К содержанию
РецензированоUZ2026

“ULUGʻ SALTANAT” ASARIDA AMIR TEMUR SHAXSIYATI

Xolmanova Arzigul Norpulat qizi (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, 2-bosqich talabasi)

Современное образование и развитие · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada buyuk sarkarda va davlat arbobi boʻlgan bobomiz Amir Temur hayotlari va uning avlodlari haqida gap boradi. Bu maqola uchun Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” nomli romanidan foydalanildi. Bunda Temurning yoshlik chogʻidan to vafotiga qadar va bundan tashqari uning avlodlari bilan boʻlgan voqealar iloji boricha toʻliq aks ettirildi. Kalit soʻzlar: Oʻrta Osiyo, Takina xotun, oqkoʻngil, shaxs, sodiqlik va mardlik, Jamshid, Nekoʻz, Hindiston, Bobur, qilichbozlik, dunyo, ota. Sohibqiron Amir Temur davri va hayoti jahon tarixining eng yorqin va betakror sahifalaridan hisoblanadi. Oʻzbek xalqi oʻzining ulugʻ farzandini doim qalb qatida asrab keladi. Zabardast olim va adib, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti laureati Muhammad Ali ijodida Amir Temur mavzusi katta oʻrin tutadi. XIV asrning buyuk namoyandalaridan biri Amir Temurdir. U Oʻrta Osiyo va uning atrofidagi hududlarda kuchli davlat qurgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatida tanilgan. U oʻzining ibratli hayoti davomida toʻplagan tajribalarini “Temur tuzuklari” deb nomlab uni avlodlariga qoldirdi. Bobomizning hayoti va faoliyati faqat oʻz zamonasi uchun emas, balki keyingi avlodlari uchun ham muhim tarixiy meros qoldirdi. Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Shahrisabzda tugʻilgan. U oʻzining harbiy qobiliyatlari va davlat boshqaruvidagi mahorati bilan yoshligidan tanilib kelgan. Otasi Gʻiyosiddin Muhammad, onasi Takina xotun juda xushmuomala va oqila ayol edi. Temur bobomiz 1370-yildan boshlab siyosiy ishlarda faol qatnashadi. U Oʻrta Osiyo, Eron, Hindiston va hatto Kichik Osiyo hududlarini oʻz ichiga olgan keng miqyosli davlatni boshqara boshladi. U oʻzining kuchli armiyasi, maʼmuriy tizimi va maʼnaviy rivojlanishiga qaratilgan siyosati bilan tarixda oʻz oʻrnini egalladi. Har bir buyuk shaxsning ortida yana buyuk shaxslar boʻladi. Temur bobomizning ham doimo yonida Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 358 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT turgan kishilari boʻlgan. Bular: ustozi piri murshid Mir Said Baraka,Amir Sayfiddin Nekoʻz,Amir Dovud Dugʻlat,Amir Muayyad Arlot,Muhammad Bayon Sulduz va boshqalardir. Ayniqsa, hamma dardini unga aytib yuradigan -bu uning ustozi piri murshid Mir Said Barakadir. Amir Temur shu yaqin kishilari bilan butun Movarounnahrni zulm bilan boshqarayotgan Amir Husaynga qarshi turib, oʻz yurtini ozodlik va hurlikka olib chiqadi. 34 yoshidan boshlab mamlakat poytaxti Samarqand taxtiga oʻtiradi. Lekin u bolaligida qalbi qashshoq shoh Amir Husaynning qoʻlida ishlab, yoshligidan qilichbozlik, ot chopdirish va bilim sohasida tajribalar orttirib yurgan va keyinchalik unga qarshi turib mamlakatda osuda hayot oʻrnatdi. Amir Husayn xalqdan turli usullarda koʻplab soliqlar undirib, keyinchalik mamlakatni ichdan yemirilishigacha olib keldi va bunday holatdan bir mard kishi olib chiqib ketishi kerak edi. Bu mard kishi esa oddiy oilada voyaga yetgan kuchli, shijoatli va navqiron yigit Amir Temur edi. U har lahza Ollohni eslardi, ko‘nglida doimo Olloh zikri boʻlgan. Shuning uchun ham doimo bobomizning yoʻllari ochiq boʻlganlar. Amir Temurning butun hayotini turli manbalardan bilib olishimiz mumkin. Masalan, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” nomli roman epopeyasida bobomizning yoshligidan oʻlimiga qadar hayotlari aks etgan. Asarda Temurning tilidan janglarda boʻlgan muammolar paytida shunday degan: “Dunyo odam shaklidagi ilon va chayonlarga toʻla oltin sandiqning naqd oʻzi ekan. Asarda sodiqlik nimaligini bilmagan kimsalar ham topiladi. Masalan, Amir Muso shunaqa kishilardan edi. U dastlab Husayn qoʻlida ishlaydi, keyin undan vos kechib Temur yoniga keladi. Lekin ungayam sodiqlik qilmagani tufayli oʻlim bilan hayotiga nuqta qoʻyiladi. Temur bunaqa nokas kishilarni necha marotabalab kechirgani sababli afsuslanib qolar edi. Temur juda kechirimli va oqkoʻngil inson boʻlgan. Bu esa koʻpincha oʻziga jabr boʻlgan. Bironta insonning besabab qonini toʻkilishiga yoʻl qoʻymagan. Koʻp amirlar unga vafo qilmaydi, lekin bobomiz oʻta aqlli va zehni oʻtkir boʻlganligi bois hammasiga yarasha javob qaytaradi. Tarixda Jamshid, Kaykovus, Kayxisrav, Afrosiyob, Iskandari Zulqarnayn kabi podsholar oʻtgan boʻlsa-da, oʻzimizning yagona vatanimiz ravnaqi, birlashishi yoʻlida yagona Ollohni esida saqlagan holda adolat bilan shohlik qilgan Amir Temur Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 359 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bobomizdir. Uning toʻrt oʻgʻli: Jahongir Mirzo, Umarshayx Mirzo, Mironshoh Mirzo va Shoxruh Mirzolar boʻlgan. Bular ham otasiga oʻxshab xalqni odillik bilan boshqargan. Birinchi oʻgʻli Jahongir Mirzoning onasi Turmush oqa begim boʻlgan, yaʼni Amir Temurning birinchi xotini. Uning Toʻlin Oqa, Mengli bika va dushmani Husaynning xotini boʻlgan va keyinchalik Amir Temur qoʻliga oʻtgan Saroymulkxonim kabi bir necha xotinlari boʻlgan. Ularning hammasi ham oqila va hayotni bilgan ayollardan boʻlgan. Temurbekning hamisha yonida boʻlgan egachisi Qutlugʻ Turkon ogʻaning ham oʻrni katta boʻlgan. Amir Temur bobom

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada buyuk sarkarda va davlat arbobi boʻlgan bobomiz Amir Temur hayotlari va uning avlodlari haqida gap boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada buyuk sarkarda va davlat arbobi boʻlgan bobomiz Amir Temur hayotlari va uning avlodlari haqida gap boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qilichbozlik, Nekoʻz, Bobur, Jamshid, Oʻrta Osiyo, Hindiston, Takina xotun, shaxs, oqkoʻngil, dunyo, ota., sodiqlik va mardlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники