotexnik talablar, rivojlanish, Terak (Populus L.), qalamcha, nihol
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники