Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA MATEMATIKLARNI, MATEMATIKA OʻQITUVCHILARINI TAYYORLASHDA
OʻQITUVCHILARINI TAYYORLASHDA · Muhammadiyev Soxibnazar Shovkat o’g’li
Современное образование и развитие · 1 · 2020
Аннотация
Oliy ta'lim muassasalarida matematika fanlar uchun umumiy boʻlgan tushunchalar, operasiyalar, tafakkur shakllari, matematik faoliyat usullari ta'lim soʻnggida umumiy tushunchalar haqida integrativ bilimlarni hosil qilish uchun ularni oʻzaro aloqadorligi, ilmiy fanlararo aloqalarning faktlar darajasidagi aloqalar va fanlararo tushunchaviy aloqalar turlari, modellashtirish va shu sababli matematikani oʻqitish jarayonidagi uzviylikni taminlash haqida so’z boradi Kalit so’zlar: Modellashtirish, dialektik, komponent, elementlar, perspektiv, reproduktiv, xronologik, kategoriya, pedagogik, fundamental, kompetensiya, metodik, Prizedentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 7 may 2020 yildagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-son Qarorida “Ta’lim berishning onlayn platformasini yaratish va amaliyotga tatbiq etish, masofadan o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish, baholash tizimining shaffofligini ta’minlash mexanizmlarini joriy qilish, matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, amaliy matematikani rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni modellashtirish asosida matematik yechimlarni ishlab chiqish” ustuvor vazifalar etib belgilangan [1]. Oliy ta'lim muassasalarida matematiklarni, matematika oʻqituvchilarini tayyorlashda “Matematik analiz”, “Algebra va sonlar nazariyasi”, “Geometriya”kabi an'anaviy fanlar oʻqitiladi. Bu fanlar uchun umumiy boʻlgan tushunchalar, operasiyalar, tafakkur shakllari, matematik faoliyat usullari ta'lim soʻnggida umumiy tushunchalar haqida integrativ bilimlarni hosil qilish uchun ularni oʻzaro aloqadorlikda oʻqitishni taqozo qiladi. Bunda tushunchalar, nazariyalarning uzviyligi, fanlararo Выпуск журнала №-24 Часть–3_ Апрель –2025 74 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT aloqalarni bilish muhimdir. Shu sababli matematikani oʻqitish jarayonidagi uzviylikning yaqqol namoyon boʻlishini koʻrish uchun fan dasturlari asosida fanlararo aloqalarni tahlil qilish zarurati tugʻiladi [2]. Uzviylik tushunchasini birinchi boʻlib nemis faylasufi Gegel dialektik asosda tahlil qilib bergan. Gegel uzviylikni inkorni inkor qonunining muhim elementi sifatida qarab chiqdi. Uzviylik falsafiy kategoriya sifatida koʻp qirralidir. Olimlar bu tushunchaning turli qirralarini tadqiq etishadi hamda uzviylikka turlicha ta'rif beradilar. «Uzviylik butunning tizim sifatida bir holatdan boshqa holatga oʻtishidagi u yoki bu elementlarning (butunning) yoki alohida tomonlarining saqlanib qolishini ifodalovchi borliqning, shuningdek, bilishning turli xil taraqqiyot bosqichlari oʻrtasidagi aloqadorlikdir. Hozirni oʻtmish va kelajak bilan bogʻlab, uzviylik butunning barqarorligini ta'minlaydi»[3].. Uzviylik bu jamiyat, tabiat, bilishning turli etaplari va bosqichlari orasidagi aloqa boʻlib, uning mohiyati butunning tizim sifatida oʻzgarganda yangida eskining elementlarini sifat nuqtai nazardan yangi, qayta ishlangan holda ushlab qolishdan, tizimning rivojlanish mexanizmi, dinamikasi va yoʻnalishini ochib berishdan iborat. Shu tarzda uzviylik hozirni oʻtmish va kelajak bilan bogʻlab, butunning rivojlanishi va turgʻunligini ta'minlaydi. Yuqoridagi fikrlardan uzviylikning ilmiy bilimlar rivojlanishiga ham xosligi kelib chiqadi. Masalan, fizikada uzviylik moslik tamoyili, matematikada permanentlik (lotincha permanens, per va manere – uzluksiz, doimiy, bitta holatda qoluvchi) tamoyiliga mos keladi. Pedagogik lugʻatda «Pedagogik jihatdan uzviylik - bu didaktik tamoyil (oʻquv jarayonining mazmuni, tashkiliy usul va shakllarini belgilab beruvchi asosiy qoida), sharoit (ta'lim jarayonini samarali tashkil etishga koʻmaklashuvchi holatlar), harakatga keltiruvchi kuch (ta'lim jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi omil), ta'lim, rivojlanish va tarbiya jarayonida majburiy bajarilishi kerak boʻlgan talab sifatida izohlanadi»[4]. Boʻlgʻusi matematika oʻqituvchilariga oʻqitiladigan fundamental matematika (“Matematik analiz”, “Algebra va sonlar nazariyasi”, “Geometriya”) fanlari Выпуск журнала №-24 Часть–3_ Апрель –2025 75 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT aloqalarini yaxlit xolda oʻrganish, oʻzaro aloqadorlik asosida oʻqitishda talabalarning matematik kompetensiyalarni shakllantirishdagi ahamiyatini ochib berishga qaratildi. Oliy ta'limdagi matematika oʻqituvchisi xronologik nuqtai nazardan uchta turdagi fanlararo aloqalar bilan ish koʻradi: reproduktiv (oldingi), yoʻldosh va istiqboldagi (perspektiv)[5]. Reproduktiv fanlararo aloqalarda talabalarning boshqa matematika turkumidagi fanlardan egallagan bilimlariga tayanilgan xolda biror matematika fanining u yoki bu moduli yoki mavzusi oʻrganiladi. Yoʻldosh aloqalar – turli matematika fanlarining bir vaqtda oʻrganiladigan tushunchalari orasidagi aloqalardir. Istiqboldagi (perspektiv) aloqada ikkinchi fanning kelajakda oʻqitiladigan tushunchalaridan birinchi fan tushunchalarini oʻqitishda foydalaniladi. Mazmun jihatdan ilmiy, falsafiy, gʻoyaviy fanla
Доказательный фрагмент
«Oliy ta'lim muassasalarida matematika fanlar uchun umumiy boʻlgan tushunchalar, operasiyalar, tafakkur shakllari, matematik faoliyat usullari ta'lim soʻnggida umumiy tushunchalar haqida integrativ bilimlarni hosil qil…»
Образец извлечения
Демо-превьюOliy ta'lim muassasalarida matematika fanlar uchun umumiy boʻlgan tushunchalar, operasiyalar, tafakkur shakllari, matematik faoliyat usullari ta'lim soʻnggida umumiy tushunchalar haqida integrativ bilimlarni hosil qil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- reproduktiv, komponent, perspektiv, xronologik, metodik, pedagogik, fundamental, kategoriya, dialektik, elementlar, kompetensiya, Modellashtirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014