Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“IKKI KARRA IKKI-BESH” ASARIDA QO‘SHOQVOY OBRAZI
Imomova Ruxshona Obidjon qizi (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogik instituti, 2-bosqich talabasi) · Imomqulova Gulchehra Norboboyevna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogik instituti, 2-bosqich talabasi)
Современное образование и развитие · 2026
Аннотация
O‘zbek adabiyotining zabardast namoyandalaridan biri O‘tkir Hoshimovdir. Uning ijodi xalq hayoti, oddiy insonlar taqdiri, ijtimoiy adolat va insoniylik g‘oyalari bilan boy. Yozuvchining “Ikki karra ikki-besh” hajviy qissasi ham shunday chuqur ma’no va falsafiy qatlamlarga ega bo‘lgan asarlardan biridir. Asar nomining o‘ziyoq o‘quvchilarni qiziqtiradi. Axir ikki karra ikki besh emas-ku. Ammo yozuvchi bu oddiy matematik haqiqat orqali jamiyatdagi haqiqat va yolg‘on, adolat va zo‘ravonlik orasidagi ziddiyatni ochib beradi. Bu asarning bosh qahramoni bo‘lgan Qo‘shoqvoyning taqdiri orqali hayotning past-u balandliklari mohirona ochib beriladi. Qahramonlarning qismati o‘quvchini kuldirib qolmay, chuqur o‘yga ham toldiradi. Kalit so‘zlar:Qo‘shoqvoy, poraxo‘rlik, rais buva, kommunizm, Shodivoy. Yigirmanchi asrning 60-yillarida zamonaviy o‘zbek nasri xiyoboniga bahoriy ayyomlar kirib keldi. Unga qadar ham katta adiblik maktabi qad rostlab turgan edi, bu maktabning yalovbardorlari zalvorli povest va romanlarini peshma-pesh chop etishayotgan, “kitobxo’r” shinavandalar oltmish minglab “tiraj”larni ko‘rdim demasdi. Juda ko‘plab odamlarning xayoliyu ko‘nglida “Adabiyot – shu!” degan tushuncha aqidaga aylanib ketgandi. Birdan povest qabilida yozilganu, lekin janri “qissa” deb ko’rsatilgan asarlar paydo bo‘ldi. Bu ikki atamani qiyosan tahlil qilganlar, unisi boshqa-bunisi boshqa yoki ikkovi egizak degan tezislarni ilgari surib doktorlik dissertatsiyalar ham yozildi. Ilmiy bahs-munozaralar o‘z yo‘liga, lekin, nazarimda, 60- yillar qissalari adabiyotimizga bamisoli bahorning mayin, yoqimli havosini olib keldi. Butun bir milliy adabiyotda yangi yo‘nalishni boshlab berish hammaga ham nasib Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 353 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT etavermaydi. Muayyan ijodkordagi favqulodda yangicha tafakkur piravordida butun xalq badiiy tafakkurida o’zgarish yasaydi, badiiy didini yangilaydi, buning natijasida kitobxonlarning nafaqat adabiyotga, shu bilan birga hayotga, odamlarga bo’lgan qarashlarida favqulodda o’zgarishlar yuz beradi. O‘lmas Umarbekov, Uchqun Nazarov, Shukur Xolmirzaev, O‘tkir Hoshimovning nomlari o‘sha davr o’zbek nasrini yangilovchilari sifatida tarixdan o‘rin oldi. [5] O‘tkir Hoshimov o‘zining “Ikki karra ikki –besh” nomli hajviy qissasi orqali ham kitobxonlar mehrini yana bir bor qozona olgan ijodkordir. Asar sodda tilda yozilgan bo‘lib, uni barcha birdek tushuna oladi. Asar voqealari ostida Sho‘ro davrining chirkin siyosati, shu davrdagi mahalliy amaldorlarning xalq boshiga solgan kulfatlari yotadi. 1987-yilda yozilgan asar orqali jamiyatdagi kamchiliklar, shu davrdagi mazlum xalqning qiyin nahvoli, og‘ir mehnati hamda bu ish uchun yetarlicha imtiyozlar berilmagan oddiy odamlar hayoti tasvirlangan. Adabiyot bu juda murakkab san’at shaklidir. Unda turfa xil insonlar taqdiri va ularning his-tuyg‘ularini, ichki kechinmalarini o‘quvchining yuragiga yetkazib berish yozuvchidan juda katta mahorat talab qiladi. Asarning bosh qahramoni bo‘lgan Qo‘shoqvoy juda hazilkash, sodda bir ko‘ngli sof yigit bo‘ladi. Ammo asar davomida uning ko‘plab qiyinchiliklarga uchraganini ko‘rishimiz mumkin. Bu asar davomida do‘stlikning eng oliy ko‘rinishi ham qalamga olingan. Ya’ni bunda oddiy oila farzandi Qo‘shoqvoy hamda raisning erkatoy o‘g‘li Shodivoylarning bir-biriga bo‘lgan samimiy hamda hech qanday manfaatlarsiz sof do‘stligi ta‘riflangan. Bunga misol tariqasida Shodivoy uyidagi tut barglarining barchasini ota-onasining ruxsatisiz do‘sti uchun berganligi, rais buva bu ikki do‘stni Toshkentga o‘qishga joylab qo‘yaman deb olib borib, ammo Qo‘shoqvoyni o‘qishga joylamasdan qaytib kelganida ham bu ikki do‘stning chin do‘stligiga putr yetmaydi. Yillar o‘tib barcha adolatsizliklarning boshida turgan kimsalarning ayblarini fosh qilganda siyosatchilar Shodivoy yordamida Qo‘shoqvoyni qamatmoqchi bo‘lishadi. Ammo bu yerda ham ikki do‘st g‘alaba qozonadi. Siyosatchilarning g‘arazli niyati amalga oshmay qoladi. O‘sha davrda amaldorlarning qilgan ishlari, kirdikorlarini ularning xatti-harakatlari odamgarchilikga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Adolatsiz amaldorlar boylik Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 354 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT to‘plash, Sovet hukumatiga o‘zlarini yaxshi ko‘rsatish uchun odam qilishi mumkin bo‘lmagan eng chirkin ishlarni amalga oshirishga tayyor ekanini bilib olishimiz mumkin. Bu holning yaqqol dalili sifatida amaldorlarning barcha kirdikorlarini oshkor qilmoqchi bo‘lgan Qo‘shoqvoyni jinniga chiqarib 4 oy davomida jinnixonada saqlashadi. Sovet rahbariyatiga o‘z hayotini bag‘ishlagan rais Toshmamat Alimov ham afsuski nohaq edi. U o‘sha paytdagi sotsializmning tirik qurboni bo‘ldi va asar oxirida opz pushaymonlariga qorishdi. Barcha asarlarda bo‘lgani kabi “Ikki karra ikki-besh” asarida ham ijobiy hamda salbiy obrazlar mavjud. Asar bosh qahramoni Qo‘shoqvoy va uning eng yaqin do‘sti Shodivoy, Qo‘shoqvoyning otasi Salimjon aka, Tursunboy aka, fizika o‘qituvchi
Доказательный фрагмент
«O‘zbek adabiyotining zabardast namoyandalaridan biri O‘tkir Hoshimovdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюO‘zbek adabiyotining zabardast namoyandalaridan biri O‘tkir Hoshimovdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kommunizm, rais buva, poraxo‘rlik, Qo‘shoqvoy, Shodivoy.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024