Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YO’L POYIDA FOYDALANILADIGAN LYOSSIMON GRUNTLARNING XUSUSIYATLARINI O’RGANISH
XUSUSIYATLARINI O’RGANISH · Maxmudova Dilfuza Abdulazizovna PhD., dotsent · Sattorova Yoqutxon Yax’yo qizi · Abdullayeva Diyora Xabibulla qizi
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada lyossimon gruntlarining xususiyatlari, ularning O‘zbekiston hududida tarqalishi, genetik turlari, avtomobil yo‘llarining yo‘l poyida ulardan foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar bayon qilingan. ANNOTATION: This article describes the characteristics of loess soils, their distribution across the territory of Uzbekistan, their genetic types, as well as requirements and recommendations for their use in the roadbed of highways. Kalit so‘zlar: lyossimon grunt, yo‘l poyi, ko‘tarma o‘yma, grunt, gill, chang. Keywords: loess soils, highway, roadbed, soil, embankment, excavation, clay, dust. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodida yo‘l-transport tarmog‘i muhim o‘rinlardan birini egallaydi. Uning tarkibiga umum foydalanuvdagi yo‘llardan tashqari tashkilotlarga tegishli bo‘lgan yo‘llar ham kiradi. Umum foydalanuvdagi avtomobil yo‘llariga respublika ahamiyatidagi va joylardagi avtomobil yo‘llari kiradi. Respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari halqaro yo‘llar to‘riga kiritilgan. Ular Toshkent shahrini viloyat va tumanlarning ma’muriy markazlari, shuningdek tuman markazlarini o‘zaro birlashtiradi. Joylardagi avtomobil yo‘llari tumanlarning ma’muriy markazlarini qishloq aholi punktlari bilan va qishloq aholi punktlarini o‘zaro va respublika yo‘llari bilan bog‘laydi. Korxonalarga qarashli avtomobil yo‘llari хo‘jalik ob’ektlariga joylashgan bo‘ladi. Yo‘l poyi avtomobil yo‘li konstruksiyasining eng asosiy qismi bo‘lib, ko‘tarma va o‘yma ko‘rinishlarida quriladi. U quyidagi elementlardan iborat (1-rasm): Выпуск журнала №-24 Часть–1_ Апрель –2025 342 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT a) b) 1-rasm. Yo‘l poyi elementlari: a-ko‘tarma; b-o‘yma; YT-yo‘l to‘shamasi; YYo-yo‘l yoqasi; 1-yo‘l poyining yuqori qismi (ishchi qatlam); 2-yon qiyalik qismi; 3-ko‘tarma asosi; 4-ko‘tarma yadrosi; 5-o‘yma asosi Yo‘l poyi tarkibiga shuningdek yuza suv qochiruvchi tizim (yonariq, kyuvet) va yo‘l poyini havfli geologik jarayonlar (surilishlar, eroziya va boshqalar)dan himoya qilish uchun mo‘ljallangan har xil turdagi maxsus ushlab turuvchi va saqlovchi, himoyalovchi geotexnik qurilma va konstruksiyalar kiradi. Avtomobil yo‘llarining ko‘ndalang qirqimi ko‘rinishi va uning elementlari 2-rasmda ko‘rsatilgan. 2-rasm. Yo‘l konstruksiyasining elementlari: a - bitta qatnov qismli yo‘l; b - ikkita qatnov qismli va ajratuvchi tasmali yo‘l; 1 - yo‘l poyi; 2 - yo‘l yokasi; 3 - qatnov qismi; 4 - yon ariqchaning ichki kiyaligi; 5 - ko‘tarma qirg‘og‘i; 6 - qatnov qismining cheti; 7 - qatnov Выпуск журнала №-24 Часть–1_ Апрель –2025 343 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT qismi o‘qi; 8 - yo‘l o‘qi; 9 - chetki tasma; 10 - yonariqning tashki yonbag‘ir qiyaligi; 11 - ko‘tarmaning yonbag‘ir qiyaligi; 12 - ajratish tasmasi. Yo‘l qurilayotgan tumanning tabiiy sharoiti ob-havo iqlim omillari bilan tavsiflanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududi tabiiy-iqlim va grunt sharoitlariga ko‘ra to‘rtta yo‘l-iqlim mintaqasiga bo‘lingan. Avtomobil yo‘llarining yo‘l poyi undan foydalanish muddati davomida mustahkam va turg‘un bo‘lishi, shuningdek hisobiy tezlikda harakatlanayotgan avtomobillarni havfsizligini ta’minlashi kerak[1]. Yo‘l poyining talab qilingan mustahkamligi va turg‘unligini ta’minlashga erishish uchun quyidagilarni inobatga olish kerak bo‘ladi: yo‘l poyini ko‘pchimaydigan gruntlardan qurish; ko‘pchiydigan gruntlarni suv o‘tkazadigan gruntlarga almashtirish; yo‘l poyidan yuza va grunt suvlarini qochirish; yo‘l poyining chetini balandligi yer yuzasidan va grunt suvining hisobiy gorizontidan yoki uzoq vaqt turuvchi yuza suvi sathidan ma’lum balandlikda turishi kerak; grunt suvlarini pasaytirish uchun drenajlar qurish; yo‘l poyini qurish davrida foydalanilayotgan gruntni yetarlicha zichlashtirish; ko‘tarma va o‘ymalarga grunt turiga qarab mos ravishda qiyalik berish, ayrim hollarda kerak bo‘lsa mustahkamlash; tog‘ yon bag‘irlarida maxsus muhandislik inshootlarini qurish. Yo‘l poyini yuza suvlaridan namlanishi va yuvilishdan saqlash uchun, shuningdek yo‘l poyini qurish bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlarini ta’minlash uchun yuza suv qochiruvchi tizim (hududni rejalashtirish, ariq, bug‘lantiruvchi hovuzlar, pasaytiruvchi quduqlar qazish) ko‘zda tutilishi kerak. Ariqlarning tubini bo‘ylama qiyaligi ShNQ 2.05.02-07 ga mos ravishda 5‰ dan katta, ayrim hollarda 3‰ dan katta bo‘lishi kerak. O‘zbekistonning gruntlari mintaqalar bo‘yicha farqlanadi. Pasttekisliklarda bo‘zqo‘ng‘ir va bo‘ztuproqlar tarqalgan bo‘lib, ularning tarkibida ozroq gumus (chirindi) uchraydi. Bir-biridan qumlanganlik va sho‘rlanganligi bo‘yicha farq qiluvchi turli xil gruntlar mavjud, biroq ularning barchasida tarkibida yuqori darajada karbonatlar (20-35%), suvda eruvchi tuzlar (10% gacha), chang zarrachalari (65-85%) uchraydi, hamda tuzilishining yirik g‘ovakliligi bilan tavsiflanadi. Bu xususiyat ularning suvga nisbatan juda noustivorligini va cho‘kuvchanlik xossalarini keltirib Выпуск журнала №-24 Часть–1_ Апрель –2025 344 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT chiqaradi. Grunt suvlarining t
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada lyossimon gruntlarining xususiyatlari, ularning O‘zbekiston hududida tarqalishi, genetik turlari, avtomobil yo‘llarining yo‘l poyida ulardan foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar bayon qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada lyossimon gruntlarining xususiyatlari, ularning O‘zbekiston hududida tarqalishi, genetik turlari, avtomobil yo‘llarining yo‘l poyida ulardan foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- loess soils, highway, roadbed, soil, embankment, excavation, clay, grunt, gill, lyossimon grunt, chang., yo‘l poyi, dust., ko‘tarma o‘yma
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025