К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG’ICH SINFLARDA ‘‘ ULUSH ’’ VA ‘‘ KASR ’’ TUSHUNCHASI

Normatova Maftuna Aliqulovna · Xoliyorova Mohichehra Xoliyorovna (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti) · Toirova Shoira Boyburiyevna (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti) · Quvondiqova Zebuniso Shavkat qizi (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada boshlang`ich sinflarda ``ulush’’ va `` kasr’’ tushunchasi haqida fikr yuritiladi . 1-2-3-4-sinf o`quv dasturida berilgan misol va masalalar orqali tahlil qilinadi . Kalit so‘zlar : to`plam , bo`lak , natural son , miqdor , sur’at , maxraj , geometriya , kesma , ko`rgazmali , geometrik shakl , to`rtburchak Ulush va kasr nima? Bеrilgan ob'еktni (narsani, narsalar to’plamini) bir nеcha tеng bo’laklarga bo’lish mumkin bo’lsa, u holda bu bo’laklarning har biri ob'еktning (narsaning, narsalar to’plamining) ulushi dеb ataladi. Ulush ikkita natural son va chiziqcha yordamida yoziladi . Chiziqcha ostidagi son ob'еkt nеchta bo’lakka bo’linganligini, chiziqcha ustidagi son esa bunday bo’lakdan bitta (ulush) olinganligi bildiradi . Kasr (yoki kasr son) dеb shunday natural sonlar juftiga aytiladiki, ulardan chiziqcha ostiga yozilgani ob'еkt nеchta tеng bo’lakka bo’linganligini, ikkinchisi, chiziqcha ustiga yozilgani esa hosil bo’lgan ulushlardan nеchtasi olinganligini bildiradi . Выпуск журнала №-24 Часть–2_Апрел –2025 196 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ikknchi sinfda bolalarning sonning ulushini topishga va ulushiga ko’ra sonning oʻzini topishga doir masalalarni yechish bilan tanishtirish kerak. Bolalarning sonning ulushini topishga doir masalalarni yechish bilan tanishtirishni amaliy ishdan boshlash kerak . Oʻquvchilarni kasrlar bilan tanishtirish o`quv dasturiga binoan 3-sinfdan boshlanadi. Kasrlarning hosil boʻlishi, ularni taqqoslash, nonning ulushini topish va berilgan ulushga koʻra sonning oʻzini topish bilan tanishadilar. Kasr tushunchasi geometriyada kesma ulushi, miqdorlarning ulushi va boshqa geometrik shakllarning ulushlari bilan bevosita bogʻlangan. Keyinchalik, sonni uning ulushi bo’yicha topishga doir masalalar bilan sonning ulushini topishga doir masalalar aralashtirib kiritiladi. 3-sinfda ulushni va ulushga qarab sonni topishga doir faqat sodda masalalar, 4-sinfda esa murakkab masalalar yechdiriladi."Ulushlar" mavzusiga asoslangan holda kasrlarning hosil boʻlishi bilan 4-sinfda tanishtiriladi. Bu yerda ham koʻrgazmali qurollar bilan bilim berish bosh mezoni boʻladi. Narsalarni, shakllarni va boshqa atrofdagilarni teng boʻlaklarga boʻlish va shu boʻlaklardan bittasini, ikkitasini, uchtasini, ... olish masalasi, uni ifodalash va yozish asosiy vazifa boʻladi. Bunda kasr, kasrning surati, maxraji kabi terminlar bilan tanishtiriladi. Kasrlarning hosil bo’lishi, ularni taqqoslash, sonning ulushini topish va berilgan ulushiga ko’ra sonning o’zini topish bilan tanishadilar. 4-sinfda bir ulushi va bir necha ulushi va uning yozma ko’rinishi tasavvurlariga ega bo’ladilar. Kasr tushunchasi geometriyada kesma ulushi, miqdorlarning ulushi va boshqa geometrik shakllarning ulushlari bilan bevosita bog`langan. Kasr tushunchasini hosil qilish har xil narsalarni teng boʻlaklarga boʻlish, kesish, sindirish, maydalashdan kelib chiqadi deyiladi. Boshlangʻich sinfdan oldin, ya’ni maktabacha yoshdayoq kasr tushunchasining boshlangʻich tushunchalari berilgan. Masalan, olma, tarvuz, bodring, non va boshqalarni bir necha boʻlaklarga boʻlib koʻrgan va boshlangʻich tushunchalar berilgan. Shu maqsadda bolalarni ulushlar bilan, ularning yozilishi bilan tanishtirish, taqqoslashni oʻrgatish, nonning Выпуск журнала №-24 Часть–2_Апрел –2025 197 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ulushlari va ulushi boʻyicha sonni topishga doir masalalarni yechish kuzda tutiladi. Aytib oʻtilgan barcha masalalar koʻrazmali qilib ochib beriladi. Kasrlarni oʻrgatish deyarli koʻrgazma asosida tushuntiriladi. Bu koʻrgazmalarga meva, qovun, tarvuz, geometrik shakl, choʻp, qogʻoz va boshqa atrofdagi narsalarni olish mumkin. Koʻrgazmali tushuntirishda, masalan, olmani teng ikkiga boʻlish, yordamida kasr hosil qilinadi. Shunga mos olmani teng boʻlmagan ikki boʻlakka boʻlib, u yarim olma emasligini, demak, kasrni hosil qilmaslikni tushuntirish kerak. Faqat teng boʻlakka boʻlgandagina kasr son yoki butunning ulushi hosil boʻlishini mustahkam singdirish lozim. Sonning ulushini topishga doir masalalarni yechishda kasrning aniq mazmuni ochiladi va mustahkamlanadi. Bunday masalalarni yechishga sonning bir ulushini topishga doir masalalarni yechish malakasi asos bo’ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR : 1. Qosimova, m. (2020). Taking into account the individual characteristics of students in teaching mathematics: Taking into account the individual characteristics of students in teaching mathematics. Центр научных публикаций (buxdu. Uz ) 2. Tadjiyeva Z.G’ va boshqalar. Boshlang’ich sinflarda matematikadan dars samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish. Toshkent 2020 3. M.N. Muminova, M.A. Maksumova «Kasbiy etika va etiket», uslubiy qo’llanma, T.,2006. 4. www.jmbm.uz 5. www.ziyonet.uz Выпуск журнала №-24 Часть–2_Апрел –2025 198

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada boshlang`ich sinflarda ``ulush’’ va `` kasr’’ tushunchasi haqida fikr yuritiladi .»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada boshlang`ich sinflarda ``ulush’’ va `` kasr’’ tushunchasi haqida fikr yuritiladi . Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
natural son, miqdor, sur’at, maxraj, to`plam, bo`lak, geometrik shakl, to`rtburchak, kesma, ko`rgazmali, geometriya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники