К содержанию
РецензированоUZ2025

O’SMIR YOSHDAGI QIZLARNING TARBIYASIDAGI O’ZGARISHLAR VA ULARNING KELIB CHIQISH SABABLARI

Maxamatiminova Durdonaxona Farxot qizi · Matkarimova Jamila Durdiyevna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

This article examines the educational problems of adolescent girls and their causes. In particular, the influence of changes in the family environment, social networks, and modern cultural values on the upbringing of girls is analyzed. Problems arising as a result of cyberbullying, depression, self-harm, and negative social influences are deeply studied, and ways to eliminate them are indicated. The article serves as a useful source of information for parents, educators, and sociologists. Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 114 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Kalit soʻzlar: Oʻsmirlar, qizlar tarbiyasi, oilaviy muhit, ijtimoiy tarmoqlar, kiberzo‘ravonlik, depressiya, psixosomatik muammolar, ota-ona va farzand munosabatlari, psixoaktiv moddalar, ma’naviy qadriyatlar, guruh ta’siri, hissiy o‘zgarishlar, sog‘lom turmush tarzi. Ключевые слова: Подростки, воспитание девочек, семейная среда, социальные сети, кибернасилие, депрессия, психосоматические проблемы, отношения между родителями и детьми, психоактивные вещества, духовные ценности, групповое влияние, эмоциональные изменения, здоровый образ жизни. Keywords: Adolescents, girls' upbringing, family environment, social networks, cyberbullying, depression, psychosomatic problems, parent-child relationships, psychoactive substances, spiritual values, group influence, emotional changes, healthy lifestyle. Oʻsmirlik davri eng murakkab va ayni paytda muhim bosqichdir. Bu davrning eng muhim xususiyati shundaki, u oʻtish davrini bildiradi, yoshlikdan yetuklikka, bolalikdan katta hayotga. Qizlarimizda aksariyat holatlarda, ayni shu yoshda turli xil muammolar, ota-ona va yaqinlar bilan kelisha olmaslik, doim norozilik kayfiyatida yurish, yon atrofidagilarga nisbatan hurmatsizlik kabi salbiy xatti-harakatlar kuzatiladi. Oʻsmirlik davri qizlar uchun eng murakkab bosqichdir, chunki ular ruhiy, hissiy va turli hil gʻalayonlar mavjud bо‘lgan eng qiyin davrlarni boshdan kechiradilar. Bejizga, muqaddas Qur’oni Karim va Hadisi-shariflarda musulmon ahlining dunyoqarashi, ma’naviyati, axloqi, e’tiqodi har tomonlama barkamolligi kabi insoniy sifatlarni shakllantirishda ayol va xotin-qizlarga bagʻishlangan qimmatli fiklar va oyatlar bayon qilinmagan. Har bir farzand boshlangʻich ta’lim-tarbiya va odob-axloqni avvalo onalarimiz va buvijonlarimizdan oʻrganishadi. Kelajak avlodning solih boʻlishi bugungi kun ayol va qizlarining soliha va har tomonlama yetuk boʻlishlariga har jihatdan bogʻliqdir. Zero, ayol sogʻlom boʻlsa, jamiyat sogʻlom boʻladi. Oʻsmir yoshdagi qizlarning tugʻilib oʻsgan oilasi, uni oʻrab turgan muhitning ma’naviy saviyasi qanchalik yuqori boʻlsa, unda voyaga yetayotgan farzandning ma’naviyati shunchalik yuksak boʻladi. Oʻzbekistonda oʻsmir qizlar muammolari bo‘yicha bir Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 115 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT qator sotsiologlar va psixologlar tadqiqot olib borgan. Jumladan: Maxliyo Mirvaliyeva o‘zining “O‘smirlar sotsial statusini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar” nomli tadqiqotida o‘smirlarning ijtimoiy statusiga ta’sir qiluvchi omillarni chuqur tahlil qilgan. Ushbu tadqiqotda o‘smir qizlarning jamiyatga moslashuvi, ularning ta’lim va kasb tanlovi, oilaviy sharoitlari va do‘stlari bilan munosabatlari muhim oʻrin tutishi oʻrganilgan. Dildora Isroilovna Joʻrayeva esa “O‘smirlarda xulqiy og‘ishlar namoyon etilishini o‘rganish” nomli maqolasida o‘smirlarning ruhiy va ijtimoiy muammolari, ularning depressiya va tashvishlanishga moyilligi haqida tadqiqot olib borgan. Mahalliy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston jamiyatida o‘smir qizlarning ta’lim olish imkoniyatlari, psixologik muammolari va oilaviy tarbiyasi asosiy muammolar sirasiga kiradi. Oʻsmirlik davrida, qizlar hissiyotlarga boy, hayotiy jarayonlarga koʻproq ta’sirchan boʻlganligi sababli, atrofidagi ziddiyatlarga tobora sezgirroq boʻlib boradi. Bu davrda oʻzlarini kattalardek tutishi, mustaqil deb bilishi ota-onalari bilan kelishmovchiliklarga sabab boʻladi. Agar ota-onalar juda qattiq nazorat oʻrnatsa, turli xil taqiqlar qoʻysa yoki farzandlarining his-tuygʻularini inobatga olmasa, bu munosabatlarning yomonlashishiga olib keladi. Natijada, ular qoʻllab-quvvatlashni, mehrni, e’tiborni tashqi muhitdan izlashlari yoki nojoʻya yoʻllarga kirib ketish xavfi ortishi mumkin. Raqamli texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi oʻsmir qizlarning tarbiyasiga sezilarli ta’sir koʻrsatmoqda. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, 14-19 yoshdagi qizlarning 98% kiberzoʻravonlikka duch kelgan. Ijtimoiy tarmoqlarda kiberzoʻravonlik, kiberbullingga duch kelish oʻsmir qizlarning depressiya va xavotirli holatlarining rivojlanishi, suitsidal xulq-atvor, oʻziga zarar yetkazish xatti- harakatlari, psixoaktiv moddalardan foydalanish va psixosomatik alomatlarning koʻpayishiga olib kelmoqda. Oʻsmirlar orasida smartfon va internetga haddan tashqari bogʻlanish, real hayotdagi ijtimoiy aloqalarni zaiflashtirishi mumkin. 2024-yil global miqyosda o‘tkazilgan “Pew Research Center”

Доказательный фрагмент

«This article examines the educational problems of adolescent girls and their causes.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the educational problems of adolescent girls and their causes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Adolescents, girls' upbringing, family environment, social, ma’naviy qadriyatlar, oilaviy muhit, ota-ona va farzand munosabatlari, depressiya, psixoaktiv moddalar, kiberzo‘ravonlik, hissiy o‘zgarishlar, sog‘lom turmush tarzi., psixosomatik muammolar, ijtimoiy tarmoqlar, qizlar tarbiyasi, guruh ta’siri, Oʻsmirlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники