К содержанию
РецензированоUZ2025

SUN’IY INTELLEKT VA TA’LIMDAGI INNOVATSION YONDASHUVLAR

Murodova Mohchehra Xurshidjon qizi · Ilmiy rahbar: Toshboltayev Faxriddin O’rinboyev

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada sun’iy intellektning (SI) ta’lim tizimiga kiritilishi va uning ta’lim jarayonini samarali va soddalashtirilgan shaklda o‘zgartirishdagi roli batafsil tahlil qilingan. Maqola, sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘quvchilar uchun individual yondashuvlarni ta’minlash, o‘quvchilarning bilim olish samaradorligini oshirish, va o‘qituvchilarga ta’lim jarayonini boshqarishda yordam berishdagi imkoniyatlari haqida so‘z yuritadi. Maqolada, shuningdek, baholash jarayonlarini avtomatlashtirish orqali o‘qituvchilarga samarali va adolatli baholashni ta’minlash imkoniyati, ta’limning personalizatsiyalashuvi va o‘quvchilarga mos ravishda o‘quv materiallari taqdim etishning afzalliklari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Sun’iy intellekt, ta’lim texnologiyalari, virtual yordamchi, avtomatlashtirilgan baholash, personalizatsiya, o‘quv platformalari. Annotation: This article provides a detailed analysis of the integration of artificial intelligence (AI) into the education system and its role in transforming the learning process into a more efficient and simplified form. The article discusses the potential of AI technologies to provide personalized approaches for students, enhance learning efficiency, and assist teachers in managing the educational process. Additionally, the article analyzes the possibility of enabling fair and effective assessment through automated evaluation processes, as well as the benefits of personalizing education and delivering customized learning materials to students. Выпуск журнала №-24 Часть–1_ Апрель –2025 154 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Keywords: Artificial intelligence, educational technologies, virtual assistant, automated assessment, personalization, learning platforms. Bugungi kunda raqamli transformatsiya barcha sohalarda, ayniqsa ta’lim tizimida yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. An’anaviy o‘qitish uslublari sun’iy intellekt yordamida zamonaviy, moslashuvchan va foydalanuvchi ehtiyojlariga yo‘naltirilgan tizimlarga aylanyapti. Sun’iy intellekt (SI) nafaqat o‘quvchilarning bilim olish jarayonini osonlashtiradi, balki o‘qituvchilarga ham katta yordam beradi. Sun’iy intellekt — bu mashinalarga inson aqliga xos bo‘lgan funksiyalarni, jumladan o‘rganish, tahlil qilish, qaror qabul qilish kabi imkoniyatlarni beruvchi texnologiyalardir. Sun’iy intellektning ta’lim tizimiga qo‘shilishi, o‘quvchilarga individual yondashuvni amalga oshirish imkonini beradi. O‘quvchilar turli darajadagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi mumkin, bu esa o‘qituvchilarga har bir o‘quvchining ehtiyojlariga mos materiallarni taqdim etishga yordam beradi. Sun’iy intellekt tizimlari, masalan, avtomatik tarzda o‘quvchining ilg‘or va zaif tomonlarini tahlil qilib, unga mos o‘quv rejalarini yaratish imkonini beradi. O‘quvchilar o‘z tezligi va uslubiga mos ravishda o‘rganishlari mumkin, bu esa ularga o‘quv jarayonida ishtirok etishda ko‘proq muvaffaqiyat keltiradi. Baholash jarayonlarini avtomatlashtirish orqali o‘qituvchilar o‘z vaqtlarini tejashlari va samarali, adolatli baholash tizimini yaratishlari mumkin. Masalan, sun'iy intellektning ta'limda tenglikni ta'minlashdagi asosiy yo‘llaridan biri – shaxsiylashtirilgan ta’limdir. An’anaviy ta’lim modellari ko‘pincha o‘quvchilarning turli ehtiyojlari va o‘rganish uslublarini qoplashda qiynaladi, bu esa akademik yutuqlardagi tafovutlarga olib keladi. Sun’iy intellekt asosidagi shaxsiylashtirilgan ta’lim platformalari esa ta’limga moslashtirilgan yondashuvni taklif etadi, har bir o‘quvchining kuchli va zaif tomonlari, shuningdek, istaklarini hisobga oladi. Bunday avtomatlashtirilgan tizimlar, shuningdek, o‘qituvchilarga o‘quvchilarning rivojlanishini va kuchli tomonlarini yaxshiroq kuzatib borish imkonini beradi. Выпуск журнала №-24 Часть–1_ Апрель –2025 155 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT O‘quvchilar o‘zlarining imkoniyatlarini aniqlashlari va rivojlantirishlari uchun kerakli ko‘rsatmalarni oladilar. Sun’iy intellekt o‘qituvchilarga ta’lim jarayonini boshqarishda va o‘quvchilar bilan ishlashda yangi vositalar yaratadi. Misol uchun, o‘qituvchilar sun’iy intellekt yordamida o‘quvchilarning yutuqlarini va zaif tomonlarini tahlil qilishlari mumkin, bu esa o‘qituvchining individual yondashuvni yaratishda yordam beradi. Sun’iy intellekt tizimlari shuningdek, o‘qituvchilarga o‘quv materiallarini yaratishda yordam berishi, va ta’limni modernizatsiyalashda ularga qo‘llanma sifatida xizmat qilish imkoniyatini taqdim etadi. Sun’iy intellekt ta’lim jarayonini yangilash va uning samaradorligini oshirish uchun bir qancha afzalliklarni taklif etadi. O‘quvchilar uchun individual yondashuvni ta’minlash, ular uchun qiziqarli va interaktiv ta’lim materiallarini taqdim etish imkonini beradi. Bu o‘quvchilarni yanada faol va motivatsiyalangan bo‘lishiga olib keladi. O‘qituvchilar uchun esa baholash va monitoring tizimlarini avtomatlashtirish, o‘quvchilarning yutuqlarini tezda aniqlash va ularga yordam ko‘rsatishda samarali vositalarni yaratadi. Ta’limni personalizatsiyalash, o‘quvchila

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada sun’iy intellektning (SI) ta’lim tizimiga kiritilishi va uning ta’lim jarayonini samarali va soddalashtirilgan shaklda o‘zgartirishdagi roli batafsil tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada sun’iy intellektning (SI) ta’lim tizimiga kiritilishi va uning ta’lim jarayonini samarali va soddalashtirilgan shaklda o‘zgartirishdagi roli batafsil tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Artificial intelligence, educational technologies, virtual assistant, o‘quv platformalari, virtual yordamchi, personalizatsiya, avtomatlashtirilgan baholash, ta’lim texnologiyalari, Sun’iy intellekt
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники