К содержанию
РецензированоUZ2025

TIBBIYOTDA EMPATIYA VA FALSAFIY QARASHLAR. FALSAFIY TERAPIYA. BO’LAJAK SHIFOKORLARGA FALSAFA FANINI O’QITISHNING KLINIK AHAMIYATI

O’QITISHNING KLINIK AHAMIYATI · Shakarov Bobur Xusniddinovich · Rayimqulova Zebiniso Ilhomjon qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Tibbiyot va falsafa inson hayoti, axloqiy tanlovlar hamda bilish jarayonining tub mohiyatini anglashda o‘zaro uyg‘unlashgan fanlardir. Ushbu maqolada tibbiyot amaliyotidagi empatiya tushunchasi falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinib, uning inson ontologiyasi, axloqiy mas’uliyat va bilim bilan aloqadorligi yoritiladi. Empatiya – bu faqat bemor bilan samimiy muloqot qilish vositasi emas, balki insoniylik va axloqiy ongning shakllanishi, tushunish va tushunilish jarayonining asosi sifatida ko‘riladi. Shuningdek, maqolada empatiyaning falsafiy tafakkur bilan bog‘liq ravishda qanday shakllanishi va u axloqiy qaror qabul qilish jarayonida qanday rol o‘ynashi muhokama qilinadi. Shu jumladan falsafiy terapiya va uning ahamiyati hamda bo’lg’usi shifokorlarga falsafa fanini o’qitishning klinik ahamiyati yoritiladi. Kalit so’zlar: empatiya, axloqiy falsafa, deontologik etika, axloqiy majburiyat, utilitarizm, falsafiy terapiya. Empatiya tushunchasi psixologiya va tibbiyot yo‘nalishlarida keng o‘rganilgan bo‘lsa-da, ayniqsa shifokorlar uchun bu tuyg‘uni shakllantirish va rivojlantirishga oid jihatlar hali ham ilmiy izlanishlar mavzusi bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqola shifokorlar orasida empatiya tuyg‘usining psixologik asoslarini o‘rganish, mavjud yondashuvlarni tahlil qilish va adabiyotlar asosida tahliliy yondashuv taklif qilishni maqsad qiladi. Empatiya — bu boshqa odamning hissiyotlarini anglash va unga chin dildan hamdardlik bildirish qobiliyati bo‘lib, insonlararo munosabatlarning ajralmas qismidir. Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 220 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ayniqsa, shifokorlar uchun bu ko‘nikma juda muhim, chunki empatiya bemor bilan ishonchli aloqa o‘rnatish, aniq tashxis qo‘yish va davolash jarayonining samaradorligini oshirishga katta ta’sir qiladi.[1] Empatiyaning turlari: Hissiy empatiya — bu boshqalarning harakat va hissiy javoblariga taqlid qilish yoki ularni ichki his qilish orqali yuzaga keladigan jarayondir. Kognitiv empatiya - ko‘proq aqliy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib, taqqoslash, o‘xshatish (analogiya) kabi fikrlash mexanizmlariga asoslanadi. Prediktiv empatiya – shaxsning boshqalarning ma’lum holatlardagi hissiy javoblarini oldindan sezish va taxmin qilish qobiliyatini anglatadi. Empatiyaning alohida ko‘rinishlari sifatida empatiya va simpatiya ajratib ko‘rsatiladi. Empatiya — bu kishi o‘zini boshqaning o‘rniga qo‘ygan holda uning his- tuyg‘ularini xuddi o‘zidek his qilish holati. Simpatiya – ijtimoiy jihatdan ifodalangan hamdardlik bo‘lib, u boshqaning kechinmalariga nisbatan rasmiy, tashqi ifoda orqali bildiriladi. Shifokor va bemor o‘rtasidagi muloqotda empatiyaning mavjudligi, eng avvalo, shifokorning bemor so‘zlari, hissiyotlari hamda tana tilini to‘g‘ri anglay olishida namoyon bo‘ladi. Ikkinchidan, bu anglash jarayoni shunday tarzda aks etadiki, bemor o‘z kechinmalaridan shifokor xabardor ekanligini his qiladi. Bunda e’tibor, asosan, empatiyaning tashqi, ya’ni kuzatiladigan jihatlariga qaratiladi. Ya’ni, shifokorning empatik qobiliyati bemorning ichki dunyosi — fikrlari va his-tuyg‘ulari haqida muhim ma’lumotlarni olishga xizmat qiladi. Bu jarayonda empatik tinglashning asosiy vazifasi — bemorga samimiy e’tibor qaratilayotganini his ettirish va uni o‘z hissiyotlarini ochiqroq ifodalashga undashdir. Bu esa, o‘z navbatida, shifokorga bemorning holatini chuqurroq tushunishga yordam beradi.[2] Falsafa anatomiyasi — bu har bir tarixiy falsafiy yo‘nalishda shakllangan tushuncha va g‘oyalarni tizimli hamda strukturaviy jihatdan chuqur tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 221 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Falsafa patofiziologiyasi — turli ijtimoiy omillar va shart-sharoitlar ta’sirida yuzaga keluvchi bilishdagi yoki aqliy faoliyatdagi g‘ayritabiiyliklar, intellektual chetlanishlar va falsafiy tafakkurdagi anomaliyalarni o‘rganadi Falsafaning normal fiziologiyasi — muayyan madaniy va tarixiy sharoitlarda mafkuraviy tizimlarning qanday ishlashi va qanday mexanizmlar asosida tartibga solinishini o‘rganuvchi fan sohasi hisoblanadi. Bu jarayonlar normal psixik faoliyat doirasida yuz beradi. Falsafiy terapiya — ongda yoki tafakkur jarayonida yuzaga kelgan buzilishlar, patologik holatlar bilan ishlashga qaratilgan amaliy faoliyat bo‘lib, u fikrlashdagi muvozanatni tiklash, ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlash va aqliy holatni normallashtirishga xizmat qiladi. Falsafa gigiyenasi — fikrlovchi shaxs hayoti va mehnat sharoitlarining uning tafakkuriga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganadi. Shu bilan birga, bu soha mafkuraviy og‘ishlarning oldini olish hamda sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash uchun qulay intellektual sharoitlarni aniqlaydi.[3] Falsafaning tibbiyotdagi ahamiyati 1. Gnoseologik yondashuv Falsafa tibbiy bilimlarning mohiyatini, ularning kelib chiqishi va ishonchliligini tushunishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, gnoseologiya — bilim nazariyasi — shifokorlarga turli dalillarni tahlil qilish, ularning ishonchliligi va amaliy

Доказательный фрагмент

«Tibbiyot va falsafa inson hayoti, axloqiy tanlovlar hamda bilish jarayonining tub mohiyatini anglashda o‘zaro uyg‘unlashgan fanlardir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tibbiyot va falsafa inson hayoti, axloqiy tanlovlar hamda bilish jarayonining tub mohiyatini anglashda o‘zaro uyg‘unlashgan fanlardir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
utilitarizm, empatiya, axloqiy falsafa, axloqiy majburiyat, falsafiy terapiya., deontologik etika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники