К содержанию
РецензированоUZ2026

TUSH TUSHUNCHASINING MIFOLOGIK VA MADANIY ILDIZLARI

Mannonova Hulkar Ilhom qizi

Современное образование и развитие · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada insoniyat tafakkurida qadimdan o‘rin egallagan tush fenomeni tarixiy-madaniy va mifologik kontekstda o‘rganiladi. Tush tushunchasining ilk sivilizatsiyalardagi talqinlari, diniy e’tiqodlar, afsonalar, qadimgi yozma manbalar hamda turli xalqlar folklorida qanday ifoda topgani tahlil qilinadi. Tushlarning jamiyat ongidagi o‘rni, ijtimoiy, ma’naviy va estetik funksiyalari chuqur ilmiy asosda yoritiladi. Maqolada tushlar orqali qadimgi insonlarning dunyoqarashi, ruhiy holati va e’tiqod tizimi haqida xulosalar chiqariladi. Kalit so‘zlar: tush, mifologiya, arxaik tafakkur, madaniyat, qadim sivilizatsiyalar, afsona, diniy e’tiqod. Annotation This article explores the phenomenon of dreams, which has held a significant place in human thought since ancient times, within historical, cultural, and mythological contexts. It analyzes interpretations of dreams in early civilizations, religious beliefs, myths, ancient written sources, and how dreams were reflected in the folklore of various nations. The article delves into the role of dreams in the collective consciousness of society, highlighting their social, spiritual, and aesthetic functions. It also draws conclusions about ancient people’s worldview, psychological states, and systems of belief through their treatment of dreams. Keywords: dream, mythology, archaic thinking, culture, ancient civilizations, myth, religious belief. Kirish Tush inson tafakkurining eng qadimiy va murakkab hodisalaridan biridir. Uning tabiatini anglashga urinishlar qadim zamonlardayoq boshlangan. Inson tushlar orqali o‘zining ruhiy dunyosini izohlashga, noma’lum hodisalarni anglashga intilgan. Tushlar nafaqat psixologik, balki ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida ham turli Выпуск журнала №-24 Часть–4_ Апрель –2025 130 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT davr va xalqlar tafakkurida muhim o‘rin egallagan. Ular diniy aqidalar, afsonalar, eposlar va adabiyotlarda chuqur ildiz otgan bo‘lib, ko‘plab madaniyatlarda tushlar ilohiy ilhom, vahiy yoki bashorat sifatida qabul qilingan. Ushbu maqola aynan shu tushunchaning mifologik va madaniy ildizlarini ochib berishga qaratilgan. Adabiy manbalarni o‘rganish Tush tushunchasining madaniyatlararo o‘rganilishi bugungi kunda antropologiya, folklorshunoslik va madaniyatshunoslik fanlari doirasida alohida yo‘nalishga aylangan. Jumladan, Mircea Eliade “Sacred and the Profane” asarida tushlar shamanik tajribalarning markaziy elementi ekanligini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, tushlar insonning muqaddas olam bilan bevosita aloqa vositasidir. Shuningdek, Carl Jung o‘zining “Man and His Symbols” kitobida tushlarni kollektiv ongsizlik (collective unconscious) bilan bog‘laydi. Jungga ko‘ra, tushlarda qadimiy arxetiplar — ibtidoiy insoniyat tajribasi ifoda topgan bo‘lib, bu ularga universal madaniy ahamiyat beradi. O‘zbek adabiyoti va xalq og‘zaki ijodida ham tushlar ko‘plab asarlarda ma’naviy-belgili shakl sifatida tasvirlanadi. Masalan, “Alpomish” dostonidagi tush epizodlari qahramonning kelajakdagi qiyinchiliklari va missiyasi bilan bog‘liq holda ochiladi. Bu holat turkiy xalqlarda tushlar qadimdan bashorat vositasi sifatida e’tirof etilganini tasdiqlaydi.Tahlillardan ko‘rinadiki, tushlarning badiiy va diniy-metaforik ifodasi har bir xalq madaniyatida o‘ziga xos bo‘lsada, ularning mantiqiy-magik asoslari o‘xshashdir. Bu esa, tush fenomenini umuminsoniy madaniyatning qadimiy qatlamlaridan biri sifatida ko‘rishga asos bo‘ladi. Mifologik ildizlar Tushlar qadimiy miflarda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Misr mifologiyasida tushlar Osiris va Ra kabi tangrilarning ilohiy xabarlarini yetkazish vositasi sifatida ko‘rilgan. Yunon mifologiyasida Morfey tushlar xudosi bo‘lib, u odamlarning uyqusiga kirib, ularning qalbini ilohiy ilhom bilan to‘ldirar edi. Bibliyada tushlar orqali payg‘ambarlarga vahiylar beriladi — Yusufning tushlari buning yorqin misoli.Mesopotamiya gil yozuvlarida ham tushlar ogohlik va bashorat manbai sifatida yozib qoldirilgan. “Gilgamish dostoni”da qahramonlar tushlar orqali tangrilarning irodasini anglab yetishadi. Выпуск журнала №-24 Часть–4_ Апрель –2025 131 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Madaniy ildizlar Turli xalqlarning madaniyatida tushlar har xil talqin qilinadi. Sharqona tafakkurda, jumladan o‘zbek xalq og‘zaki ijodida tushlar ko‘pincha ramziy ifoda sifatida keladi. Tushlar orqali kutilayotgan voqeliklar, ichki kechinmalar ifodalanadi. Masalan, o‘zbek xalq ertaklarida tush ko‘rgan qahramonlar hayotiy burilishlarga duch kelishadi. Bu esa tush motivining badiiy texnika sifatida qo‘llanilishiga ishora qiladi. Afrika, hind va shimoliy Amerika hindu madaniyatlarida tushlar muqaddaslik sifatida qabul qilingan. Shamanizmda esa tush — bu ruhiy olamga sayohat vositasi, u orqali shifobaxsh bilimlar olinadi. Bu jarayon ko‘pincha marosimiy raqslar, ruhi poklanish bilan uyg‘unlashadi. Metodologiya Maqolani tayyorlash jarayonida tarixiy-mifologik tahlil, qiyosiy madaniy tadqiqot va kontent-tahlil metodlaridan foydalanildi.Mifologik manbalar va diniy matn

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada insoniyat tafakkurida qadimdan o‘rin egallagan tush fenomeni tarixiy-madaniy va mifologik kontekstda o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada insoniyat tafakkurida qadimdan o‘rin egallagan tush fenomeni tarixiy-madaniy va mifologik kontekstda o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dream, mythology, archaic thinking, culture, ancient civilizations, afsona, qadim sivilizatsiyalar, tush, mifologiya, arxaik tafakkur, madaniyat, diniy e’tiqod.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники