Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURKISTONDA JADIDCHILIK HARAKATI
TURKISTONDA JADIDCHILIK HARAKATI · Hikmatillyev Namozali Hikmatilla o'g'li · Keywords: Turkistan, jadidizm movement
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
ushbu maqolada Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelish hamda ularning faoliyatini o’rganishga oid ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar: Turkiston, jadidchilik harakati, Osiyo, ilm-fan, texnika taraqqiyoti, Annotation: this article presents information on the emergence of the jadidism movement in Turkestan and the study of their activities. Keywords: Turkistan, jadidizm movement, Asia, Science, Technical Development, intellectual layer. 19-asrning ikkinchi yarmida Osiyo, shu jumladan, Turkiston ilm-fan va texnika taraqqiyoti bo‘yicha yevropadan ancha orqada qolib ketgan davri edi. Qoloqlik va jaholat, o‘lka aholisining ayanchli ahvoli Turkistonning Yevropa va jahon sivilizatsiyasidan orqada qolib ketishi va bunday fojiali hayotdan qutulish, erk va ozodlikka erishish haqida o‘z zamonasining ilg‘or ziyoli qatlamlarida fikr- mulohazalar paydo bo‘la boshlagan davri bo’lgan. XX asr boshlarida Rossiyadagi musulmon maktablarining buyuk islohotchisi va “Tarjimon” jurnali tashkilotchisi Ismoil G‘aspiralining nomi butun Sharqqa mashhur bo‘lib ketgan. U Bog‘chasaroyda eski maktablarning murakkab o‘qish usuliga nisbatan yengil qiroat usuliga asoslangan yangi maktab ochib, unda o‘zi dars bergan, darsliklar yozgan, chorizmning Sharqdagi siyosatini fosh qiluvchi asarlari bilan Turkistondagi ilg‘or ziyolilarning dunyoqarashiga katta ta’sir ko‘rsatib borgan edi. Qisqacha qilib aytganda u yangi usul maktablarning vujudga kelishida namuna bo‘lgan. Выпуск журнала №-24 Часть–3_ Апрель –2025 3 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Jadidlar chorizmning mustamlaka siyosati strategiyasiga jiddiy zaiflantiruvchi o‘zgarishlar qilishga majbur etuvchi vatanparvar siyosiy kuch sifatida 19-asr oxiri – 20-asr boshlaridan tarix sahnasiga chiqa boshlaganlar. Jadidlar Turkistonda 19-asr oxirida paydo bo‘lgan ilg‘or usullarni yoqlagan ma’rifatparvarlargina bo‘lib qolmay, ayni damda turkiy-islomiy huquqiy merosning millat ichida keng yoyilishi, xurfikrlilik, taraqqiyot va milliy istiqlol uchun ham kurashni maqsad qilib qo‘ygan edi. Chor mustamlakachilari O‘rta Osiyoda ochilgan yangi usul maktablariga qarshi kurash boshlaydi, bu maktablarni «islomiyatga qarshi», «g‘ayridin maktablari» deb tashviqot yurgizadilar, josuslik idoralarini ishga soladilar, hatto Buxoro amiriga va Xiva xoniga ham kuchli tazyiq o‘tkazganlar. Ahvol shu darajaga borib yetganki, bu masala bilan bog‘liq ko‘plab qurbonlar yuz beradi. Chor ma’murlari islom diniga ham qarshi kurashni kuchaytirib yuboradilar. Hattoki, 1903-yili podsho Turkiston aholisi uchun muborak Haj qilishni ham farmon bilan man etib qo’yadi. Bu mahalliy musulmon aholisida kuchli norozilik uyg‘otgan. 1905-yilgi to‘ntarish harakatidan keyin Rossiya hududidagi turkiy xalqlar va ularning Turkiya bilan qardoshlik aloqasi kuchaydi. O‘z davrida Turk dunyosi markazlaridan biri bo‘lgan Qrim, Qozon, Istanbulda chop etilgan jadidchilik ruhidagi adabiyotlar Turkistonga ham keng yoyila boshlandi. Jadidchilik harakati muhitida jadidchilik adabiyoti ham yuzaga keldi va mukammal bir shaklga kirdi. Ham nasrda, ham nazmda yangilanish, qoloqlik va jaholatdan qutilish, rus istilosiga qarshi kurash, ma’rifat va hurriyatga erishish, istiqlolni qo‘lga kiritish g‘oyalari bilan to‘lib-toshgan yangi bir adabiyot shakllanib bordi. Abay bunday adabiyotning ilk namoyandalaridan biri bo’lgan. Shundan so‘ng Shayx Ahmad Mahdum maydonga chiqqan edi. O‘rta asrlarda shunday ulug‘ zotlarni yetishtirgan Turkiston kabi buyuk bir tabarruk zaminning so‘nggi asrlarda jaholat va hurofot azobida inqirozga yuz tutishi, bu yerda kuchli bo‘lgan o‘rta asrchilik va mustamlakachilik zulmlari, o‘lkadagi yangi uyg‘onish, yangi ma’rifat va adabiyot uchun borayotgan kurash musulmon xotin-qizlar huquqini himoya qilish haqida Ismoil Gaspirali o‘tkir publitsistik maqolalari bilan faol qatnasha Выпуск журнала №-24 Часть–3_ Апрель –2025 4 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT boshlagan. «Buxoro va Bog‘chasaroy», «Bog‘chasaroydan Toshkentga» (1893), «Turkistonning yangi tarixi» (1905), «Buxoroda nimalarni ko‘rdim?» (1908), «Turkistondan xat» va boshqalar shu jumlasiga kiradi. Uning ta’siri bilan Turkistonda ham yangi usul maktablari uchun o‘quv qo‘llanmalari, matbuot va adabiyot namunalari maydonga kela boshladi. Turkistonda jadidchilik harakatining yirik vakillaridan Mahmudxo‘ja Behbudiy (1871-1919) dir. U “Turkiston jadidlarining otasi” sifatida tarixda nom qoldirgan. Fayzulla Xo‘jayev Behbudiy haqida: “Siyosiy, ijtimoiy faoliyati, bilimining kengligi jihatidan o‘sha zamon Turkistonidagi jadidlar orasida unga teng kela oladigani bo‘lmasa kerak” degan fikrni bildirgan. Behbudiy Gapirinskiy yo‘lga qo‘ygan “usuli jadid” maktablarini Turkistonda qaror toptirishda, ularni darslik va qo‘llanmalar bilan ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatdi. Yangi tipdagi maktablarning milliy-madaniy taraqqiyotimizda muhim omil bo‘la olishi mumkinligi haqida o‘nlab maqolalar yozgan. “Qisqa umumiy geografiya”, “Bolalar maktubi”, “Islomning qisqacha tarixi”, “Amaliyoti islom”, “Aholi geogr
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelish hamda ularning faoliyatini o’rganishga oid ma’lumotlar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelish hamda ularning faoliyatini o’rganishga oid ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Turkistan, jadidizm movement, Asia, Science, Technical, Osiyo, Turkiston, texnika taraqqiyoti, ilm-fan, jadidchilik harakati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024