К содержанию
РецензированоUZ2025

XORAZMIY VA UNING “MUHABBATNOMA” ASARI TAHLILI

Abdurahimova Ruhshonaxon Abdusalimjon qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Xorazmiy va uning “Muhabbatnoma” nomli asari tahlil qilinadi. Asarning janr xususiyatlari, asosiy g‘oyaviy yo‘nalishi, badiiy tili va uslubiy jihatlari yoritiladi. “Muhabbatnoma” o‘zbek adabiyotidagi ilk epistolyar (maktublar shaklidagi) lirik dostonlardan biri sifatida o‘rganiladi. Maqolada asarning tarixiy-adabiy ahamiyati va Xorazmiyning o‘zbek mumtoz adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: Xorazmiy, Muhabbatnoma, epistolyar janr, o‘zbek adabiyoti, masnaviy, badiiy tahlil, lirik qahramon, sadoqat, sevgi. O‘zbek mumtoz adabiyotining rivojida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan ijodkorlardan biri bu — Xorazmiydir. Uning adabiy merosi ichida alohida o‘rin egallagan “Muhabbatnoma” asari, bir tomondan, lirik asar sifatida, ikkinchi tomondan esa — epistolyar janrdagi noyob namunadir. Ushbu maqolada asarning janriy va badiiy xususiyatlari, til va uslub, obrazlar tizimi, shuningdek, tarixiy-adabiy ahamiyati chuqur tahlil etiladi. Sharq adabiyotida o‘zining yuksak iste’dodi va badiiy mahorati bilan munosib o‘rin egallagan taniqli shoir Xorazmiy – bizning ajdodlarimizdan biri bo‘lib, bu holat har bir kishida faxr va g‘urur uyg‘otadi. Afsuski, shoir haqida tarixiy manbalarda juda oz ma’lumot saqlanib qolgan. Uning hayoti va shaxsiyati haqida asosiy ma’lumotlarni “Muhabbatnoma” asarining muqaddima va xotima qismidan topish mumkin. Shoir o‘zining taxallusi orqali Xorazm viloyatida tug‘ilganini anglatgan. U turkiy adabiyotda nomanavislik an’anasini boshlab bergan muhim shaxs sanaladi. Выпуск журнала №-24 Часть–1_ Апрель –2025 352 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Xorazmiy nafaqat turkiy, balki fors-tojik tilida ham nihoyatda ravon va mohirona ijod qilgan, o‘z davrining ilg‘or shoirlaridan biri bo‘lgan. Xorazmiy XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr boshlarida yashagan. Shoirning hayoti haqida aniq ma’lumotlar kam bo‘lsa-da, uning “Muhabbatnoma” asari orqali adabiyotda munosib o‘rin egallagani ayon bo‘ladi. U o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib epistolyar janrda sevgi mavzusini yuksak badiiy darajada ifodalagan. Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarining yuzaga kelishiga forsiy tilda ijod qilgan Avhadiy Marog‘aviy tomonidan yozilgan “Muhabbatnoma” dostonining kuchli ta’siri bo‘lgan. Bu ikki asar o‘rtasidagi asosiy farqlardan biri — ularning shakliy tuzilishidadir. Avhadiy o‘z asarida maktublarni oshiq hamda ma’shuqaning nomidan yozgan bo‘lsa, Xorazmiy asarida esa barcha maktublar oshiq tomonidan ma’shuqasiga murojaat tarzida yozilgan she’riy shakldagi xat shaklida keltirilgan. Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarining hozirgi kungacha ma’lum bo‘lgan ikki qo‘lyozma nusxasi mavjud bo‘lib, ularning biri uyg‘ur yozuvida, ikkinchisi esa arab yozuvida bitilgan. Uyg‘ur yozuvidagi qadimiyroq nusxa hozirda Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Mazkur nusxa 1432-yil mart oyida Eronning Yazd shahrida, Hirot hokimi Shohruxning sarkardasi Mir Jaloliddinning topshirig‘i bilan Bakir Mansur tomonidan ko‘chirilgan. Bu nusxada o‘nta nomadan iborat matn keltirilgan. Asar 11 ta maktub shaklida yozilgan bo‘lib, har bir maktubda oshiq yigitning sevgilisi — ma’shuqasiga bo‘lgan sadoqati, ichki iztiroblari, orzu-armonlari lirik ifodada bayon etiladi. Shoir insoniy tuyg‘ularni chuqur tahlil qilgan holda, o‘quvchini ruhiy jihatdan ta’sirlantiradi. Asar sevgi orqali poklanish, fidoyilik va vafodorlik g‘oyalarini ilgari suradi. “Muhabbatnoma” masnaviy shaklida yozilgan bo‘lib, epistolyar janrga mansub. Bu jihati bilan u o‘zbek adabiyotidagi ilk epistolyar she’riy asarlardan biri sanaladi. Har bir maktub poetik shaklda ifodalangan bo‘lib, ularning har biri yakka- yakka lirik obraz sifatida qabul qilinadi. Shoirning badiiy tasvir vositalari — tashbeh, istiora, mubolag‘a, tajnis kabi san’at vositalari keng qo‘llangan. Xorazmiy asarda o‘zbek tilining boy leksik imkoniyatlaridan keng foydalangan. Uning tili nafis, obrazli va musiqiy ohangdorlikka boy. Har bir misra Выпуск журнала №-24 Часть–1_ Апрель –2025 353 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ohang, ritm va mazmun uyg‘unligida yaratilgan. Bu esa o‘quvchining his-tuyg‘ulariga bevosita ta’sir etadi.1 “Muhabbatnoma” asari 364 baytdan iborat bo‘lib, ushbu asarning arab yozuvidagi yana bir nusxasi Britaniya muzeyida saqlanadi. U nusxa 1508–1509- yillarda ko‘chirilgan bo‘lib, 474 baytdan tashkil topgan. Asar “mafoiylun mafoiylun fauvlun” vaznida yozilgan. Xorazmiy shu asari bilan o‘zbek adabiyotida muhabbatnoma janriga, ya’ni noma janrining bir ko‘rinishiga asos soldi. Muhabbatnoma janrida, odatda, oshiq bilan ma’shuqaning o‘zaro tuyg‘ulari, kayfiyati va orzu-istaklari tasvirlanadi. Asarda bosh qahramon ko‘pincha oshiq bo‘lib, u shoirning o‘z obrazidir. Bu turdagi asarlarda lirika va epik tasvir uyg‘unlashadi. Shoir o‘z oshiq obrazida jamiyatdagi ba’zi muammolarga munosabatini, ijtimoiy-falsafiy fikrlarini badiiy ifodalaydi. Muhabbatnomalarning kompozitsiyasi odatda maktublar, ularga javoblar, g‘azal, fard, masnaviy va ruboiylardan tashkil topadi. Xorazmiyning bu asari ham shu an’anaviy t

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Xorazmiy va uning “Muhabbatnoma” nomli asari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Xorazmiy va uning “Muhabbatnoma” nomli asari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
epistolyar janr, badiiy tahlil, Muhabbatnoma, Xorazmiy, sadoqat, o‘zbek adabiyoti, masnaviy, sevgi., lirik qahramon
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники