К содержанию
РецензированоUZ2025

INSONLARDAGI ALTRUIZM SIFATLARI: PSIXOLOGIK, IJTIMOIY VA SHAXSIY RIVOJLANISH NUQTAI NAZARIDAN IJOBIY VA SALBIY TOMONLAR

SALBIY TOMONLAR · Human Altruism Traits: Psychological · Personal Development · Aspects of Positive · Negative Sides · Vahobova O’g’iloy Tolibjonovna (Andijon davlat pedagogika instituti dotsenti, PhD)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada altruizm tushunchasi inson psixologiyasida va ijtimoiy munosabatlarda qanday namoyon bo‘lishi, uning shaxsiy va jamiyat taraqqiyotiga ta’siri keng tahlil etiladi. Altruizmning ijobiy tomonlari — insonlar o‘rtasida mehr, birdamlik, empatiya va yordamga tayyorlik hissini mustahkamlashi; salbiy tomonlari esa — haddan ortiq fidoyilik, o‘z manfaatlarini kamsitish va boshqalar tomonidan foydalanilish xavfidir. Maqolada shaxsiy rivojlanishda muvozanatli altruizm yondashuvi taklif qilinadi. Annotation: This article examines the concept of altruism from psychological, social, and personal development perspectives. The positive aspects of altruism include strengthening empathy, compassion, unity, and cooperation among individuals. On the other hand, the negative sides involve excessive self-sacrifice, ignoring personal needs, and the risk of being exploited. The article emphasizes the importance of balanced altruism for healthy personal and social growth. Kalit so‘zlar: altruizm, psixologiya, empatiya, jamiyat, shaxsiy rivojlanish Key words: altruism, psychology, empathy, society, personal development Altruizm (lotincha, „alter“ – boshqa, boshqalar) – boshqalarning farovonligi uchun begʻaraz gʻamxorlik bilan bogʻliq faoliyatni anglatuvchi tushuncha. Fidoyilik yaʼni oʻz manfaatini boshqa birovning manfaati uchun qurbon qilish bilan bogʻliq. Shaxs, boshqa odamlar yoki umuman olganda umumiy manfaatlar uchun „altruizm“ atamasi faylasuf Auguste Comte tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan, uning Выпуск журнала №-24 Часть–3_ Апрель –2025 251 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT fikricha, altruizm „boshqalar uchun yashash“ meʼyorining timsolidir, insoniyat jamiyatini yanada insonparvarlashtirish sari oʻzgartirishning harakatlantiruvchi kuchidir. Altruizmning ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Bir tomondan, altruizm jamiyatda birdamlik, empatiya, va hamdardlikni kuchaytiradi, boshqa tomondan esa, haddan tashqari altruizm shaxsiy manfaatlarni e’tiborsiz qoldirishga olib kelishi mumkin. Ushbu maqolada altruizmning ijobiy va salbiy tomonlari tahlil qilinadi, shuningdek, altruizmning psixologik va ijtimoiy nuqtai nazardan qanday rivojlanishi va shaxsiy rivojlanishga ta’siri ko‘rsatiladi. C. Daniel Batson o‘zining “Altruism in Humans” kitobida altruizm va empatiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqur tahlil qiladi. U altruistik xatti-harakatlarning asosida empatiya yotadi, ya’ni boshqa bir insonning og‘ir holatini his qilish, uning azoblariga hamdardlik ko‘rsatish istagi bo‘ladi. Batson ko‘plab tajribalarda shuni ko‘rsatdiki, empatiyaga asoslangan altruistik xatti-harakatlar o‘zini samarali yordam berishga majbur qiladi.1 Misol tariqasida, Batson tomonidan o‘tkazilgan eksperimentda ishtirokchilarga bir kishining azobini ko‘rsatishdi va ular yordam berishga tayyor bo‘ldilar. Ularning altruistik harakatlari nafaqat boshqalarga yordam berish, balki o‘zlari uchun ham baxt va qoniqish keltirdi. Bu shuni ko‘rsatadiki, altruizmning psixologik asoslarida boshqa bir insonning qayg‘usini tushunish va unga yordam berish istagi yotadi. Altruistik harakatlar nafaqat jamiyat uchun foydali, balki shaxsning o‘z psixologik farovonligi uchun ham foydalidir. Michael Babula, “Motivation, Altruism, Personality and Social Psychology” asarida altruistik xatti-harakatlarning shaxsning ruhiy holatiga qanday ta’sir qilishini tahlil qiladi. Uning fikricha, ko‘ngilli yordam berish nafaqat boshqalarga yordam beradi, balki shaxsning o‘zini baxtli va to‘liq his qilishiga olib keladi.2 Babula olib borgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, altruistik xatti- harakatlar depressiya va xavotirni kamaytiradi, shuningdek, o‘zini hurmat qilish va o‘z qadriyatini anglashni oshiradi. Shuningdek, altruistik xatti-harakatlar stressni kamaytirishga yordam beradi, chunki ular insonga ijobiy hissiyotlar keltiradi. 1 Batson, C. D. (2011). Altruism in humans. Oxford University Press. 2 Ricard, M. (2015). Altruism: The power of compassion to change yourself and the world. Back Bay Books. Выпуск журнала №-24 Часть–3_ Апрель –2025 252 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Matthieu Ricard “Altruism: The Power of Compassion to Change Yourself and the World” asarida altruizmni jamiyatda birdamlik, hamjihatlik va ishonchni rivojlantiruvchi kuch sifatida tasvirlaydi. Ricard altruizmni nafaqat shaxsiy, balki global miqyosda ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda asosiy omil deb biladi. U altruizmning jamiyatdagi o‘rni haqida shunday deydi: “Altruizm jamiyatda ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashga yordam beradi, chunki u odamlar o‘rtasidagi ishonchni kuchaytiradi va boshqalarga yordam berishga bo‘lgan ishtiyoqni oshiradi.”3 Ricard altruizmning ijtimoiy o‘rni haqida gapirganda, Norvegiya va Butan kabi mamlakatlarni misol keltiradi. Bu mamlakatlar ijtimoiy yordam va mehr-oqibatni madaniyat sifatida qabul qilgan, natijada aholi baxt va farovonlik darajasi yuqori bo‘lgan. Ricardning fikricha, altruizm jamiyatda ijtimoiy tenglik va adolatni ta’minlashga yordam beradi, bu esa jamiyatning umumiy

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada altruizm tushunchasi inson psixologiyasida va ijtimoiy munosabatlarda qanday namoyon bo‘lishi, uning shaxsiy va jamiyat taraqqiyotiga ta’siri keng tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada altruizm tushunchasi inson psixologiyasida va ijtimoiy munosabatlarda qanday namoyon bo‘lishi, uning shaxsiy va jamiyat taraqqiyotiga ta’siri keng tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
altruism, psychology, empathy, society, personal development, empatiya, altruizm, psixologiya, jamiyat, shaxsiy rivojlanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники