Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OZIQ-OVQAT TARKIBIDAGI AMINOKISLOTALAR VA ULARNING INSON ORGANIZMIDAGI AHAMIYATI
INSON ORGANIZMIDAGI AHAMIYATI · dotsent Hamroyev Elmurod Ortiqnazarovich · Jumayeva Obida Yo’lchiyevna · ЧЕЛОВЕЧЕСКОМ ОРГАНИЗМЕ.
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
В этой статье в этой статье содержатся аминокислоты, обнаруженные в пище, их типах, биологическую роль в организме человека и здоровье. Основные источники аминокислот также предоставляются подробной информацией о необходимых источниках каждого и необходимости в организме. Ключевые слова: аминокислоты, белки, пища, нуждающиеся, синтез организма, здоровья, белка. AMINO ACIDS IN FOOD AND THEIR SIGNIFICANCE IN THE HUMAN BODY. Annotation: This article contains amino acids found in food, their types, a biological role in the human body and health. The main sources of amino acids are also provided by detailed information about the necessary sources of each and the need for the body. Выпуск журнала №-24 Часть–4_ Апрель –2025 83 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Keywords: amino acids, proteins, food, needy, synthesis of the body, health, protein. Kirish: Inson salomatligini saqlash va normal hayot faoliyatini taʼminlashda oziq-ovqatning o‘rni beqiyosdir. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida ko‘plab muhim bioaktiv moddalardan biri bu aminokislotalardir. Aminokislotalar oqsillarning qurilish birliklari bo‘lib, ular organizmda ko‘plab fiziologik va biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Hozirgi kunda sog‘lom ovqatlanish, sportchilar uchun ratsion tuzish va parhezlashda aminokislotalarning roli nihoyatda muhim hisoblanadi. Oqsil va aminokislotalar yetishmovchiligi ko‘plab sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin. Shu sababli, aminokislotalarning oziq-ovqatdagi turlari va ularning ahamiyatini chuqurroq o‘rganish dolzarbdir. Zamonaviy ilm-fan va tibbiyot oziq-ovqatning nafaqat energiya manbai, balki inson organizmining hujayraviy darajadagi hayotiy faoliyatida ishtirok etuvchi bioaktiv moddalarning muhim manbai ekanini isbotlab bermoqda. Shunday moddalar orasida aminokislotalar alohida o‘rin egallaydi. Ular organizmda oqsillarni shakllantiruvchi asosiy tarkibiy birliklar bo‘lib, har bir tirik organizmning o‘sishi, rivojlanishi, hujayra yangilanishi va moddalar almashinuvida beqiyos ahamiyatga ega. Aminokislotalar - molekulasida amin va karboksil guruhi boʻlgan organik birikmalar, oʻsimlik hamda hayvon oqsilining asosiy elementi hisoblanadi. Aminokislotalar - rangsiz, suvda eruvchan kristall moddalar. 200 ta tabiiy Aminokislotalar ma'lum. Lekin oqsillar tarkibida faqat 20 Aminokislotalar va ularning 2 ta amidi uchraydi. Qolganlari oqsillar tarkibiga kirmaydi. Aminokislotalarning D- yoki L-qatorga tegishligini N va NH guruhning uglerod atomida qanday 2 joylashganligi koʻrsatadi. Deyarli barcha tabiiy aminokislotalar L-qatoriga kiradi. D- qatorga mansub aminokislotalar tabiatda kamdan-kam boʻlib, mikroorganizmlar tarkibida topilgan. Aning L-formasi oʻsimliklar tomonidan yaxshi oʻzlashtiriladi va u moddalar almashinuvining barcha jarayonlarida qatnashadi, lekin D-formalarini oʻsimliklar oʻzlashtira olmaydi, baʼzan ular moddalar almashinuvi jarayonlarini toʻxtatib qoʻyadi. Bu organizmning fermentativ sistemasi aminokislotalarning L- qatoriga moslashganligidan darak beradi. Aminokislotalar organizmda erkin holda va Выпуск журнала №-24 Часть–4_ Апрель –2025 84 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT oqsillar yoki boshqa birikmalar tarkibida uchraydi. Inson tanasida mavjud bo‘lgan barcha oqsillar 20 xil aminokislotadan tashkil topgan. Ushbu aminokislotalar ikki toifaga bo‘linadi: organizm tomonidan sintezlanmaydigan va faqat tashqi manbadan, yaʼni oziq-ovqatdan olinadigan zarur (essensial) aminokislotalar, hamda tananing o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan zarur bo‘lmagan aminokislotalar. Zarur aminokislotalarni yetarli miqdorda isteʼmol qilmaslik oqibatida mushaklarning zaiflashuvi, immunitetning pasayishi, moddalar almashinuvi buzilishi, ruhiy holatdagi o‘zgarishlar va boshqa ko‘plab salbiy oqibatlar yuzaga keladi. Bugungi kunda to‘g‘ri va balanslangan ovqatlanish prinsiplariga rioya qilish, ayniqsa sportchilar, bolalar, homilador ayollar va keksalar uchun nihoyatda muhim hisoblanadi. Ularning organizmi ko‘proq protein va aminokislotalarga ehtiyoj sezadi. Shu sababli, oziq-ovqat tarkibidagi aminokislotalarning biologik ahamiyati, ularning manbalari va organizmda bajaradigan funksiyalarini chuqur o‘rganish hamda amaliyotda qo‘llash – zamonaviy ovqatlanish gigiyenasining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Aminokislotalarning turlari: Aminokislotalar umumiy hisobda 20 turga bo‘linadi. Ulardan 9 tasi zarur (essensial) bo‘lib, organizm tomonidan ishlab chiqarilmaydi va faqat oziq-ovqat orqali olinadi. Qolganlari organizmda sintezlanadi va nisbatan zarur deb hisoblanadi. Zarur aminokislotalar: Leysin – mushak to‘qimalarining qurilishi uchun zarur. Lizin – immunitet va suyak sog‘lig‘iga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Triptofan – serotonin ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Valin, izoleysin – energiya manbai, mushaklarni tiklaydi. Fenilalanin – neyrotransmitterlarning hosil bo‘lishida muhim. Metionin – antioksidant vazifasini bajaradi. Treonin – jigar funksiyasi uchun kerakli. Histidin – bolalar o‘sishida ahamiyatli. Aminokislotalarning biologik aham
Доказательный фрагмент
«В этой статье в этой статье содержатся аминокислоты, обнаруженные в пище, их типах, биологическую роль в организме человека и здоровье.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье в этой статье содержатся аминокислоты, обнаруженные в пище, их типах, биологическую роль в организме человека и здоровье. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- amino acids, proteins, food, needy, synthesis of the body, health, Aminokislotalar, organizm, sog‘liq, zarur aminokislotalar, oqsil sintezi., oziq-ovqat, oqsil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024