К содержанию
РецензированоRU2025

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING AQLIY TARAQQIYOTIGA O'YIN FAOLIYATINING TA’SIRI

O'YIN FAOLIYATINING TA’SIRI · Zaynobbidinov Jaloliddin · Komiljonova Muxabbatxon Azimjon qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

В данной статье анализируется роль игровой деятельности в процессе психического развития дошкольников на психолого- педагогической основе. В статье приведены основные факторы влияния игровой деятельности на интеллектуальное развитие ребенка. Ключевые слова: дошкольный возраст, игровая деятельность, умственное развитие, познавательное развитие, психологическое развитие, педагогика. Annotation: This article analyzes the role of game activity in the process of mental development of preschool children on a psychological and pedagogical basis. The article shows the main influence factors that indicate the activity of the game on the intellectual development of the child. Keywords: preschool age, game activity, mental development, cognitive development, psychological development, pedagogy. Maktabgacha yosh — bu bolaning psixik rivojlanishidagi eng intensiv bosqichlardan biridir. V.V. Davydov va L.S. Vygotskiy ta’kidlaganidek, bola bu davrda atrof-muhit bilan o’zaro ta’sirda bo’lish, ijtimoiy rollarni o’zlashtirish, muloqot Выпуск журнала №-24 Часть–3_ Апрель –2025 345 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT va tafakkur kabi funksiyalarni rivojlantiradi. Shu jarayonda o’yin faoliyati markaziy o’rin tutadi. Maktabgacha yosh davri — bu bolaning tug’ilganidan maktabga borish yoshigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Odatda bu davr bolalikdan 6-7 yoshgacha davom etadi. Bu davr bolaning jismoniy, aqliy, ijtimoiy va hissiy rivojlanishi uchun eng muhim bosqich hisoblanadi. Maktabgacha yosh davrining bosqichlari: 1. Go’daklik davri (0-1 yosh): - Bola atrof-muhitni sezgi organlari orqali idrok qiladi. - Ona bilan emotsional aloqa muhim rol o’ynaydi. 2. Erta yosh davri (1-3 yosh): - Mustaqil yurish, gapirish, o’zini tanib olish boshlanadi. - “Men o’zim” davri boshlanadi — mustaqillikka intilish kuchayadi. 3. Maktabgacha yosh davri (3-6/7 yosh): - Fantaziya rivojlanadi, rolli o’yinlar avjiga chiqadi. - Til, fikrlash, ijtimoiy ko’nikmalar shakllanadi. - Bu bosqichda bolalar bolalar bog’chasiga qatnay boshlaydi. O’yin faoliyatining psixologik-pedagogik asoslari haqida L.S. Vygotskiy o’zining madaniy-tarixiy rivojlanish nazariyasida o’yin faoliyatining “yaqin rivojlanish zonasi” ni shakllantirishdagi rolini alohida ta’kidlagan. A.N. Leontyev, D.B. Elkonin, P.Ya. Galperin kabi olimlar ham o’yin faoliyatini bolaning faoliyat turlarini o’zlashtirishidagi eng asosiy shakl sifatida ko’rsatadilar. Vygotskiyning fikriga ko’ra, o’yin — bu bolaning “yaqin rivojlanish zonasi”ni kengaytiruvchi vositadir. “Bola o’yinda o’zining bugungi emas, balki ertangi kundagi rivojlanish darajasida harakat qiladi,” — degan mashhur gapi mavjud. O’yin orqali bola kattalar faoliyatini imitatsiya qiladi, ijtimoiy rollarni o’zlashtiradi. D.B. Elkonining fikriga ko’ra, maktabgacha yosh davrida “rolli o’yin” (syujetli-rolli o‘yinlar) asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bola o’yinda hayotiy vaziyatlarni, kasblarni, munosabatlarni modellashtiradi, bu esa uni ijtimoiy jihatdan yetukroq qiladi. A.V. Zaporozhets esa o’yin harakatlari bolada idrok, harakat koordinatsiyasi va emotsional barqarorlikni rivojlantiradi. O’yin — bu faqat ko’ngilochar faoliyat emas, balki “sensor-motor” va Выпуск журнала №-24 Часть–3_ Апрель –2025 346 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT “aqliy rivojlanish” ni ta’minlovchi jarayon. Piaje o’yinni bolaning aqliy rivojlanish bosqichlari bilan bog’lagan. Unga ko’ra, o’yinlar bolaning idrok, fikrlash, tasavvur va tilda rivojlanishiga xizmat qiladi. O’yinlar sensor-motor, simvolik va qoidali bosqichlarda shakllanadi. K.D. Ushinskiy o’yin bolaga bilim berishning eng tabiiy, tabiatan qiziqarli usulidir degan. Aqliy rivojlanish ko’rsatkichlariga o’yinning ta’sirida empirik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’yin faoliyatida faol qatnashgan bolalarda tafakkur, xotira, idrok, til va ijodiylik kabi aqliy funksiyalar rivojlanadi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar, masalan STEAM-ta’lim, Montessori metodikasi, Reggio Emilia yondashuvi o’yin faoliyatini asosiy metod sifatida qabul qiladi. O’yin faoliyati maktabgacha yoshdagi bolalar uchun nafaqat psixologik ehtiyoj, balki aqliy taraqqiyotning asosiy omillaridan biridir. Zamonaviy ta’lim jarayonida o’yin faoliyatiga ilmiy asoslangan yondashuvni ishlab chiqish zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Tursunxo‘jaeva M. X. – Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018. Xolmatova M. I. – Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. To‘xtaeva R. T. – Bolalar psixologiyasi. – Toshkent: «Yangi asr avlodi», 2019. Jo‘rayev N. – Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalash metodikasi. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2017. Komilova G. X. – Ilk yoshdagi bolalarni rivojlantirishda o‘yin faoliyatining o‘rni. – Toshkent, 2021. Yo‘ldosheva D. A. – Bolalarda ijodiy tafakkurni shakllantirishda o‘yin texnologiyalarining o‘rni. – Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari, Toshkent, 2022. Raxmonova Z. Sh. – O‘yin faoliyati orqali bolalarning tafakkurini rivojlantirish. – «Ta’l

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируется роль игровой деятельности в процессе психического развития дошкольников на психолого- педагогической основе.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируется роль игровой деятельности в процессе психического развития дошкольников на психолого- педагогической основе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
preschool age, game activity, mental development, cognitive, pedagogika., psixologik rivojlanish, maktabgacha yosh, o’yin faoliyati, aqliy taraqqiyot, kognitiv rivojlanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники