Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TARBIYAGA OID QARASHLARI
Normatova Maftuna Aliqulovna · Xoliyorova Mohichehra Xoliyorovna (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti) · Toshboboyeva Nodira Shavkatulla qizi (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti) · Toirova Shoira Boyburiyevna (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti)
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya, odob-axloq masalalaridagi qarashlari, asarlarida tarbiyaga oid fikrlari tahlil qilinadi . Shuningdek, Sharq mutafakkirlarining ijodiy faoliyatidagi ta’lim-tarbiyaga oid yondashuvlar, g‘oyalarini yosh avlodning ongiga singdirishda ulardan to‘g‘ri foydalanish pedagogik ta’lim jarayonida o‘qituvchining pedagogik mahoratidagi muhim xususiyatlardan biri ekanligi ochib berilgan. Kalit so‘zlar : ta’lim , Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib , Abdulla Avloniy , tarbiya , “Turkiy guliston yohud axloq” asari , sabr. O‘zbek xalqi o‘zining uzoq tarixi mobaynida yaratilgan ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega. Bundan tashqari, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do‘stlik, iymon- e’tiqod, mehr-oqibat, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni shakllantirishning o‘ziga xos tajribasini to‘plagan. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari bu tajribaning shakllanishiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan. Darhaqiqat, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho madaniy meros milliy ma’naviyatimizning o’zagini tashkil etadi. O‘tmishda Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 190 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT buyuk allomalarimiz, yuksak darajadagi ma’naviyat, axloq-odob saboqlarini berganliklari, Vatan, xalq istiqboli, farovon turmush, halol mehnat, fan taraqqiyoti, inson mehnati, atrof-muhitga oqilona munosabat haqidagi o‘z qarashlarini bayon qilib berganliklariga guvoh bo‘lamiz. Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya, oila va oilaviy tarbiya haqidagi qarashlari islom mafkurasi va uning qobig‘ida shakllangan. Sharq mutafakkirlari ijodida aks etgan umuminsoniy g‘oyalar islomiy ma’naviyat bilan hamohangdir. Sharq mutafakkirlari o`z ilmiy meroslarida oila va oilada farzand tarbiyasi masalalariga katta e’tibor berganlar. Muhammad ibn Muso al Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari o‘rtaga qo‘yilgan va ularni hal etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. XI asrda yashab ijod etgan mutafakkir Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” asarida bola tarbiyasi haqida to‘xtalib, shunday yozadi: “Farzand qanchalik bilimli, aqlli-xushli bo‘lsa, ota-onasining yuzi shunchalik yorug‘ bo‘ladi”. U bola tarbiyasida otaning mas`uliyatiga alohida e’tibor beradi . Taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” deb yozgan edi . Sharq mutafakkirlarining tarbiya borasida bildirgan fikrlarini tahlil qilganimizda ham bola tarbiyasiga ta’sir qiluvchi hech bir omilni e’tibordan chetda qoldirmaganligini ko‘rishimiz mumkin . Masalan : Abdulla Avloniy bolaning badantarbiyasi, salomatligi masalasida ota-onalarga murojaat qilsa, uning fikr tarbiyasi borasida asosiy mas’uliyat muallimlar zimmasida ekaniga urg‘u beradi. Bolalarda fikrlash qobiliyatini o‘stirish, dunyoqarashini shakllantirish muallimlarning «diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas vazifadur.Negaki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog‘liqdur», – deydi alloma. Shu bilan birga, mutafakkir Abdulla Avloniy: “Ta’lim va tarbiya uzviy bog‘liq jarayonlardur, dars ila tarbiya orasida biroz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur”, — deya ta’kidlaydi. Avloniy insonga yaxshilik va ezgulik faqat ilm egallash orqali singadi, Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 191 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT degan qat’iy fikrni bildiradi. Ilmli, ezgu g‘oya ruhida tarbiyalangan kishidagina Vatan tuy-g‘usi shakllanadi, ona yurti va ona tiliga muhabbat uyg‘onadi, sadoqati qaror topadi. Bu fazilatlarsiz komil insonni tasavvur etib bo‘lmaydi, degan fikrlarni ilgari suradi. Shunday ekan, oilada bola tarbiyasi umumdavlat ahamiyatiga molik muammodir. Shu boisdan har qanday jamiyatni oilaga, oilada bola tarbiyasiga bo’lgan talabi ortib boradi. Ayni vaqtda - davlatning, ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi, farzandlarning ota-ona oldidagi mas’uliyatini oshirishdagi roli kuchayadi. Xulosa chiqaradigan bo’lsak, sharq mutafakkirlari, sharqona ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari bizni manaviyat-ma’rifatga boshlovchi mashala desak mubolag’a bo’lmaydi . Sharq mutafakkirlarining asarlarini o’rganish, tahlil qilish, ularning ijodi va ta’lim tarbiyaga oid qarashlarini pedagogik nuqtai nazardan muhim ahamiyatga ega . FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR : 1. Z.B.Jalilov. Sharq mutafakkirlari merosini o’rganishning didaktik metodlari. Zamonaviy ta’lim jurnali. 2017 yil, 5-son. 2. A.Haydarov. Inson kamoloti va milliy-ma’naviy qadriyatlar. T.: Muharrir, 2008 y 3. M.Hamdamova. Ma’naviyat asoslari. T.: “Fan va texnologiya”. 2008 y. 4. A.Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. T.: O’qituvchi. 1992 y. 5. www.ziyo.net В
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya, odob-axloq masalalaridagi qarashlari, asarlarida tarbiyaga oid fikrlari tahlil qilinadi .»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya, odob-axloq masalalaridagi qarashlari, asarlarida tarbiyaga oid fikrlari tahlil qilinadi . Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, Yusuf Xos Hojib, ta’lim, Abu Ali Ibn Sino, Muhmud Koshg‘ariy, “Turkiy guliston yohud axloq” asari, Abu Nasr Farobiy, Abdulla Avloniy, Abu Rayhon Beruniy, sabr.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025