К содержанию
РецензированоUZ2025

ERKIN VOHIDOV IJODINING O‘ZIGA XOSLIGI

O’ktamova Orasta Rustamjon qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

O‘zbek adabiyotining yirik zabardast vakillaridan biri Erkin Vohidov ham o‘z uslubi va yo‘nalishiga ega bo‘lgan ijodkor sanaladi. Erkin Vohidov o‘z uslubini, badiiy mahoratini goh lirikada, goh mumtoz poetikada, goh tarjimada, goh dramaturgiyada namoyon etib, bir qator ibratli yutuqlarga erishgan. Shoirning jiddiylikka yo‘g‘rilgan she’rlari bilan bir qatorda hazil-mutoyiba, hajviya va yumor bilan to‘yintirilgan betakror she’riyati ham o‘z o‘quvchilariga egadir. Kalit so‘zlar:uslub, mahorat, hajv, Matmusa, turkum, latifa. Har bir shoir uslubining mukammal ko‘rinish kasb etishida, u yashab ijod etgan davrning turli sohalardagi hayot tarzi, sharoiti hamda adabiy jarayoni muhim ahamiyatga ega. Adabiyotshunos olim I.Haqqul bu borada shunday yozadi: ―Davr ruhi, zamon nafasi, jamiyat dardi ham dastlab ijodkor shaxsiga ta'sirini o‘tkazib, undan so‘ng asarlariga ko‘chadi.[2, 20]. Uslub san’atkor ijodiy qobiliyatining samarasi, shu bilan birga, ijodiy qobiliyat yetukligi, originalligining o‘ziga xosligi ifodasi. Uslub orqali ijodkorning shaxsiyati, ijodiy individuallik kamoloti, adabiy jarayondagi mustaqilligi, badiiy tafakkur tipi, ijodiy mahorati anglashiladi. Uslub ijodkor badiiy olamidagi original ifoda va yechimlarni jamlaydi, ko‘rsatadi. Shu ma’noda o‘zbek adabiyotining yirik zabardast vakillaridan biri Erkin Vohidov ham o‘z uslubi va yo‘nalishiga ega bo‘lgan ijodkor sanaladi. Erkin Vohidov o‘z uslubini, badiiy mahoratini goh lirikada, goh mumtoz poetikada, goh tarjimada, goh dramaturgiyada Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 370 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT namoyon etib, bir qator ibratli yutuqlarga erishgan. Shoirning jiddiylikka yo‘g‘rilgan she’rlari bilan bir qatorda hazil-mutoyiba, hajviya va yumor bilan to‘yintirilgan betakror she’riyati ham o‘z o‘quvchilariga egadir. Adabiyotshunos Matyoqub Qo‘shjonov hajviy, komik-yumoristik yo‘nalish haqida gapirar ekan, shunday deydi: “Yozuvchi hajvda har xil uslublardan foydalanishi mumkin. Shu asosda nuqson va kamchiliklarni, hayotda uchrab turadigan illatlarni qavartirib, ayrim joylarda oshirib tasvirlashi, zarur paytlarda noreal situatsiyalardan real xulosalar chiqarib, kamchiliklarni sog‘lom nuqtadan turib fosh qila bilishda, hayot bir daryo ekanligini, unga tushib qolgan ba’zi bir xas- cho‘plar, shox-shabbalar, shiddatli oqim natijasida paydo bo‘lgan yengil ko‘piklar uning tagli oqimiga putur yetkazishini anglagan holda ish tutishidadir”. Erkin Vohidov shunday ish tuta olgan ijodkor sifatida o‘zining “Donishqishloq latifalari” rukni ostidagi ijod namunasida komik-satirik detallar, belgi-chiziqlar topib ishlatganki, hayotning salbiy tomonlarini inkor etishda o‘ziga xos yumoristik galeriya yarata olgan. Birgina Matmusa obrazining o‘zi fikrimizning isbotidir. Ammo shoir kichik to‘rtliklari orqali ham yumor vositasida o‘z intellektual saviyasini namoyon qila olgan.Shoirning istiqlol yillarida yaratgan she’rlari orasida hajviy mavzu alohida o‘rin tutadi. Shoirning “Donishqishloq latifalari” kabi turkum hajviy she’rlarida mustabid mafkuraning salbiy jihatlari yoritilgan bo‘lsa, so‘nggi davrdagi asarlarida ijtimoiy hayotda uchrab turadigan illatlar, inson atalmish murakkab tilsimning o‘zligi bilan bog‘liq muammolar aks ettirilganligining guvohi bo‘lish mumkin. “Donishqishloq latifalari” turkumiga diqqat qilsangiz, uning kitobxon qah- qahasini jumbushga keltiradigan latifalardan iborat ekanligiga guvoh bo‘lasiz. Lekin har bir latifaning zamirida davrning ijtimoiy yutuq, kamchiliklari yumorga o‘rab beriladi. Xalq og‘zaki ijodida hayotning og‘ir-yengilini, achchiq-chuchugini, yaxshi- yomonini, ezgu va noshud voqealarini, musbat va manfiy munosabatlarni ulug‘lovchi xalq kuychisi obrazi yaratilgan. O‘zbeklarda Afandi, qozoqlarda Aldarko‘sa, tojiklarda mulla Mushfiq, turkmanlarda Mirali kabi donolar obrazi xalq qiyofasini ifodalab kelgan. Erkin Vohidov o‘z hajviy lirikasida ana shu donishmand xalq obrazlari vakillarining zamonaviy tipi – Matmusa obrazini yaratgan. Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 371 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT “Matmusaning bog‘i” latifasida davrimizning nihoyatda muammoli masalalarini yengil va achchiq kulgu ostiga oladi. She’rda Matmusa yaratgan bog‘ga mas’ullar belgilanadiki, butun bir qishloq aholisiga shtat beriladi. Natijada cho‘t qoqishga o‘n nafar, pul sanashga qirq nafar odam tayinlanadi:“Matmusaning bog‘i” latifasida davrimizning nihoyatda muammoli masalalarini yengil va achchiq kulgu ostiga oladi. She’rda Matmusa yaratgan bog‘ga mas’ullar belgilanadiki, butun bir qishloq aholisiga shtat beriladi. Natijada cho‘t qoqishga o‘n nafar, pul sanashga qirq nafar odam tayinlanadi: Boshliq bo‘lmas albatta Bir juft o‘rinbosarsiz. To‘rtta zavga sakkizta Yordamchi ham zararsiz. Cho‘t qoqishga o‘n kishi, Pul sanashga qirq odam. Yarim qishloq – zampompom, Yarimqishloq – pomzamzam. Bir yil o‘tib, bog‘ taftish qilingach, shtatlarni qisqartirish masalasi ko‘riladi va bog‘ rahbari shtati qisqartirilib, bog‘ rahbarsiz qoladi: Bir yil o‘tgach d

Доказательный фрагмент

«O‘zbek adabiyotining yirik zabardast vakillaridan biri Erkin Vohidov ham o‘z uslubi va yo‘nalishiga ega bo‘lgan ijodkor sanaladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

O‘zbek adabiyotining yirik zabardast vakillaridan biri Erkin Vohidov ham o‘z uslubi va yo‘nalishiga ega bo‘lgan ijodkor sanaladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
latifa., uslub, turkum, hajv, Matmusa, mahorat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники