К содержанию
РецензированоUZ2025

TIBBIYOTDA NIZOLI VAZIYATLAR

TIBBIYOTDA NIZOLI VAZIYATLAR · Olimova Dano Shakirovna · Sapoyev Qodirbergan Otabek o’gli

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada tibbiyot sohasida yuzaga keladigan nizoli vaziyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, turlari va hal etish usullari tahlil qilinadi. Muallif tibbiyot xodimlari, bemorlar va ularning qarindoshlari o‘rtasida yuzaga keladigan ziddiyatlarni ijtimoiy-psixologik va huquqiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqadi. Shuningdek, maqolada nizoli vaziyatlarning oldini olish, ularni boshqarish va hal etishda kommunikatsiyaning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalariga asoslangan tavsiyalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: tibbiyot, nizoli vaziyat, bemor huquqlari, tibbiyot etikasi, kommunikatsiya, sog‘liqni saqlash, nizolarni boshqarish Tibbiyot inson salomatligi va hayoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan eng muhim sohalardan biridir. Shu sababli, ushbu sohada yuzaga keladigan har qanday muammo yoki tushunmovchilik katta oqibatlarga olib kelishi mumkin. Oxirgi yillarda tibbiyot muassasalarida tibbiyot xodimlari va bemorlar o‘rtasida kelib chiqayotgan nizoli vaziyatlar soni ortmoqda. Bu esa sog‘liqni saqlash tizimida xizmat sifati va ishonchga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tibbiyot sohasida nizoli holatlarning psixologik jihatlari muhim ahamiyatga ega. Odamlar orasida “Agar bemor dori bilan tuzalmagan bo‘lsa, uni jarrohlar operatsiya orqali davolaydi” degan qarash mavjud. Terapevtik usullarga nisbatan jarrohlik aralashuvlari ko‘plab bemorlar va ularning yaqinlari uchun jiddiy psixologik bosim va sinov hisoblanadi. Shu bois, boshqa tibbiy yo‘nalishlar kabi jarrohlik Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 374 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT sohasida ham psixologik yordam muhim sanaladi. Bu holat jarrohlik kasbini tanlagan har bir talaba tomonidan tushunilishi zarur. Jarrohlikda tez-tez uchraydigan shoshilinch operatsiyalar, vaqt yetishmovchiligi, bemor va shifokor o‘rtasida o‘ziga xos psixologik muhitni vujudga keltiradi. Jarrohlikda, boshqa tibbiy yo‘nalishlardan farqli o‘laroq, bemordan faol ishtirok emas, balki sokinlik va ehtiyotkorlik talab etiladi. Ushbu kasbda muhim xususiyat – tezda qaror qabul qilib, uni darhol bajarish zarurati (rejali operatsiyalardan tashqari). Ba’zida jarrohlar operatsiyaning sababi va kutilayotgan natijalari haqida bemorni xabardor qilmaydi, bu esa bemorda qo‘rquv va xavotirga sabab bo‘lishi mumkin. Natijada, bemor operatsiyadan voz kechishi yoki boshqa, ko‘proq axborot beradigan jarrohga murojaat qilishi mumkin. Biroq yuqori malakali va mashhur jarrohga ishonch shunchalik kuchli bo‘ladiki, bemor ba’zan uning qo‘pol munosabatini ham e’tiborsiz qoldiradi. Operatsiyalar bemorning ruhiy holatiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi, chunki inson tanasi va ongi bir butun tizimdir. Operatsiyadan so‘ng bemorning ruhiy muvozanati ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarishi mumkin – bu asosan natijaga bog‘liq. Agar operatsiya muvaffaqiyatli o‘tsa, avvalgi qo‘rquv va tushunmovchiliklar yo‘qoladi. Aksincha, salbiy natijalar esa jarrohga nisbatan norozilik va hatto janjalga olib kelishi mumkin. Shu sababli G‘arb mamlakatlarida operatsiya haqida barcha tafsilotlar – foydasi va mumkin bo‘lgan asoratlari – bemorga va uning yaqinlariga tushunarli tilda, deontologiya hamda tibbiy etika qoidalariga amal qilgan holda tushuntiriladi. Shuningdek, nizoli vaziyatlarning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Tibbiy muolajalar va davolash jarayonlari ko‘pincha bemorlar uchun noaniq va murakkab bo‘lishi mumkin. Bemorlar ko‘pincha o‘z holatlari haqida to‘liq ma’lumotga ega emaslar, bu esa ularning shifokorlar bilan muloqotida noaniqliklar keltirib chiqaradi. Masalan, davolash jarayonida bemor o‘zining holatini tushunmasligi yoki shifokor tomonidan berilgan tavsiyalarni to‘g‘ri qabul qilmasligi mumkin. Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 375 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Bu esa o‘z navbatida nizoli vaziyatlarga olib keladi.Tibbiyotda etika va qonunchilik masalalari ham nizolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shifokorlar va tibbiyot xodimlari bemorlar bilan ishlashda etik qoidalarga amal qilishlari kerak. Biroq, ba’zan shifokorlar va bemorlar o‘rtasida etik masalalar yuzasidan kelishmovchiliklar paydo bo‘ladi Tibbiyotda nizolar quyidagi asosiy omillar tufayli kelib chiqadi:  Bemor va shifokor o‘rtasidagi noto‘g‘ri kommunikatsiya;  Xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha norozilik;  Tibbiy xatoliklar yoki noto‘g‘ri tashxis;  Bemorning huquqlari buzilishi;  E’tiborsizlik yoki loqaydlik;  Moliyaviy yoki tashkiliy muammolar. Nizoli vaziyatlarning turlari esa quydagicha bo‘lishi mumkin:  Huquqiy nizolar – bemorlarning sudga murojaat qilishi;  Axloqiy nizolar – tibbiy etika va kasb odobiga zid holatlar;  Tashkiliy nizolar – muassasa ichidagi ish taqsimoti, ma’suliyat bo‘linishi bilan bog‘liq nizolar;  Shaxslararo nizolar – shifokorlar va bemorlar, hamshira va bemorlar o‘rtasidagi tushunmovchiliklar.1 Bundan tashqari, tibbiyot muassasalari ko‘pincha resurslar yetishmovchiligi bilan yuzlashadi, bu esa bemorlarga sifatli xizmat ko‘rsatishda turli muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, bemorlar kerakli yordamni o‘z vaqtida ololma

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tibbiyot sohasida yuzaga keladigan nizoli vaziyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, turlari va hal etish usullari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tibbiyot sohasida yuzaga keladigan nizoli vaziyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, turlari va hal etish usullari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bemor huquqlari, kommunikatsiya, nizolarni boshqarish, tibbiyot etikasi, nizoli vaziyat, sog‘liqni saqlash, tibbiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники