К содержанию
РецензированоUZ2025

ONLAYN ARBITRAJ: RAQAMLI DAVRDA NIZOLARNI HAL ETISHNING YANGI BOSQICHI

Rajabova Farangiz Akmal qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada onlayn arbitraj tushunchasi, uning paydo bo‘lish sabablari va xalqaro arbitraj tizimida tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning keng qo‘llanilishi natijasida arbitraj jarayonlari ham elektron shaklga o‘tayotgani va bu bilan bog‘liq huquqiy muammolar, xususan arbitraj “joyi” ning aniqlanishi, delokalizatsiya va mahalliy qonunchilik bilan aloqasi yoritib beriladi. Gonkong xalqaro arbitraj markazi tajribasi misolida onlayn arbitrajning huquqiy asoslari va afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Maqolada xalqaro tijorat arbitraji global tus olayotgani va an’anaviy hududiy chegaralardan chiqayotgan tendensiyalar yoritiladi. Kalit so’zlar: Onlayn arbitraj, xalqaro arbitraj, ODR (Online Dispute Resolution), arbitraj “joyi”, delokalizatsiya, mahalliylik doktrinasi, raqamli nizolar, arbitraj huquqi, transmilliy arbitraj. Onlayn arbitraj (ODR - Online Dispute Resolution) bugungi kunda dunyo bo‘ylab samarali va tezkor nizolarni hal qilish usuliga aylangan. Xalqaro tijorat, intellektual mulk, domen nomlari va kichik iste'molchi nizolari kabi sohalarda onlayn arbitrajning qo‘llanishi tobora ommalashib bormoqda. Ushbu maqolada onlayn arbitrajning asosiy tushunchalari, afzalliklari va qiyinchiliklari, shuningdek, uning kelajagi va xalqaro miqyosdagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Arbitraj — bu ikki yoki undan ortiq taraflar o‘rtasidagi nizolarni hal qilishning muqobil usuli bo‘lib, sudga murojaat qilmasdan, mustaqil uchinchi shaxs, ya'ni arbitr tomonidan amalga oshiriladi. Traditsion arbitrajda, taraflar arbitrni tanlab, muhokama Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 175 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT jarayonlarini jismoniy sharoitlarda o‘tkazishadi. Biroq, onlayn arbitrajda barcha jarayonlar internet orqali amalga oshiriladi. Bunday arbitrajda tomonlar ko‘pincha videokonferensiyalar, elektron pochta yoki maxsus onlayn platformalar orqali bir-biri bilan aloqada bo‘lishadi. Onlayn nizolarni hal qilish tizimi (ODR) tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar asosan ikki turga bo‘linadi: vositachilik (mediation) va arbitraj. Onlayn arbitrajda tomonlar barcha muhokamalarni va qarorlarni elektron shaklda qabul qiladilar. Gonkong xalqaro arbitraj markazining Elektron bitimlar arbitraj qoidalariga koʼra, eshituv "videolink, telefon yoki onlayn rejimida (elektron pochta orqali yoki boshqa elektron yoki kompyuter aloqasi orqali) oʼtkazilishi mumkin, ammo agar taraflar kelishishsa yoki arbitr buni zarur deb topsa eshitishlar shaxsan koʼrishgan holda oʼtkazishga ruxsat beriladi.1 Onlayn arbitrajning kelib chiqishi internet va raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq. Arbitrajning o‘zi qadimdan tijorat nizolarini hal etishda qo‘llanilgan va o‘sha davrda nizolarni hal qilishda uchinchi tomonning aralashuvi muhim rol o‘ynagan. Biroq, an’anaviy arbitraj tizimlari vaqt o‘tishi bilan ba’zi cheklovlarga duch kela boshladi, masalan, uzoq masofalar, yuqori xarajatlar va vaqt sarfi kabi muammolar paydo bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, yangi, raqamli shakldagi arbitraj tizimining yuzaga kelishiga turtki bo‘ldi. 1990-yillarda internetning keng tarqalishi va raqamli kommunikatsiyalar imkoniyatlarining rivojlanishi bilan, xalqaro savdo va biznes o‘rtasida yuzaga kelgan nizolarni hal qilishda yangi bir ehtiyoj paydo bo‘ldi. 1990-yillarning oxirida, birinchi onlayn arbitraj platformalari tashkil etildi. Bu platformalar dastlab, asosan, elektron tijorat va xalqaro savdolar o‘rtasidagi nizolarni hal qilish uchun mo‘ljallangan edi. Onlayn arbitraj tizimlarining rivojlanishi, ayniqsa, 2000-yillarning boshida raqamli texnologiyalarning yanada tezkorlashuvi va global savdoning kengayishi bilan tezlashdi. Onlayn arbitrajning kengayishining asosiy sababi an’anaviy arbitrajning ba’zi cheklovlaridan qochish, masalan, arzon narxlar, tezkorlik, qulaylik va masofaviy 1 Gonkong elektron bitim arbitraj qoidalari Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 176 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ishlash imkoniyatlari bo‘ldi. Bu tizim, shuningdek, geografik chegaralar, vaqt zonalari va boshqa fizikaviy to‘sqinliklarni bartaraf etish imkonini berdi, bu esa uni xalqaro miqyosda keng tarqalishiga olib keldi. Natijada, onlayn arbitraj bugungi kunda raqamli davrning samarali nizolarni hal etish vositasiga aylangan. Taraflar, shuningdek, kichik daʼvolar uchun isteʼmolchilar nizolarida onlayn arbitrajdan foydalanmoqda. 2 Onlayn arbitrajga bo‘lgan ehtiyoj va rivojlanish sabablari: Raqamli iqtisodiyotning kengayishi bilan bir qatorda, ko‘plab biznes faoliyatlar, shartnoma tuzish, xizmat ko‘rsatish va hatto xalqaro bitimlar ham elektron shaklda amalga oshirilmoqda. Bu esa nizolar paydo bo‘lishi ehtimolini kamaytirmaydi, balki uni boshqa formatda hal qilish zaruratini tug‘diradi. Shu sababli, onlayn arbitrajga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. ODR tizimlari, asosan, elektron tijorat, intellektual mulk, domen nomlari va kichik miqdordagi iste’molchilarga oid da’volar bo‘yicha muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Ular oson foydalanish, arzonlik va tezkor

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada onlayn arbitraj tushunchasi, uning paydo bo‘lish sabablari va xalqaro arbitraj tizimida tutgan o‘rni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada onlayn arbitraj tushunchasi, uning paydo bo‘lish sabablari va xalqaro arbitraj tizimida tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
transmilliy arbitraj., arbitraj “joyi”, mahalliylik doktrinasi, Onlayn arbitraj, ODR (Online Dispute Resolution), xalqaro arbitraj, raqamli nizolar, arbitraj huquqi, delokalizatsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники