К содержанию
РецензированоUZ2025

ANDIJON SHAHRIDA KOP MEZONLAR BO’YICHA TOVARLARNI YETKAZIB BERISH YO‘NALISHINI TANLASH

Qo’ldashev Xojiakbar Tojiboy o’g’li

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Maqolada Andijon shaharda tovarlarni yetkazib berish yo‘nalishini tanlashda ko‘p mezonli qaror qabul qilish usullarining o‘rni, ahamiyati va amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqilgan. Yetkazib berish tizimining samaradorligi, yo‘nalish optimallashtirish, xarajatni kamaytirish va vaqtni tejash orqali ta'minlanishi mumkin. Ko‘p mezonli tahlil metodlari misolida real sharoitda optimal yo‘nalishni tanlash asoslari yoritiladi. Kalit so‘zlar: Xarajatlar, masofa, vaqt, yo‘l holati, transport tirbandliklari, yo‘l haqi va soliq xarajatlari, xavfsizli va yetkazib berish tizimi Kirish: Bugungi kunda Andijon shaharlarda logistika operatsiyalarining samaradorligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aholining zichligi, transport tirbandliklari, ekologik cheklovlar, mijozlar talabining o‘zgaruvchanligi va zamonaviy texnologiyalar — bularning barchasi tovarlarni yetkazib berish yo‘nalishlarini tanlashda ko‘p mezonli yondashuvni talab qiladi. Tovarlarni yetkazib berish yo‘nalishini tanlashda quyidagi asosiy mezonlar e’tiborga olishimiz zarur:  Masofa — eng qisqa yo‘nalish xarajatlarni kamaytiradi.  Vaqt — tez yetkazib berish mijoz qoniqishini oshiradi.  Yo‘l holati — transport vositalarining harakatlanish tezligiga ta’sir qiladi.  Transport tirbandliklari — shaharlarda eng muhim muammolardan biri.  Yo‘l haqi va soliq xarajatlari — xarajatlarni belgilovchi omil.  Xavfsizlik — baxtsiz hodisa ehtimoli yuqori bo‘lgan yo‘llardan qochish zarur.  Atrof-muhitga ta’siri — ekologik jihatlar (kamroq ifloslantiruvchi yo‘nalishlar). Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 378 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Tasavvur qilaylik, bir logistika kompaniyasi shaharning 4 nuqtasiga tovar yetkazib berishi kerak. Har bir yo‘nalish uchun yuqoridagi 5 ta mezon (masofa, vaqt, tirbandlik, yo‘l haqi, xavfsizlik) asosida ball beriladi va yo‘nalishlar mezonlar bo‘yicha solishtiriladi, va eng maqbul variant aniqlanadi. Natijada, yo‘nalish 3 eng maqbul bo‘lib chiqadi: u qisqa, tirbandlik kam, xavfsiz, va xarajat jihatdan ham maqbul. Yetkazib berish tizimining samaradorligi Yetkazib berish tizimi samaradorligi bu – tovarlarni kerakli joyga, kerakli vaqtda, minimal xarajat bilan yetkazib berish darajasini bildiradi. Samaradorlikni oshirish quyidagi afzalliklarni beradi: Mijozlar qoniqishi oshadi – tez, sifatli va ishonchli yetkazib berish. Resurslar tejaladi – yoqilg‘i, vaqt, ishchi kuchi va transport vositalari samarali foydalaniladi. Ish jarayoni muvozanatlanadi – yetkazib berish jadvali barqarorlashadi, kechikishlar kamayadi. Ekologik foyda – eng qisqa va kam ifloslantiruvchi yo‘nalishlardan foydalanish orqali chiqindilar kamayadi. Samaradorlikni baholashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:  Yetkazib berish muddati (Time of delivery)  Xarajatlar miqdori (Cost per delivery)  Yetkazib berish aniqligi (Delivery accuracy)  Transport vositasining yuklanish koeffitsienti  Yetkazilgan buyurtmalar soni / umumiy buyurtmalar soni Yo‘nalishni optimallashtirish Yo‘nalishni optimallashtirish bu — mavjud sharoitlar va mezonlar asosida eng maqbul yetkazib berish marshrutini aniqlash jarayonidir. Bu jarayon quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: Masofani qisqartirish – yoqilg‘i sarfi va transport xarajatlarini kamaytiradi. Vaqtni tejash – tez yetkazib berish orqali xizmat sifati oshadi. Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 379 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Tirbandliklardan qochish – real vaqt ma'lumotlari asosida eng tezkor yo‘nalish tanlanadi. Qayta-qayta yo‘l bosishni kamaytirish – bir marotaba ko‘proq nuqtalarni qamrab olishga harakat qilinadi (masalan, VRP - Vehicle Routing Problem modeli). Optimallashtirish usullari: Dijkstra algoritmi – eng qisqa yo‘lni topadi. Clark-Wright algoritmi – yuk mashinalari sonini kamaytirish orqali yo‘lni soddalashtiradi. Ant Colony Optimization, Genetic Algorithms – murakkab sharoitlarda optimal yo‘l izlaydi. GIS tizimlari – xaritada interaktiv yo‘nalishlar tuzishga yordam beradi. Xarajatlarni kamaytirish Logistik xarajatlar odatda kompaniya umumiy xarajatlarining 10–30 foizini tashkil qiladi. Yetkazib berishdagi xarajatlarni kamaytirish orqali kompaniya raqobatbardoshligini oshiradi. Xarajatlarni kamaytirish yo‘llari: Optimal yo‘nalish tanlash – yoqilg‘i, vaqt va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari kamayadi. Transport vositalaridan to‘liq foydalanish – yuk sig‘imi to‘liq band qilinsa, bir safarga ko‘proq mahsulot tashiladi. Birlashtirilgan yuk tashish – bir nechta buyurtmalarni birlashtirib, xarajatni bo‘lishish. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish – GPS, sensorlar, monitoring tizimlari orqali aniqlik va nazorat kuchayadi. Yetkazib berish vaqtini rejalashtirish – tirbandlik vaqtlaridan qochib, samaradorlikka erishish. Andijon shahri haqida, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Andijon viloyati hokimligining shahar infratuzilmasi rivoji, yo‘l harakati zichligi, ekologik holat kabi statistik ma’lumotlari bu borada asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2

Доказательный фрагмент

«Maqolada Andijon shaharda tovarlarni yetkazib berish yo‘nalishini tanlashda ko‘p mezonli qaror qabul qilish usullarining o‘rni, ahamiyati va amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada Andijon shaharda tovarlarni yetkazib berish yo‘nalishini tanlashda ko‘p mezonli qaror qabul qilish usullarining o‘rni, ahamiyati va amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
masofa, yo‘l holati, xavfsizli va yetkazib berish tizimi, transport tirbandliklari, vaqt, yo‘l haqi va soliq xarajatlari, Xarajatlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники