К содержанию
РецензированоUZ2025

TIBBIYOTDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK BILIMLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Olimova Dano Shakirovna · Xasanova Lobar Hamro qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada tibbiyot sohasida ijtimoiy-psixologik bilimlarning ahamiyati, bemor va shifokor o‘rtasidagi muloqotning sifati, kasalliklarni tashxislash va davolash jarayonidagi psixologik yondashuvning roli tahlil qilingan. Shuningdek, sog‘liqni saqlash muassasalarida ishlovchi xodimlar uchun ijtimoiy va psixologik kompetensiyalarni rivojlantirishning dolzarbligi yoritilgan. Maqolada tibbiy xodimlarning empatiya, stressni boshqarish, hamdardlik va ijtimoiy muloqot madaniyatini rivojlantirish orqali bemorlarning sog‘ayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ilmiy asosda bayon etiladi. Kalit so‘zlar: ijtimoiy-psixologik bilimlar, tibbiyot, shifokor-bemor munosabatlari, muloqot madaniyati, empatiya, stress, sog‘liqni saqlash, psixologik yondashuv. Zamonaviy tibbiyot nafaqat biologik va klinik bilimlarga, balki ijtimoiy hamda psixologik bilimlarga ham asoslanadi. Tibbiyotning samaradorligi ko‘p jihatdan shifokor va bemor o‘rtasidagi o‘zaro ishonchli munosabatlarga bog‘liq. Shu bois, sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassis ijtimoiy-psixologik bilimlarga ega b o‘lishi zarur. Psixologiya — bu inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakatida voqelikning ruhiy aks etishini, psixik jarayonlar, holatlar va insoniy xususiyatlarni o‘rganuvchi fandir. U sezgi va idrok, tafakkur va hissiyot, faoliyat hamda muomala kabi ruhiy jarayonlarni o‘z tadqiqot doirasiga oladi. Psixologiyaning asosiy vazifasi — Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 34 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT psixikaning rivojlanish qonuniyatlarini filogenez (tur sifatida rivojlanish) va ontogenez (shaxs sifatida rivojlanish) asosida ochib berishdan iborat. Bu maqsadga erishishda psixologiya biologiya, ayniqsa fiziologiya bilan, shuningdek, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantiq va boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog‘liq. Psixologiya, avvalo, inson psixikasining eng murakkab shakllari — ong va o‘zini anglashni o‘rganadi. Tibbiyot psixologiyasi bo‘yicha ilk darslik XX asr boshlarida mashhur nemis psixiatr va psixologi Ernst Krechmer tomonidan yozilgan. Uning tavsiyasi asosida tibbiyot psixologiyasi Yevropada mustaqil fan sifatida o‘qitila boshlandi. Keyinchalik ushbu sohaga oid turli darsliklar yaratilgan va hozirda bu fan ko‘plab davlatlarning universitetlari va tibbiyot institutlarida o‘qitiladi.1 Ta’kidlash joizki, “tibbiyot” juda keng tushuncha bo‘lib, psixologlar uning deyarli barcha yo‘nalishlarida faoliyat yuritadilar. Ayniqsa, klinikalarda ishlovchi psixologlar bemorlar bilan bevosita shug‘ullanadi, kasalliklarni tahlil qiladi va vrach kabi ularni davolashda ishtirok etadi. Shu bois ko‘plab mamlakatlarda bu soha “klinik psixologiya” deb ataladi. Ijtimoiy psixologiya insonlarning o‘zaro munosabatlarini, jamiyatda tutgan o‘rnini va ichki holatini o‘rganadi. Tibbiyotda bu bilimlar quyidagi jihatlar bilan muhim ahamiyatga ega:  Shifokor va bemor munosabatlari: Samimiy va empatik muloqot bemorning dardini to‘g‘ri tushunishga va aniq tashxis qo‘yishga yordam beradi.  Bemorning psixologik holati: Stress, xavotir va depressiya holatlarida bemorga psixologik yordam ko‘rsatish davolanish samaradorligini oshiradi. Jamiyat va tibbiyot: Kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda ijtimoiy-psixologik yondashuvlar muhim ro‘l o‘ynaydi. Sog‘liqni saqlash xodimlari uchun treninglar: Shifokor va hamshiralar uchun ijtimoiy-psixologik kompetensiyalarni rivojlantirish, stressga chidamlilikni oshirish bo‘yicha muntazam treninglar o‘tkazilishi zarur. 1 Jalolov, A.A. (2012). Tibbiyot psixologiyasi asoslari. – Toshkent: Tibbiyot nashriyoti. Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 35 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Tibbiyot psixologiyasi - umumiy psixologiyaning tarkibiy qismi bo‘lib kasalliklarning kelib chiqishida psixikaning o‘rni va ahamiyatini o‘rganadi. Tibbiyot psixologiyasi, tom ma’noda, bеmor psixologiyasini o‘rganuvchi fandir. Lеkin bu ta’rif uning barcha imkoniyatlarini qamrab bеra olmaydi, albatta. Chunki u sog‘lom kishilarda kasallikni kеltirib chiqaruvchi barcha tashqi va ichki omillarni o‘rganadi hamda ularning sabablarini izlaydi. Tibbiyot psixologiyasi chеgara bilmas, kеng qamrovli fandir. U uzoq tarixga ega bo‘lib, o‘zining rivojlanish bosqichida bir nеchta davrlarni bosib o‘tdi. Patopsixologiya psixologiyaning ana shu o‘zgarishlarini o‘rganadigan sohasi yoki kasal odam psixikasi to‘g‘risidagi ta’limotdir. Tibbiyot psixologiyasi quyidagi asosiy masalalarni o‘rganadi: 1) bemor va tibbiyot xodimining shaxsi, ular orasidagi o‘zaro munosabatlarni; 2) psixoprofilaktika, psixogigiyena va deontologiya muammolarini; 3) shifokor siri va etikasini; 4) yosh bilan bog‘liq tibbiypsixologik muammolarni; 5) sezgi va idrok, diqqat va xotira, shaxs, xulq-atvor, temperament, stress, hissiyot, tafakkur, ong va ularning xususiyatlarini; 6) psixologik tekshirish usullarini. Psixika sog‘liq va kasalliklarni davolashda muhim ro‘l o‘ynaydi. Bemorning ruhiy holatini yaxshilash maqsadida reja asosida doim

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada tibbiyot sohasida ijtimoiy-psixologik bilimlarning ahamiyati, bemor va shifokor o‘rtasidagi muloqotning sifati, kasalliklarni tashxislash va davolash jarayonidagi psixologik yondashuvning roli tahlil q…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada tibbiyot sohasida ijtimoiy-psixologik bilimlarning ahamiyati, bemor va shifokor o‘rtasidagi muloqotning sifati, kasalliklarni tashxislash va davolash jarayonidagi psixologik yondashuvning roli tahlil q… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shifokor-bemor munosabatlari, muloqot madaniyati, empatiya, ijtimoiy-psixologik bilimlar, stress, sog‘liqni saqlash, psixologik yondashuv., tibbiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники