Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QADIMGI JAMIYATLAR SIYOSIY TUZILMALARINING ETNOGRAFIK TAHLILI
ETNOGRAFIK TAHLILI · ДРЕВНИХ ОБЩЕСТВ · OF ANCIENT SOCIETIES · Ёрбеков Огабек (Автор: студент группы 38-24 направления «Политология» факультета) · Yorbekov Ogabek (Author: UzJMCU Faculty of International Relations and Social-)
Современное образование и развитие · 38-24 · 2025
Аннотация
Throughout human history, societies have altered their political structures during the course of their development, and this process has progressively become more complex over time. Political structures were initially simple and considered perfect for their era, but later began to reflect certain qualitative features. At the early stage of their formation, political systems were expressed in the form of simple clan and tribal governance, and over time they evolved into communities, societies, city-states, and fully-fledged states. In order to directly analyze this process, it is important to study existing political systems from an ethnographic perspective. Therefore, this article analyzes the political structures of ancient societies and their formation process based on an ethnographic approach. Kalit so`zlar: qadimgi jamiyat, siyosiy tizim, siyosiy tuzilma, etnografiya, urug`-qabila, shahar-davlat, davlat. Ключевые слова: древнее общество, политическая система, политическая структура, этнография, род-племя, город-государство, государство. Keywords: ancient society, political system, political structure, ethnography, clan-tribe, city-state, state. Qadimgi jamiyatlarda siyosiy boshqaruvning dastlabki shakli urug‘ va qabila tizimiga asoslangan bo‘lib, bu tizim o‘zining sodda va tabiiy tuzilishi bilan ajralib turgan. Urug‘ va qabilalar ijtimoiy barqarorlikni saqlash, resurslarni taqsimlash, nizolarni hal etish va tashqi tahdidlarga qarshi himoya qilish kabi funksiyalarni Выпуск журнала №-24 Часть–3_ Апрель –2025 359 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bajargan. Etnografik tadqiqotlarda qayd etilishicha, ushbu jamiyatlarda hokimiyat ko‘proq ma’naviy, tajriba va jasoratga asoslangan bo‘lgan. Oqsoqollar kengashi, urug‘ sardori yoki harbiy yetakchi qabila ichida muhim siyosiy mavqega ega bo‘lgan (To‘xtashev, 2011). Bu paytdagi siyosiy tizimda shaxs, uning avtoriteti, kelib chiqishi kabi omillar muhim rol o`ynagan. Urug‘-qabila tuzilmasi rivojlanishi bilan patriarxal boshqaruv shakllana boshladi. Bu bosqichda hokimiyat nasldan-naslga o‘tuvchi tarzda, oilaning erkak vakili — patriarx tomonidan amalga oshirilgan. Mulkchilik tushunchasi shakllana boshlashi bilan siyosiy boshqaruvda iqtisodiy manfaatlar asosiy o‘ringa chiqdi (Morgan L.G. (1935).). Tarixdan ma’lumki, kishilik jamiyatida erkaklarning ro`li ortib borishi bilan, ularning boshqaruvdagi hissasi ham mutanosib ravishda oshib borgan. Oldinlari qabilaga obro`-e’tiborli ayol boshchilik qilgan bo`lsa, madaniy, iqtisodiy va qisman siyosiy rivojlanish natijasida holat asta-sekin o’zgargan. Endilikda urug` ham ota tomonidan belgilanib, siyosiy tizimdagi muhim bo`lgan barcha ishlar erkaklar zimmasiga tushgan. Shu orqali erkaklar qabila himoyasi, uning moddiy ta’minoti kabi ishlarga javobgar bo’lgan. Hokimiyatning bu shakli keyinchalik dastlabki davlatlarning paydo bo’lishiga asos bo’lgan. Dastlabki davlatlar shakllanishi jamiyatdagi siyosiy va ijtimoiy iyerarxiyaning murakkablashuvi bilan bog‘liq. Qadimgi Mesopotamiya, Misr sivilizatsiyalarida siyosiy tizimlar markazlashgan hokimiyat asosida tashkil etilgan. Davlat hokimiyati shoh, podshoh yoki monarx qo‘lida jamlangan, qonunlar yozma shaklda mustahkamlangan (Klyashtornıy S. G., Sultanov T. I. (2001). Qadimgi Yunonistonda esa holat birmuncha farq qilib, ilk bosqichda monarxiya, so’ngra aristokratiya, oligarxiya va demokratiya kabi siyosiy tizimlar faoliyat yuritgan. Dastavval qadimgi Mesopotamiya siyosiy tizimlarini tahlil qiladigan bo’lsak, jamiyat asosan podshoh va zodagonlar, erkin fuqarolar va qullarga bo’lingan. Bu tizimda har bir tabaqa o‘zining huquqlari va majburiyatlari bilan ajralib turar, qonunlar bu huquqlarni aniq belgilab qo‘ygan. Davlatdagi yozma qonun “Xammurapi qonunlari” bu siyosiy tizimning asosi bo’lgan. Mesopotamiya jamiyatida hokimiyat shakli asosan shahar-davlatlar ko‘rinishida tashkil topgan bo‘lib, har bir shahar o‘ziga Выпуск журнала №-24 Часть–3_ Апрель –2025 360 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT xos mustaqil siyosiy birlik sanalgan. Har bir shaharning o‘z hukmdori, qo‘shini, sud tizimi va diniy rahbarlari mavjud edi (Kramer, S. N. (1963). Shaharlarni boshqaruvchi shaxslar asosan "lugal" va "ensi" deb atalgan. "Lugal" so‘zi so‘zma-so‘z "katta odam" yoki "hukmdor" degan ma’noni anglatib, bu shaxs siyosiy, harbiy va diniy hokimiyatni o‘z qo‘lida jamlagan bo‘lgan. "Ensi" esa ko‘proq diniy lavozim sifatida shakllangan bo‘lib, shahar xudosi nomidan hokimiyatni amalga oshiruvchi rahbar sanalgan (Bottero, J. 2001). Mesopotamiyada hokimiyat va din bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Har bir shahar o‘zining homiy xudosiga ega bo‘lib, hukmdorlar o‘zlarini ana shu xudolarning yer yuzidagi vakili sifatida ko‘rsatishgan. Xudolar ishonchi va roziligisiz hokimiyat qonuniy hisoblanmagan. Shaharlarning asosiy maqbaralari hukmdorlar tomonidan qurilgan, diniy marosimlar esa hokimiyat obro‘sini mustahkamlovchi vosita sifatida xizmat qilgan. Jamiyat diniy jihatdan politeistik bo’lib, ular tabiat hodisalari
Доказательный фрагмент
«Throughout human history, societies have altered their political structures during the course of their development, and this process has progressively become more complex over time.»
Образец извлечения
Демо-превьюThroughout human history, societies have altered their political structures during the course of their development, and this process has progressively become more complex over time. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ancient society, political system, political structure, ethnography, etnografiya, davlat., qadimgi jamiyat, urug`-qabila, siyosiy tuzilma, siyosiy tizim, shahar-davlat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026