К содержанию
РецензированоEN2025

ALISHER NAVOIYNING "XAZOYIN UL -MAONIY" ASARIDA TUYUQLAR SHARHI

TUYUQLAR SHARHI · Uzoqova Oʻgʻilkerak Shokir qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

This articli describes the genre of tuyuk ,one of the purely Turkic genres,which occupies ana important place in classical literature anda the work of Alisher Navoiy. It describes the tupes of tuyuk ,the meanings and relationships expressed in tuyuk,and this genre. Keywords: tuyuk ,tajnis, Alisher Navoiy, Xazoyin ul -maoniy,tuyuk without tajnis,tuyuk wtis tajnis. Аннотация: В данной статье жанр туюк который явлется одним из чисто турейкех жанров, занимает важное местов в классической литературе и творчестве Алишер Навои а также определяются виды туюка,смыслы, выраженные в туюка и етом жанре. Ключевые слова: туюк, таджинис, Алишер Навоий , Хазоин ул маони, туюк без таджинса, туюк таджисом. Mumtoz sheʼriyatda shunday janrlar borki , sheʼriy sanʼatlarni ustamonlik bilan ishlatish natijasida hosil boʻladi. Bu esa asarning jozibaliligini hamda shoirning soʻz qoʻllash sanʼatini qanchalik yuqorili ekanligini koʻrsati beradi. Shunday sheʼriy janrlardan biri tuyuqdir. Bu sheʼriy janr tajnis sanʼatini baland choʻqqiga olib chiqdi. Mumtoz adabiyotda Lutfiy, Navoiy, Ogahiy, Bobur, Munis ijodida tuyuqning yetuk namunalarini koʻrishimiz mumkun. Выпуск журнала №-24 Часть–1_Апрел –2025 280 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Tuyuq sof turkiy janr boʻlib, turkiy sheʼriyatda qalam tebratgan ijodkorlardan biri Alisher Navoiy ham bu janrni chetlab oʻtmadi. Navoiy tuyuq va uning xususiyatlari bilan ham shugʻullangan va shu janr uchun xos boʻlgan belgilarni koʻrsatib berishga muvaffaq boʻlgan.Navoiy fikrlaridan shuni anglash mumkinki,tuyuq turkiy xalqlar orasida keng tarqalib, toʻy, bazm, yigʻinlarda yaratilgan ekan.Tuyuq ikki bayt , yaʼni toʻrt misradan iborat boʻladi. Tuyuq tajnisli qofiyaga asoslangan va albatta ramali musaddasi maqsur vaznida yoziladi. Shoir oʻzining yutuqlarini jamlab ,"Badoye ul-vasat" devoni tarkibiga kiritgan. Devondagi tuyuqlarning jami soni 13 tadir.Alisher Navoiy faqat shu devondagina emas boshqa asarlarida ham tuyuq janri haqida toʻxtalib oʻtgan. Masalan,"Majolis un-nafois"da ham tuyuq namunalari va mualliflari haqida maʼlumotlar keltirilgan.Tuyuqlarni ularda tajnisning ishtirok etishi yoki etmasligiga koʻra ikki guruhga boʻlish mumkin: 1.tajnisli tuyuq ; 2.tajnissiz tuyuq; Bular hajmi,vazni jihatidan bir xildir. Tajnisli tuyuqlar oʻzbek adabiyotida keng tarqalgan va rivojlangani a,a,b,a tarzida qofiyalanib, 1,2,4 misralarda tuyuqlar ishlatilgan tuyuqlardir. Oʻzbek shoirlari, asosan, tuyuqning shu turida asar yaratganlar . Navoiyning tajnissiz yozilgan tuyuqlari umuman yoʻqdir. Tajnisli tuyuqning ikkinchi bir turida ham toʻrttala misrada hamjins ,ham shakl soʻzlar qofiya oʻrnida keladi,bu soʻzlar kamida toʻrt xil maʼnoni anglatishi mumkin, lekin adabiyot tarixida uning namunalari kam uchraydi. Tuyuq haqidagi nazariy maʼlumotlardan maʼlumki, badiiy asarda tajnis hosil qilish uchun faqat tildagi tayyor shakldosh (omonim) foydalanish shart emas. Ijodkorlar bir necha soʻz qoʻshilmasi orqali ham ilgari qoʻllanilmagan , yaʼni tamoman yangi tajnislar yaratish mumkin. Masalan: " Charx tortib xanjari hijron bu tun Qoʻymadi bir zarra bagʻrimni butun Tunga borib bizni behol aylading Ne baloligʻ yer emish , yo rab bu tun"(4:731) Выпуск журнала №-24 Часть–1_Апрел –2025 281 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Bu tuyuqda ham Navoiy shunday yoʻl tutgani 1-misradagi "bu tun"soʻzlar tarkibli, 2- misrada "butun" va 4- misrada "bu tun " degan soʻzlar tarkibi qofiya boʻlib kelgan . Lekin bu uch qofiyadagi soʻzlarning har biri alohida- alohida maʼnoga ega . Lekin eski oʻzbek alifbosida bu tajnis tarkibi bir xil yozilgan .1-misrada "bu tun " soʻzi kechasi degan maʼnoni anglatib kelgan . Natijada satrdan :"Dunyo menga hijron azobini chektirdi kechasi bilan" degan maʼnoni uqamiz.2 - misrada "bagʻrimning bir zarralik ham butun joyi qolmadi". 3- misrada " bizni behol qilding tunga borib " degan fikr ifodalangan. 4- misrada shoir endi "bu va tun" soʻzlarini oʻz maʼnosida ishlatiladi: " Ey xudo bu kechasi yer qanday boʻldi " degan maʼno anglashadi. Tuyuq turkiy janr boʻlgani uchun uning aksar namunalaridan qofiyaga olingan tajnislar,asosan , turkiy soʻz va qoʻshimchalar vositada shakllantiriladi. Bu tuyuqda shoir aynan kelib turkiycha boʻlgan soʻzlar vositasida tajnis yaratadi. Navoiy tuyuq yaratishda tajnis usullarining barcha xillari ishga soldi , tarkibli soʼzlarni ham turli maʼnolarni qoʻllay oladi. Alisher Navoiy adabiyotimiz tarixida tuyuqning nazariy asoschisi boʻlib qolmay, bu janrda ham oʻz isteʼdodini sinab koʻrgan va oʻz devonidan bu janrdagi sheʼrlarga alohida oʻrin ajratgan qalam sohibidir. Shoirning tuyuqlari turkiy sheʼriyatning yuksak namunalari ekanligi bilan ahamiyatlidir. Shoir qofiya uchun tajnisning turli koʻrinishlardan foydalangan ekan, shu vositalarni quruq soʻz oʻyini uchun emas , balki oʻzining chuqur kechinmalari ifoda etish maqsadida boʻysundiradi. " Ul pariy ishqida bu devonani , Eyki istarsan , kelib gulxanda koʻr Bir qadah ul gulni xandon ayladi Ey koʻngul ,nazzora qil, gulxanda koʻr "(4 :731) Bu tuyuqda

Доказательный фрагмент

«This articli describes the genre of tuyuk ,one of the purely Turkic genres,which occupies ana important place in classical literature anda the work of Alisher Navoiy.»

Образец извлечения

Демо-превью

This articli describes the genre of tuyuk ,one of the purely Turkic genres,which occupies ana important place in classical literature anda the work of Alisher Navoiy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tuyuk, tajnis, Alisher Navoiy, Xazoyin ul -maoniy, tuyuk without, tuyuq, tajnissiz tuyuq., tajnisli tuyuq
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники