К содержанию
РецензированоEN2025

OQSILLAR BIOSINTEZIDA ISHTIROK ETUVCHI FERMENTLAR

Po'latova Marjona Shavkat qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

The article discusses the main enzymes involved in protein biosynthesis and their functional significance. At these stages, enzymes such as RNA polymerase, aminoacyl-tRNA synthetase, peptidyl transferase and translocase perform important catalytic functions. An important role is also played by the activity of endo- and exonucleases involved in post-transcriptional RNA editing. The article opens up opportunities for a more in-depth study of the molecular mechanisms of protein synthesis, their analysis and application in biotechnology and molecular biology. Keywords: protein biosynthesis, RNA polymerase, transcription, translation, aminoacyl-tRNA synthetase, peptidyl transferase, ribosome, enzymes, genetic information, molecular biology. Kirish. Oqsillar barcha tirik organizmlarda hayotiy faoliyatni ta’minlovchi asosiy biopolimerlardandir. Ular fermentativ, strukturaviy, transport, regulyator va boshqa muhim biologik funksiyalarni bajaradi. Oqsillarni sintez qilish jarayoni esa genetik informatsiyaning realizatsiyasi - ya’ni DNKda saqlangan axborotni funksional mahsulotga aylantirishning yakuniy bosqichidir. Ushbu jarayon ikki asosiy bosqichda - transkripsiya va translyatsiya orqali amalga oshadi. Har bir bosqichda turli xil fermentlar va oqsillar ishtirok etadi, ularning har biri muayyan vazifani bajarib, oqsil sintezining aniqligi va samaradorligini ta’minlaydi. Ayniqsa, RNA polimeraza, aminoatsil-tRNA sintetaza, peptidil transferaza kabi fermentlarning roli beqiyosdir. Ushbu maqolada oqsil biosintezida ishtirok etuvchi asosiy fermentlar, ularning tuzilishi, vazifalari va o‘zaro hamkorligi tahlil qilinadi. Transkripsiya jarayonini amalga oshiruvchi asosiy ferment bu - RNK polimerazadir. Ushbu ferment DNK zanjirini andoza sifatida olib, unga muvofiq RNK zanjirini sintezlaydi. RNK polimeraza nafaqat genetik axborotni o‘qish, balki uni to‘g‘ri va samarali tarzda ifodalashda ham muhim rol o‘ynaydi. Oqsil sintezi - tirik hujayralar hayoti uchun muhim bo‘lgan jarayon bo‘lib, u aminokislotalarning Выпуск журнала №-24 Часть–4_ Апрель –2025 93 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ribosomada t-RNK yordamida to‘g‘ri ketma-ketlikda birikishi orqali amalga oshadi. Bu jarayonning aniq va samarali bajarilishi t-RNK molekulalariga mos aminokislotalarni biriktiruvchi maxsus fermentlar - aminoatsil-tRNA sintetazalar orqali ta’minlanadi. Har bir aminokislota uchun o‘ziga xos bo‘lgan sintetaza mavjud bo‘lib, u genetik kodning to‘g‘ri tarjima qilinishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Aminoatsil-tRNA sintetaza fermentlari oqsil biosintezining aniqligi va tezligini ta’minlab, hujayra ichidagi metabolik barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada mazkur fermentlarning tuzilishi, funksiyasi, klassifikatsiyasi va biologik ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Peptidil transferaza - bu ribosomal RNK tarkibida joylashgan va ribosomaning katta subbirligida faoliyat yurituvchi ferment bo‘lib, u yangi paydo bo‘layotgan oqsil zanjiriga navbatdagi aminokislotani biriktiradi. Ushbu fermentning ishtirokisiz peptid bog‘larining hosil bo‘lishi, ya’ni oqsil sintezi jarayoni mumkin emas. Hujayra ichida moddalar almashinuvi va biologik jarayonlarning uzluksiz amalga oshishi ko‘plab murakkab va muvofiqlashtirilgan fermentativ tizimlarga bog‘liq. Ular orasida translokaza fermentlari muhim o‘rin tutadi. Translokazalar – bu molekulalarni, ayniqsa, ionlar yoki makromolekulalarni bir joydan ikkinchi joyga, ko‘pincha membranalar orqali, ko‘chirishda ishtirok etuvchi fermentlardir. Ular energiyaga bog‘liq transport jarayonlarini amalga oshirib, hujayraning ichki muvozanatini saqlash, metabolizmni tartibga solish va oqsillarni kerakli joyga yetkazishda beqiyos ahamiyatga ega. Oqsillar - bu hujayralardagi ko‘plab biologik jarayonlarning asosiy ijrochilaridir. Ular ferment sifatida metabolik reaktsiyalarni tezlashtiradi, hujayraviy tuzilmalarda strukturaviy komponent sifatida xizmat qiladi, signallarni uzatadi, immun himoyani ta’minlaydi va boshqa ko‘plab funksiyalarni bajaradi. Выпуск журнала №-24 Часть–4_ Апрель –2025 94 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Oqsillar biosintezi - bu genetik kod orqali DNKda saqlangan informatsiyaning RNK orqaligacha o‘qilishi va natijada aminokislotalar ketma-ketligidan iborat oqsil zanjirining sintez qilinishi jarayonidir. Ushbu biosintez jarayoni ikki asosiy bosqichdan iborat: transkripsiya (DNKdan RNKga axborotni ko‘chirish) va translyatsiya (RNK asosida oqsil sintez qilish). Bu bosqichlar murakkab molekulyar mexanizmlar orqali boshqariladi va yuqori darajadagi aniqlikni talab qiladi. Jarayonda turli fermentlar va oqsillar ishtirok etadi, ular orasida RNA polimeraza, aminoatsil-tRNA sintetaza, peptidil transferaza, shuningdek, translyatsiya bosqichini tartibga soluvchi initsiatsiya, elongatsiya va terminatsiya faktorlari muhim rol o‘ynaydi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, oqsil biosintezining har bir bosqichidagi fermentlarning strukturasi va funksiyalarini chuqur o‘rganish molekulyar biologiya, genetik muhandislik, t

Доказательный фрагмент

«The article discusses the main enzymes involved in protein biosynthesis and their functional significance.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the main enzymes involved in protein biosynthesis and their functional significance. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
protein biosynthesis, RNA polymerase, transcription, translation, fermentlar, RNA polimeraza, aminoatsil-tRNA sintetaza, oqsil biosintezi, transkripsiya, peptidil transferaza, ribosoma, translyatsiya, molekulyar biologiya., genetik informatsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники