К содержанию
РецензированоEN2025

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH-JAMIYAT TARAQQIYOTINING ENG MUHIM ASOSI

ENG MUHIM ASOSI · Xusanova Durdona Abdusattor qizi TDTrU · Matkarimova Jamila Durdiyevna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

This article provides a brief history of corruption, which today is a serious obstacle to the development of states and societies, the process of assimilation into people's thinking, the material and spiritual consequences for the state and society, and the effective fight against it. were analyzed. Keywords: public administration, security, corruption, bribery, corruption, taste, development, interest. Hech kimga sir emaski, jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, uning taraqqiyoti, kelajak hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi korrupsiya illati bugun biz o‘zbeklarning kundalik turmushida ham stixiyali ko‘rinishda, u yoki bu shaklda ko‘p uchrab turadi. Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 110 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ishni, o‘zi barchaning tilidan tushmaydigan korrupsiya so‘zi qachon, qayerda paydo bo‘lgan, u qanday ma’nolarda qo‘llaniladi degan savollarga javob izlashdan boshlasak, to‘g‘ri bo‘lar edi nazarimizda. Shuni alohida e’tiborga olish kerakki, korrupsiya ijtimoiy munosabatlar tizimidagi eng qadimgi hodisalardan biri bo‘lib, “bu ijtimoiy tuzum qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, odamlar hayotini boshqaradigan ijtimoiy tuzum bilan bir xil qadimiy hodisa hisoblanadi”. Tabiiyki, tarixiy jarayon davomida bu hodisa muttasil o‘zgarib boradi, siyosiy va iqtisodiy tartib murakkablashib borishi bilan uning namoyon bo‘lishining yangi shakllari vujudga keladi. Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi[2]. Korrupsiyaning tarixiy ildizlari qadimgi davrlarga borib taqalib, u ehtimol kishilik jamiyati tarkib topgan davrlarda shakllangan, yoki qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumerning Lagash shahar-davlati hukmdori Uruinimgina tan olinadi “Til uchida topilgan asal yoki zaharni tatib ko‘rmaslikning iloji bo‘lmaganidek, qirolning mol-mulkidan davlat xizmatchisi ham bir oz bo‘lsa-da, foydalanmasligi mumkin emas”. Bunday holni biz qadimgi Misr hayotida ham uchratishimiz mumkin bo‘lgan, chunki firavnlar davrida ulkan byurokratik tizim shakllangan bo‘lib, dehqonlar, hunarmandlar va hatto harbiylarga nisbatan qonunbuzarlik, o‘zboshimchalik qilishga imkon bergan. Korrupsiya davlatning obro‘siga juda qattiq putur yetkazadi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan. Umuman olganda, Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 111 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT korrupsiya jiddiy axloqiy, iqtisodiy va siyosiy muammolarga sabab bo‘lib, davlat va jamiyat boshqaruvni buzadi, qolaversa, rivojlanishga to‘sqinlik qilib, raqobat muhitini inkor qiladi. Oqibatda, adolatsizlik avj olib, inson huquqlari poymol bo‘lishi va qashshoqlikni ortishiga olib keladi. Bundan tashqari, biznes yuritish qiymatini oshib, noaniqlik tijorat operatsiyalari ichiga joriy, tovarlar va xizmatlar narxini ham oshishiga, mahsulot va xizmatlar sifatini pasayishiga, davlat muassasalariga ishonchsizlikka hamda bozorlardan samarali foydalanishga sun’iy g‘ovlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Korrupsiya barcha davlatlarga xos bo‘lgan va har doim mavjud bo‘lgan butun ijtimoiy boshqaruv tizimining eng daxshatli illati hisoblanib, u faqat turli darajadagi faollikdagi ijtimoiy munosabatlar tizimiga ta’sir qildi, ba’zan shunday faollik darajasiga ega bo‘ldiki, u bu munosabatlarning tartibga soluvchisiga aylandi, qonunni almashtirdi yoki unga parallel ravishda harakat qildi va shu bilan davlat hokimiyatini zaiflashtirdi. Shuningdek, mazkur Farmon asosida quyidagi chora-tadbirlarni bosqichmabosqich amalga oshirish belgilanligi ahamiyatlidir, xususan: 2020–2021 yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”) ni bosqichmabosqich joriy etish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati, shuningdek ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar samaradorligini monitoring qilish hamda baholash imkonini beruvchi E-Anticor.uz elektron platformasini joriy etish; korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil dasturiy taʼminotni joriy etish.

Доказательный фрагмент

«This article provides a brief history of corruption, which today is a serious obstacle to the development of states and societies, the process of assimilation into people's thinking, the material and spiritual consequ…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides a brief history of corruption, which today is a serious obstacle to the development of states and societies, the process of assimilation into people's thinking, the material and spiritual consequ… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
public administration, security, corruption, bribery, corruption, pora, xavfsizlik, korrupsiya, Davlat boshqaruvi, ta’ma, poraxo‘rlik, manfaat., taraqqiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники