Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FONETIK USLUBIYAT
FONETIK USLUBIYAT · Usmonov Farxodbek Faxriddinovich (Andijon Davlat Pedagogika Instituti dotsent) · Filologiya fakulteti talabasi (Andijon Davlat Pedagogika Instituti dotsent) · Abdullayeva Laylo Rasuljon qizi (Andijon Davlat Pedagogika Instituti dotsent)
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada fonetik uslubiyat tushunchasi, turlari va badiiy matndagi o’rni yoritilgan. Til vositalari orasida fonetik uslubiyatning estetik ifoda yaratishdagi ahamiyati hamda adabiy asarlarda muallif uslubini aniqlashdagi roli tahlil qilingan. Kalit so’zlar: Uslubiyat, fonetika, alliteratsiya, assonans, tovush, talaffuz, she’riy nutq, ibora, izohli lug’at, qo’sh undosh. Аннотатция: В данной статье рассматривается понятие фонетического стилистического средства, его виды и роль в художественном тексте. Особое внимание уделяется эстетической функции фонетических средств и их значению в раскрытии авторского стиля. Ключевые слова: Методология, фонетика, аллитерация, ассонанс, звук, произношение, поэтическая речь, фраза, толковый словар, двойной согласный. Annotation: This article explores the concept of phonetic stylistic devices, their types, and their role in literary texts. The aesthetic function of phonetic means and their importance in identfying the author’s style are emhasized. Kalit so’zlar: Methodology, phonetics, alliteration, assonance, sound, pronunciation, poetic speech, phrase, explanatory dictionary, double consonant. Tilning ifoda imkoniyatlari juda keng. Uslubiyat esa shu imkoniyatlar orasida muallifning o’ziga xos nutqiy uslubini yaratishga xizmat qiladi. Fonetika bilan uslubiyatni uzviy bog’liqligi orqali fonetik birliklarning cheksiz imkoniyatlari aks Выпуск журнала №-24 Часть–3_ Апрель –2025 277 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT etadi. Fonetik uslubiyat - bu tovush vositalari orqali badiiy ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiluvchi uslubiy vositalar tizimidir. 1 Fonetik uslubiyat tushunchasi: Fonetik uslubiyat deganda, asosan, tovush takrorlari, alliteratsiya, assonans kabi vositalarning adabiy matnda muayyan maqsad bilan qo’llanishi tushuniladi. Ular o’quvchiga emotsional ta’sir ko’rsatish, estetik zavq uyg’otish yoki ma’lum bir obrazni kuchaytirish uchun ishlatiladi. E.Qilichevning fikricha: “So’z, ibora va so’z formalari singari so’zdagi tovushlarda ham ma’lum uslubiy bo’yoq ifodalanadi. Tinglovchi ham ma’noni tovushlar yordamida qabul qiladi. Shuning uchun so’z tarkibidagi biror tovushning talaffuzda o’zgarishi ( cho’ziq aytilishi, almashtirib qo’llanishi, tushirib qoldirilishi, qavatlanishi ) ma’noga ham ta’sir qiladi.” 2 Fonetik uslubiy vositalar turlari: 1) Alliteratsiya (lot. “litera” so’zidan olingan ) she’riy nutqdagi har bir misrada bir xil undosh tovushlarning takror ishlatilishi, ya’ni nutqda tovushlarning mos kelishi. U takrorning bir ko’rinishi bir ko’rinishi bo’lib, misralar, so’zlar yoki bo’g’inlarning boshi, ohirida bir xil undosh tovushlarning uyg’un holda qo’llanishi asosida asarga ohangdorlik baxsh etadi. Misol uchun: 1. Tirik-tasvir tushingizni topdingizmi, Taxtda turib tojingizni topdingizmi. Tillo to’la tog’ingizni topdingizmi, Taroziyu toshingizni topdingizmi, Tundan tonib tongingizni topdingizmi, Tanlab-tanlab tengingizni topdingizmi? 2. Qaro qoshing, qalam qoshing, Qiyiq qayrilma qoshing qiz. Qilur qatlima qasd qayrab - 1) 1 Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati. 2) 2 Qilichev E. O’zbek tilining praktik stilistikasi. Выпуск журнала №-24 Часть–3_ Апрель –2025 278 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Qilich qotil qaroshing, qiz. (Erkin Vohidov) 2) Assonans misralardagi bir-biriga yaqin unli tovushlarning ohangdoshligi bo’lib, “Tilshunoslik terminlari izohli lug’ati”da “aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan ohangdoshlik” deb beriladi. 3 Misol uchun: “A-O” tovushlari uyg’unligi: Bundan keng olamga taraldi ilk bor Ozod odamzotning baxtiyor sasi. Shu yer deb aytsa, ne mubolag’a bor Kurrai zaminning tayanch nuqtasi. 3) Gliminatsiya - ikkita bir xil undoshning so’z tarkibida qavatlanishi. Unlini kuchli talaffuz qilish bilan ma’noni kuchaytirib ifoda etish poetik nutqda eng keng qo’llanuvchi fonetik usullardan biridir. Professor A.G’ulomov qo’sh undoshlarning ma’noni kuchaytirish (geminatsiya) talabi bilan yuzaga kelganini va bora-bora qo’sh undoshlilikning ekspressiv ma’nosi yo’qolib oddiy holga kelib qolganini aytadi. Shoir Erkin Vohidov quyidagi misralarda tovushlar qo’shoqlanishi usulini lirik qahramonning dushmanga nafrati, g’azabini ifoda etish, ma’noni kuchaytirish uchun qo’llaydi: “ Bu yurtga tig’ olib kirgan har battol Tig’ning zarbasidan qaddi bukilkgan. Sening ostonangda Gitlerning qattol Vahshiy galalari tutday to’kilgan.” 4 Fonetik uslubiyatning funksiyalari: - Estetik funksiyasi: Tovush vositalari matnga ohangdorlik, ritm va go’zallik bag’ishlaydi. - Emotsional ta’sir: O’quvchida muayyan hissiy holatni uyg’otishga xizmat qiladi. 3) 3 Adizova N. Ona tili umummillat mulkidir. 4) 4 Vohidov E. “Nido” dostoni. Выпуск журнала №-24 Часть–3_ Апрель –2025 279 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT - Obraz yaratish: tovush orqali muayyan tasvir yoki kayfiyatni kuchaytiradi. - Muallif uslubini aniqlash: Har bir adib fonetik vositalardan o’ziga xos tarzda foydalanadi. Bundan tashqari nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlari ham bo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada fonetik uslubiyat tushunchasi, turlari va badiiy matndagi o’rni yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada fonetik uslubiyat tushunchasi, turlari va badiiy matndagi o’rni yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Методология, фонетика, аллитерация, ассонанс, звук, alliteratsiya, fonetika, Uslubiyat, she’riy nutq, ibora, talaffuz, tovush, izohli lug’at, qo’sh undosh., assonans
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025