Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LABORATORIYA VA AMALIY MASHG’ULOTLARI UCHUN MO’LJALLANGAN USLUBIY QO’LLANMA, TAVSIYA VA KO’RSATMALARNI YARATISH
KO’RSATMALARNI YARATISH · Umirov Jamshid Isirojovich
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanlarining o‘qitilishida talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quv dasturlariga mos ravishda mashg‘ulotlarni tashkil etish, va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan bir qator tavsiyalar keltirilgan.Shuningdek, maqolada laboratoriya mashg‘ulotlari uchun aniq va tushunarli topshiriqlarni taqdim etish, vizual materiallardan (sxemalar, diagrammalar, jadvallar) foydalanish, va talabalarni ijodiy fikrlashga undash muhimligi ta’kidlanadi. Talabalar yoshiga mos va o‘quv dasturlariga asoslangan topshiriqlar ishlab chiqilishi zarurligi, shuningdek, o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarning ahamiyati keltirilgan. Kalit so’zlar: Ijodiy fikrlash, amaliy tajriba, o‘qitish jarayoni, differensial yondashuv, multimedia. Hozirgi davrda axborot texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim jarayonlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqmoqda. Ayniqsa, Informatika fani jamiyat a’zolari, shu jumladan, oliy ta’lim muassasalari talabalarini zamonaviy axborot va algoritmik madaniyat sohibiga aylantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu jarayonning samaradorligini ta’minlash uchun laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni sifatli tashkil etish, ularga mos ravishda uslubiy qo‘llanmalar yaratish dolzarb masaladir. Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 392 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Informatika fanining shakllanishi va rivojlanishi bevosita ma’lumotlarni jamlash va qayta ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan kompyuterlarning ixtiro qilinishi bilan bog‘liq. Kompyuterlar inson ishtirokisiz uzoq muddat davomida ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini bir necha million marta tezroq amalga oshiradi1. Shu bois, informatika fanini o‘qitish jarayonida laboratoriya mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazish uchun quyidagi tamoyillarga amal qilish zarur: Talabalar uchun qulay topshiriqlar: Mashg‘ulotda talabalarning mavjud bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘mak beruvchi aniq va tushunarli laboratoriya topshiriqlari taqdim etilishi lozim. Vizual materiallardan foydalanish: Talabalarning tushunchasini osonlashtirish uchun mashg‘ulot jarayoniga sxemalar, diagrammalar va chizmalar kiritilishi kerak. Amaliy mashqlarni qo‘llash: O‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida amaliy mashqlar va nazorat savollari taqdim etilishi maqsadga muvofiq. Professor N.I. Taylakovning ta’kidlashicha, “Informatika va AT” fanidan ta’lim jarayonini takomillashtirish uchun o‘quv dasturlarini muntazam ravishda yangilab borish, laboratoriya mashg‘ulotlari uchun maxsus uslubiy qo‘llanmalar yaratish zarur. Bu jarayonda talabalar yoshiga mos tilda, ularning imkoniyatlarini hisobga olgan holda, o‘quv dasturlariga mos laboratoriya topshiriqlari ishlab chiqilishi lozim. Laboratoriya mashg‘ulotlarini sifatli tashkil qilish va samaradorligini oshirish uchun uslubiy qo‘llanmalarda quyidagi talablarga rioya qilish tavsiya etiladi: Mashg‘ulotlar talabalarni tanqidiy va ijodiy fikrlashga undashi, ular uchun qiziqarli bo‘lishi kerak. O‘quv dasturlarida aks etgan nazariy bilimlar laboratoriya amaliyotlarida mustahkamlanishi kerak. Mashg‘ulot materiallari talabalarning ijtimoiy va kasbiy ehtiyojlariga mos bo‘lishi lozim. Xulosa qilib aytganda, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar informatika fanining samarali 1 Taylakov, N.I. (2020). Informatika va axborot texnologiyalarining ta’lim tizimidagi o‘rni. T.: O‘zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti. Выпуск журнала №-24 Часть–2_ Апрель –2025 393 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT o‘qitilishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ular zamonaviy ta’lim talablari asosida, amaliyot va nazariy bilimlarning uyg‘unlashgan shaklida ishlab chiqilishi lozim. Pedagogika fanlari doktori, professor N.I. Taylakov fikricha, oliy ta’lim muassasalarida “Informatika va AT” fanini o‘qitishni yanada samarali tashkil etish va takomillashtirish uchun quyidagi masalalarga ahamiyat berilishi zarur2: Mutaxassisliklar bilan bog‘lash: Informatika fanining o‘qitilishida, oliy o‘quv yurtlarida tayyorlanayotgan mutaxassisliklar bilan bog‘lash tendensiyasining kuchayib borishini hisobga olib, har bir o‘quv yurtining o‘ziga xos xususiyatlariga mos ravishda maxsus o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlarini yaratish zarur. O‘quv jarayonining uzluksizligini ta’minlash maqsadida, o‘quv tizimining har bir bosqichiga moslashtirilgan, oddiydan murakkabga o‘tish tamoyiliga asoslangan o‘quv dasturlari va ularga mos o‘quv adabiyotlari ishlab chiqilishi kerak. Bu o‘quv jarayonining har bir bosqichida talabalar uchun tushunarli, o‘zlashtirishda qiyinchilik tug‘dirmaydigan shaklda bo‘lishini ta’minlaydi. Muqobil o‘quv adabiyotlari: “Informatika va AT” fanidan universal qo‘llaniladigan yagona o‘quv adabiyoti yaratish amaliy jihatdan juda qiyin vazifa hisoblanadi. Shuning uchun bu fandan davlat ta’lim standartlariga mos keladigan, bir- birini to‘ldiradigan muqobil o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqish lozim. Hozirgi kunda “I
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanlarining o‘qitilishida talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quv dasturlariga mos ravishda mashg‘ulotlarni tashkil etish, va amaliy ko‘nikmala…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanlarining o‘qitilishida talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quv dasturlariga mos ravishda mashg‘ulotlarni tashkil etish, va amaliy ko‘nikmala… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- multimedia., differensial yondashuv, Ijodiy fikrlash, amaliy tajriba, o‘qitish jarayoni
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014