К содержанию
РецензированоUZ2025

BO’LAJAK HARBIYLARNING MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENSIYASINI INGLIZ TILI O’QITISH ORQALI RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI

RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Maqolada bugungi kunda harbiy ta’lim muassasalarida kursantlarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyani chet tili o‘qitish orqali rivojlantirishda xorij tajribasi hamda milliy harbiy ta’limimizdagi o‘ziga xos muommolari va ularni bartaraf etish yo‘llari yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: ikkinchi tilni o‘zlashtirish, til bilimi, til mutaxassislari, madaniyat va til, madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi, til markazlari, xalqaro dasturlar, xorijiy tillarni o‘rganish, harbiy ta’lim , harbiy terminlar. Bugungi kunda harbiylar hozirgi xavfsizlikka qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan harbiy qobiliyatlardan tashqari, xorijiy til malakasi bilan bir qatorda madaniy bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Chet tillari va madaniy ongni "tanqidiy qobiliyat" deb hisoblash mumkin. Xorojiy tilni o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlar vaqt, inson va moliyaviy resurslarni o'z ichiga olgan murakkab jarayondir. Bugungi globallashuv jarayonida har bir armiyaga chet tillarida erkin so‘zlashadigan va yoza oladigan, og'zaki nutqni yoki yozma matnni, tilning so‘zma-so‘z va majoziy shakllarini tushuna oladigan savodli harbiylar kerak. NATOning asosiy tilida gaplasha olmaslik, xalqaro vazifalarda qatnashadigan har qanday harbiy uchun haqiqiy to‘siqdir. Ushbu tadqiqot o‘z yurtimizda va chet elda tillarni o‘qitishning ba‘zi ustuvor yo‘nalishlarini taqdim etadigan nazariy yondashuvdir. Ikkinchi tilni o‘rganish murakkab jarayon bo‘lib, kursantlarning til bilimini egallash qobiliyatlari turlicha. Kundalik hayotda til atrofimizdagi odamlarga o‘z his- tuyg‘ularimizni, fikrlarimizni, savollarimizni yetkazishga yordam beradi, ammo Выпуск журнала №-24 Часть–4_ Апрель –2025 30 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT harbiylar chet til va madaniy bilimlarga ega bo‘lsa, bu ittifoqdosh mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlashda, mintaqaviy barqarorlikni saqlashda va ko‘p millatli vazifalar, ya’ni gumanitar yordam, millat qurilishi, barqarorlik va xavfsizlik operatsiyalarini amalga oshirishda muhimdir. Til va madaniyat har qanday ko‘p madaniyatli muhitda ittifoqdosh sheriklar bilan samarali ishlashda va hamkorlik qilishda muhim vositadir. Nafaqat rahbarlar, balki doimiy kuchlar ham madaniyat va chet tilini bilishi, ko'nikma va kasbiy mahoratga ega bo‘lishi kerak. Chet tili va madaniy bilimga ega bo‘lish, boshqa odamlarga nisbatan ko‘proq ijobiy munosabat va kamroq noto‘g'ri fikrlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 1.Chet tilini o‘rganish - bu til o'zlashtirishdan ko‘proq narsa; u aloqa ko‘nikmalarini rivojlantirish, tinglab-tushunishni oshirish, o‘qish yoki yozish qobiliyatini rivojlantirish, muammolarni hal qilish, mavhum tushunchalar bilan ishlash yoki o‘z madaniyatini chuqurroq tushunish, shu bilan bir qatorda insonni yanada moslashuvchan va bag'rikeng bo‘lishini anglatadi. Qisqa qilib qytganda, bu insonni o‘z kuchlariga ishonish va yetakchilik qilishga undashi mumkin. Til mutaxassislari doimiy, barqaror shaxsiy yoki biznes aloqalarini o‘rnatishning ilk bosqichidayoq har xil odamlar bilan o‘z ona tillarida to‘g'ridan-to‘g'ri muloqot qila oladilar, ammo harbiy xizmat haqida gap ketganda ular quruqlik, dengiz yoki havo kuchlari bo‘lishi mumkin, harbiy vazifalar paytida nafaqat inson uchun, balki hamma uchun to‘g'ridan-to‘g'ri bo‘ysunadigan hayot yoki o‘lim masalasiga borib taqaladi. Chet tilini o ‘rganish nafaqat grammatika va so‘z boyligini o‘rganish emas, balki u boshqa madaniyatlarni tushunish uchun yetarlicha madaniy ma’lumotlarga ega bo‘lish, mos ravishda aloqa qilish uchun iboralarni o‘rganish va ulardan foydalanishdir. "Til mutaxassislari"[1] atamasini chuqurroq tahlil qiladigan bo‘lsak, bu chet tilini bilish qobiliyatiga ega bo'lgan va o'zlarining asosiy funksiyalarini bajarishni talab qiladigan xodimlarni anglatadi. Ilmiy izlanishlar natijasiga ko‘ra, chet tillari kompetensiyasi harbiylar uchun kerakligini birinchi bo‘lib amerikaliklar ta’kidlab ot‘ganlar. Ularning fikriga ko‘ra, Выпуск журнала №-24 Часть–4_ Апрель –2025 31 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT "xorijiy tillarni bilish va madaniy bilimlar hozirgi harbiy atrof-muhit muammolariga qarshi turish uchun bugungi kun harbiylariga zarur bo‘lgan qobiliyatdir"[2], chunki ular madaniy ong va tilga tayyorgarlikni rivojlantirish zarurat va turtki ekanligini tushinib yetishgan. 2. So‘nggi yillarda Amerika Mudofaa vazirligi chet tilini bilish malakalari va mintaqaviy tajribani "tanqidiy jangovar qobiliyatlar" sifatida aniq belgilab qo‘ydi, ya’ni "qurolli kuchlarning mahalliy aholi, davlat amaldorlari va ittifoqdosh sheriklarini tushunish va samarali aloqa qilish uchun zarur qobiliyatga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida" bu kelajakdagi operatsiyalarga qo‘shilishi kerakligi alohida ta’kidlab o‘tildi. [3] Bundan tashqari chet tili va madaniy ongni oshirish qobiliyati Amerika Mudofaa Vazirligining 25ta eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Harbiy harakatlarning qo‘shma konsepsiyasining ustuvorligi sifatida kuchlarni xalqaro harbiy xizmatga tayyorlashga chaqiradi, shunda "ilg‘or mamlakatlarda ishlashga qo

Доказательный фрагмент

«Maqolada bugungi kunda harbiy ta’lim muassasalarida kursantlarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyani chet tili o‘qitish orqali rivojlantirishda xorij tajribasi hamda milliy harbiy ta’limimizdagi o‘ziga xos muommo…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada bugungi kunda harbiy ta’lim muassasalarida kursantlarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyani chet tili o‘qitish orqali rivojlantirishda xorij tajribasi hamda milliy harbiy ta’limimizdagi o‘ziga xos muommo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
harbiy terminlar., madaniyat va til, madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi, harbiy ta’lim, xalqaro dasturlar, xorijiy tillarni o‘rganish, ikkinchi tilni o‘zlashtirish, til markazlari, til mutaxassislari, til bilimi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники