К содержанию
РецензированоUZ2025

LOYIHAGA ASOSLANGAN TA’LIM (PBL)

Tursunova Halima Boqijanovna · O‘zbekiston Respublikasi IIV

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Project-Based Learning (PBL) is a modern educational method that teaches students independent thinking, creative approaches and problem-solving skills. This article examines the relevance, advantages, and application possibilities of PBL Key words: Project-Based Learning, innovative methods, active learning, independent thinking Bir paytlar ingliz tili xonasi deganda devorlariga ingliz yozuvchi va shoirlarining portretlari osilgan xona tushunilardi. O‘quvchilarga ularning hayoti va ijodi haqidagi matn (ingliz tilida) yodlatilardi. Nima deyayotganlarini deyarli tushunmasalar-da, matnni qoyilmaqom qilib aytib berardilar. Darslar o‘qituvchi yoki o‘quvchining monologi tarzida o‘tardi. O‘sha davrning talabi shu edi-da. Fan-texnika shiddat bilan rivojlanib borar ekan, u hayotimizning barcha sohalarida, jumladan, ta’limda ham tub o‘zgarishlar yasash vaqti kelgani haqida bong ura boshladi. Buning uchun esa ta’limning eski “qog‘oz va ruchka”, “doska va bor” usullaridan voz kechish kerakligi kun tartibining asosiy masalalaridan biriga aylandi. Chunki bu usulning mohiyati “o‘qituvchi – ma’lumot beruvchi, o‘quvchilar ma’lumot Выпуск журнала №-24 Часть–4_ Апрель –2025 10 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT oluvchi” konsepsiyasidan iborat edi. Ya’ni, o‘qituvchi ta’lim jarayonining markaziy figurasi bo‘lib, dars materiallarini darslikdagi ma’lumotlar asosida yaratar va taqdim etardi hamda hamma uchun bir xil topshiriq – mavzuni o‘rganish berilardi. Ustozdan eshitganlarini sharillatib so‘zma – so‘z aytib berganlar a’lo baho olardilar, ayta olmaganlar esa past o‘zlashtiruvchilar ro‘yxatidan joy olardilar. Aslida bu, ta’bir joiz bo‘lsa, kabutar yoki chumchuqdan burgutga o‘xshab uchishni talab qilish emasmi? To‘g‘ri, har ikkovi ham qush, lekin burgutdan farqli o‘laroq, ularga burgut kabi baland uchish qobiliyati berilmagan, xuddi burgutda kabutar va chumchuqdagi ayrim xususiyatlar bo‘lmagani kabi. Хulosa shuki, har bir o‘rganuvchidan iqtidoriga yarashasini talab qilish kerak. Ingliz tilida bu yondoshuv “can do” deb ataladi. Haqiqatdan ham, har bir o‘rganuvchining zaif tomonlari bilan bir qatorda o‘ziga xos kuchli tomonlari ham bor. O‘qituvchining vazifasi kuchli tomonni aniqlash va uni rivojlantirishga ko‘maklashish, zaif nuqtani esa kuchaytirishdir. Xo‘sh, bu vazifani qanday uddalasa bo‘ladi? Fikrimcha, dastavval o‘zimiz, ustozlar o‘zgarishimiz kerak. Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularni mustaqil fikrlash va ijodiy yondashishga o‘rgatish kabi muhim vazifalarni oldinga qo‘ymoqda. An’anaviy dars usullaridan farqli o‘laroq, innovatsion metodlar asosida o‘qitish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Ushbu metod o‘quvchilarga bilimlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish, amaliy mashg‘ulotlar orqali tajriba orttirish va jamoaviy muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Shunday ekan, faoliyatimizni yangi davr avlodining qiziqishlari, yangi davr talablari asosida tashkil etishimiz, 21- asr o‘quvchisi qanday bo‘lishi kerak degan savolga javob topishimiz va unda kerakli sifatlarni shakllantirishimiz maqsadga muvofiqdir. 21- asr o‘quvchisi, yurtboshi aytganlaridek, quyidagi sifatlarga (4k ) ega bo‘lishi lozim: *kritik fikrlash (critical thinking) *kommunikatsiya (communication) *kollaboratsiya(collaboration) * kreativlik (creativity) Ushbu maqsadlarga faqatgina yangicha ish uslubi yordamida erishish mumkin. Bugungi kunda kompyuter texnologiyasi rivojlanishi bilan ta’limga “texnologiya”, Выпуск журнала №-24 Часть–4_ Апрель –2025 11 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT “zamonaviy texnologiya”, “innovatsion texnologiya” tushunchalari kirib keldi vat a;lim sifatini belgilovchi asosiy mezonlarga aylanib ulgurdi.An’anaviy ta’limdan farqli ravishda yangi ta’lim texnologiyasi markazida o‘rganuvchi turadi.Mazkur texnologiya tanqidiy fikrlash, yaratuvchanlik va ijodkorlik, mustaqil o‘rganish, o‘ziga ishonch kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Garchi loyihani individual yoki jamoaviy tarzda tayyorlash mumkin bo‘lsa-da, ushbu texnologiya ko‘proq kichik guruhlarda ishlaganda samarali natija beradi deb o‘ylayman. Chunki o‘quvchilar bir jamoa bo‘lib bir topshiriq ustida ishlaydilar. Topshiriqni bajarish jarayonida o‘quvchilarning nafaqat ilmiy salohiyatlarini, balki ularning dunyoqarashi, muammolarga yondashish, hamkorlikda ishlay olish, o‘z fikrini bayon eta olish, qarshiliklar bo‘lsa, fikrini himoya qila olish, o‘zgalarni tinglay bilish, eshitganlarini tahlil qilish va qaror qabul qilish qobiliyatlarini kashf etish imkonini beradi.Guruhlar ishini nazorat qilayotgan o‘qituvchi kim loyiha uchun g‘oya beryapti, kim g‘oyani rivojlantiryapti, fikrlarni yozib borayitgan kim, kim rasm chizyapti, loyihani kim taqdim etmoqchiligiga qarab o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini, kim nimaga qodir ekani va aksincha, qaysi ko‘nikmalari yaxshi shakllanmaganini aniqlay oladi. Ayniqsa, bu usulni chet tili, jumladan, ingliz tili darslariga tadbiq etish o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi, c

Доказательный фрагмент

«Project-Based Learning (PBL) is a modern educational method that teaches students independent thinking, creative approaches and problem-solving skills.»

Образец извлечения

Демо-превью

Project-Based Learning (PBL) is a modern educational method that teaches students independent thinking, creative approaches and problem-solving skills. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Project-Based Learning, innovative methods, active learning, Loyiha asosida o‘qitish, innovatsion metodlar, faol ta’lim, mustaqil fikrlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники