К содержанию
РецензированоRU2025

MAKTABGACHA TA'LIM TALABLARI ASОSIDA MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA BОLANI MAKTABGA TAYYORLASH

Ro’zibekova Malika

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim talablari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlash jarayonining mazmuni va ahamiyati yoritilgan. Maktabga tayyorlov bosqichida bolalarning aqliy, ijtimoiy-emotsional, nutqiy va jismoniy rivojlanishlariga qo‘yiladigan asosiy talablar, ularni amalga oshirish mexanizmlari hamda pedagogik yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, bolaning maktabga tayyorlik darajasini aniqlashda diagnostika uslublari, muhitning roli va ota-onalar bilan hamkorlikning samarali yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Kalit so’zlar:maktabgacha ta’lim, maktabga tayyorlov, bolaning rivojlanishi, ta’lim talablari, tayyorgarlik bosqichi, pedagogik yondashuv, diagnostika, ijtimoiy- emotsional rivojlanish. Bugungi kunda ta’lim tizimining eng muhim bosqichlaridan biri bu – maktabgacha ta’lim hisoblanadi. Ayniqsa, bolalarni maktabga tayyorlash jarayoni ularning keyingi bosqichdagi ta’lim muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni har tomonlama – aqliy, jismoniy, ijtimoiy va emotsional jihatdan maktabga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish, uni zamonaviy talablarga moslashtirish borasida bir qator davlat dasturlari va normativ hujjatlar ishlab chiqilgan. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim talablari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlash jarayoni, uning mazmuni, metodik yondashuvlari hamda samaradorlik omillari yoritib beriladi.Bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tayyorgarlik. Maktabgacha yoshdagi Выпуск журнала №-24 Часть–3_ Апрель –2025 60 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilish va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik goyalariga sodiq holda voyaga yetib borishini ta’minlash, ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim va maktabga tayyorgarlikning dolzarbligiMaktabgacha yoshdagi davr bolaning shaxs sifatida shakllanishida eng muhim davr hisoblanadi. Ayniqsa, 5–7 yosh oralig‘ida bola katta ijtimoiy muhitga – ya’ni maktabga o‘tishga tayyor bo‘lishi lozim. Bu bosqichda bola mustaqil fikrlash, muloqotga kirisha olish, topshiriqlarni bajara olish, o‘zi uchun mas’uliyat sezish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Shu sababli maktabga tayyorlov jarayoni faqat bilim berish emas, balki har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi.O‘zbekiston Respublikasida "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv-tarbiyaviy jarayon yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur dastur bolalarning maktabga tayyorlik darajasini shakllantirish, ularni rivojlantirishga xizmat qiladigan pedagogik vositalar va metodik yondashuvlarni belgilaydi. Dasturda aqliy, jismoniy, nutqiy, ijtimoiy-emotsional rivojlanish, kreativlik, ekologik madaniyat, kommunikativ kompetensiyalar kabi yo‘nalishlar ko‘zda tutilgan.Tayyorgarlik darajasi maxsus diagnostika usullari orqali aniqlanadi. Pedagoglar va psixologlar bolaning bilim saviyasi, muloqot madaniyati, mustaqillik darajasi, muammoli vaziyatlarni hal qilish qobiliyati, emotsional barqarorligi kabi ko‘rsatkichlar asosida baholash ishlarini olib boradi. Bu diagnostika natijalari ta’lim jarayonini individual yondashuv asosida tashkil qilishga imkon beradi.Bolaning maktabga tayyorlanishida faqat maktabgacha ta’lim tashkiloti emas, balki oilaning ham o‘rni beqiyosdir. Pedagoglar va ota-onalar o‘rtasidagi samarali hamkorlik bolaning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular birgalikda bolaning qiziqishlarini rivojlantirish, nutqini boyitish, muloqot madaniyatini shakllantirish borasida ish olib borishlari kerak. Pedagogik yondashuvlar va metodlar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda turli metodik yondashuvlar Выпуск журнала №-24 Часть–3_ Апрель –2025 61 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT qo‘llaniladi. Ular quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:Integrativ yondashuv: Bolaning barcha rivojlanish sohalarini uzviy bog‘lab o‘qitish (masalan, matematika va nutqni rivojlantirishni birgalikda o‘rgatish). Loyiha asosida o‘rgatish: Bolalar kichik guruhlarda ishlab, biror mavzuga oid loyiha yaratadilar. Bu ularning tanqidiy fikrlash va hamkorlik qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. O‘yinli metodlar: O‘yinlar orqali o‘rgatish bolalarning qiziqishi va ishtirokini oshiradi. Didaktik o‘yinlar, rolli o‘yinlar, dramatizatsiya orqali ko‘nikmalar mustahkamlanadi. STEAM yondashuvi: Fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani birlashtirib bolalarda innovatsion fikrlashni shakllantiradi. Ijtimoiy-emotsi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim talablari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlash jarayonining mazmuni va ahamiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim talablari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlash jarayonining mazmuni va ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
maktabga tayyorlov, pedagogik yondashuv, diagnostika, ijtimoiy-emotsional rivojlanish., bolaning rivojlanishi, maktabgacha ta’lim, ta’lim talablari, tayyorgarlik bosqichi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники