К содержанию
РецензированоUZ2025

AXBOROT XIZMATI FAOLIYATIDA OQ VA QORA PIAR (TEXNOLOGIYALAR)

Abduvaliyeva Sevinch Ilhomovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

PR (oʻqilishi — piar) — ingilizcha "public „ relations“, yaʼni jamoatchilik bilan aloqalar maʼnosini anglatadi. Mazkur maqola axborot xizmati faoliyatida oq va qora piar texnologiyalarining o‘rni va ta’sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda piarning mohiyati, uning turli shakllari — xususan, ijobiy (oq piar) va salbiy (qora piar) uslublari orqali jamoatchilik fikrini shakllantirish strategiyalari yoritilgan. Maqolada ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli kommunikatsiya vositalari yordamida olib borilayotgan piar kampaniyalarning samaradorligi, ularning axborot xizmati faoliyatiga ta’siri hamda bu jarayonda yuzaga keladigan axloqiy va huquqiy muammolar tahlil qilingan. Tadqiqotda shuningdek, zamonaviy media-makonda tashkilot obro‘sini shakllantirishda piar texnologiyalarining o‘rni va ularning professional darajada qo‘llanishi muhim ekani ilmiy asosda asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: Bugungi kunda Axborot xizmati faoliyatini tashkil etish fanini o’qitishda Tashkilot Axborot xizmati faoliyatida oq va qora texnologiyalar, degan tushuncha mavjud. Bu tushuncha mohiyatini teranroq anglash uchun biz Axborot xizmatining nazariy asoslaridan biri hisoblangan jamoatchilik bilan aloqalar (PR) faniga murojaat qilamiz. Amaliy fikrlar: Soha mutaxassislari qayd etishlaricha, jamoatchilik bilan aloqalar, xususan, odamlar bilan munosabatlar rang-barang bo‘lishi mumkin. Kimdir sermulohazakorlik bilan munosabatda bo‘lsa, boshqasi qiziqqonlik qiladi. Kim haqdadir ijobiy fikr aytilsa, boshqasi haqida salbiy gaplar quloqqa chalinadi. PR nuqtai nazaridan bu: oq yoki qora piar, deya ta’riflanadi. Bu atamalardan ularning mazmun- mohiyati aks etib turibdi. Выпуск журнала №-24 Часть–3_ Апрель –2025 98 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Oq piarda – oqko‘ngillik bilan qilinadigan samimiy munosabatlar o‘z ifodasini topadi. Qora piarda – ichiqoralik, ko‘ngli qoralik bilan qilinadigan sa’y-harakatlar aks etib turgandek... (Ba’zilar shunaqa gaplar aytayotganida hatto kimdir “bo‘yab gapirishga usta ekan” deb pisanda qilishini eshitgansiz). Nazariy fikrlar: Axborot tarqatilishida ma’lum mavzular tegishli rangga “bo‘yab” talqin etiladi. Buni nazariyotchilar: oq yoki qora piar deb ataydilar. Axborot mohiyatiga ko‘ra PRda boshqa ranglar ham uchraydi. E’tibor qilsangiz, deyarli barcha munosabatlar mohiyatida oqko‘ngillik yoki ichiqoralik nafasi sezilib turadi. Aksariyat ezgu niyatli kishilar yaxshi maqsadlar bilan ishga kirishsa, qaysidir kimsalar xatti-harakatida yomon, xatarli, o‘z manfaatlari yo‘lida g‘arazli niyatlarini ham sezish mushkul emas. ASOSIY QISM: Axborot xizmati faoliyatida oq va qora PR (texnologiyalar) Axborot xizmati ish faoliyatida jamoatchilik bilan aloqalarni to‘g‘ri tashkil qilish, ishonchli axborotni tezkor yetkazish va imidjni shakllantirishda zamonaviy PR texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, oq va qora PR metodlarini to‘g‘ri tahlil qilish va ularning imkoniyatlarini anglash axborot xizmati samaradorligini oshiradi. Quyida bu sohada qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan asosiy texnologiyalar yoritiladi: 1.Vizual kommunikatsiyalar va media vositalaridan foydalanish: Grafik dizayn, infografika, video lavhalar yordamida ijobiy imidjni shakllantirish. Oq PRda bu vositalar tashkilot faoliyatining ochiqligini ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Qora PRda esa noto‘g‘ri yoki manipulyatsion tasvirlar orqali raqib imijiga zarar yetkazilishi mumkin. 2.Ijtimoiy tarmoqlarda strategik faoliyat: Oq PR uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali foydali kontentlar tarqatish, auditoriya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkonini beradi. Qora PR esa aynan shu maydonda mish-mishlar, yolg‘on axborot yoki tahrirlangan materiallar orqali salbiy kayfiyatni targ‘ib qilishi mumkin. Выпуск журнала №-24 Часть–3_ Апрель –2025 99 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 3.Media monitoring va tahlil texnologiyalari: Zamonaviy vositalar (Brand24, Mention, Google Alerts) orqali tashkilot haqidagi fikrlarni kuzatish va tahlil qilish. Oq PRda bu monitoring yordamida o‘z kuchli tomonlarni rivojlantirishga harakat qilinadi. Qora PRga qarshi esa bu monitoring salbiy axborot manbalarini aniqlab, zudlik bilan javob qaytarish uchun xizmat qiladi. 4.Krizis kommunikatsiyasi metodikasi: Oq PRda salbiy holatlarga tezkor va ochiq yondashuv orqali jamoatchilik ishonchini saqlab qolish maqsad qilinadi. Qora PR esa aynan shunday inqirozli vaziyatlardan foydalanib, tashkilotni yomonotliq qilishga urinadi. Shu sababli krizisga qarshi PR strategiyalari muhim ahamiyatga ega. 5.Tahliliy va tanqidiy yondashuv asosida kontent ishlab chiqish: Tashkilot faoliyatini chuqur tahlil qilib, ijtimoiy foydali loyihalar, yutuqlar, statistikalar asosida xolis kontent tayyorlash. Bu oq PRning kuchli tomoni hisoblanadi. Qora PR esa aksincha – manipulyatsion raqamlar, kontekstdan uzilgan faktlar orqali salbiy taassurot uyg‘otishga urinadi. Misollarda aks ettirish Quyida har bir metod va uning amaliy misolini yuqorida keltirilgan PR texnologiyalarining amaliy qo‘llanilishi

Доказательный фрагмент

«PR (oʻqilishi — piar) — ingilizcha "public „ relations“, yaʼni jamoatchilik bilan aloqalar maʼnosini anglatadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

PR (oʻqilishi — piar) — ingilizcha "public „ relations“, yaʼni jamoatchilik bilan aloqalar maʼnosini anglatadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
degan tushuncha mavjud. Bu tushuncha mohiyatini teranroq anglash uchun biz Axborot xizmatining nazariy asoslaridan biri hisoblangan jamoatchilik bilan aloqalar (PR) faniga murojaat qilamiz., Bugungi kunda Axborot xizmati faoliyatini tashkil etish fanini o’qitishda Tashkilot Axborot xizmati faoliyatida oq va qora texnologiyalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники