К содержанию
РецензированоUZ2025

ABDULLA AVLONIY ASARLARINING O‘QISH DARSLARIDAGI AHAMIYATI

Buriyeva Shaxnoza Inat qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada buyuk marifatparvar millat mayoqlaridan bo‘lgan Abdulla Avloniyning asarlari boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ahamiyati tahlil qilinadi. Avloniy asarlari nafaqat badiiy jihatdan, balki axloqiy-tarbiyaviy mazmuni bilan ham o‘quvchilarni ma’naviy shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ularning o‘qish darsliklariga kiritilishi bolalarning vatanparvarlik, odob-axloq, mehnatsevarlik kabi fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada Avloniy asarlari orqali o‘quvchilarga ta’lim berishning samarali usullari, ularni dars jarayonida qo‘llash yo‘llari va pedagogik ahamiyati tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: tarbiya talqini, axloqiy qadriyatlar, insoniyatning rivojlanishi, asarlar tahlili, madaniyat, ilm, g’oyaviy to’liqlik, o‘zbek pedagogikasi, milliy istiqlol Bugun Yangi O‘zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim tizimidagi o’zgarishlar haqida to‘lqinlanib so‘zlamaslikning iloji yo‘q. Mamlakatimizda so’nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi. Ko’plab ilg’or mamlakatlarni ta’lim sohasidagi yutuqlari o’raganilib milliy dasturimiz bilan integratsiyalashgan holda amaliyotga tadbiq ettilmoqda. Xalqni ma’rifatli qilish uchun qayg‘urgan jadidlar o‘sha davrning turli johil, o‘z manfaatlari yo‘lida hech nimadan qaytmaydigan kimsalarining tuhmat-malomatlariga duchor bo‘ldilar. Xalqini savodli qilish uchun shirin jonlarini fido qilgan, butun umrlarini Vatanimiz ozodligi va Выпуск журнала №-24 Часть–4_ Апрель –2025 144 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT xalqimiz baxt-saodati yo‘lida sarf qilgan buyuk jadid ma’rifatparvarlarining ilmiyma’rifiy, adabiy-badiiy merosini o‘rganishimiz va kelajak avlodga o‘rgatishimiz davr talabidir. Zero, bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan Uchinchi Renessans davrida jadidlar ilgari surgan ta’lim va tarbiya muammosi har doimgidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Abdulla Avloniy o‘zbek ma’rifatchilik harakatining yirik vakillaridan biri bo‘lib, uning asarlari hozirgi kunda ham o‘quvchilarning axloqiy tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Avloniy o‘z asarlarida ta’lim va tarbiyaning ahamiyatini, yosh avlodni vatanparvar, bilimdon va odobli inson qilib tarbiyalash zarurligini ta’kidlagan. Bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim dasturida o‘quvchilarga Vatan, ilm, do‘stlik va mehnat kabi mavzularda bilim berish muhim hisoblanadi. Avloniy asarlari shu jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular orqali o‘quvchilar milliy qadriyatlar va axloqiy me’yorlarni o‘rganadilar. Jumladan: “Turkiy guliston yoxud axloq” darslarda odob-axloq qoidalarini o‘rgatish uchun ishlatilishi mumkin. She’rlari va maqolalari orqali vatanparvarlik, mehnatsevarlik va ilmga muhabbat singdiriladi. Hikoyalari o‘quvchilarga hayotiy tajribalar, insoniy fazilatlar haqida saboq beradi. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ham Abdulla Avloniyning bir qancha she’rlari berib o‘tilgan bulardan, 2-sinf o‘qish darsligida “Yangi avlod” nomli she’ri va “Bolalari va pashsha” nomli masali berib o‘tilgan. Bolari bilan pashsha” masali orqali mehnat qilish, yalqovlikdan qochish kerakligini bilib olishadi. Masal shunday berilgan: Bir pashsha qir tarafdan uchib kelayotgan arini ko‘rib; qayerdan kelyapsan, deydi. Ari: bol, uy yasash uchun mum Pashsha: men kabi yasha Ari: Mashaqqatsiz taomda lazzat bo‘ladimi? Mening vaqtim yo‘q deya uchib ketadi. Xulosa shuki, mehnatning tagi rohat, yalqovlikning oxiri xorlikdir. O‘qituvchi bu masalni shunchaki o‘qitib qo‘ymasdan, uning zamirida yotgan tarbiyani o‘quvchiga bera olish talab qilinadi. Xulosani bolaga to‘g‘ri yetkazish talab qilinadi. Mavzuni o‘tishda masalni rollarga bo‘lib bolalar tomonida ijro yetgizdirib o‘tilsa samaraliroq bo‘ladi. Bolaning diqqati oshadi, masal ma’nosiga chuqurroq tushunadi. Shundan so‘ng bolalardan masal ma’nosiga mos misollar so‘raladi. Bunda o‘qituvchining o‘zi hayotiy misol keltirib Выпуск журнала №-24 Часть–4_ Апрель –2025 145 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT boshlab beradi. Bolalar davom ettirishadi. Bolalar masaldan, keltirilgan misollardan o‘zlariga xulosa chiqarishadi. Ma’rifatparvarning quyidagi fikri bugungi kunda ham dolzarb hisoblanadi:“Tarbiya biz uchun hayot yoki o‘lim, najot yoki halokat, saodat yoki falokat masalasidir”. Bu so‘zlar XX asr boshlarida millatimiz uchun qanchalik muhim bo‘lgan bo‘lsa, hozir ham, balki undan ham ortiqroq ahamiyatga ega. O‘z asarlarida Avloniy hukumatni yosh avlodning sog‘lig‘iga e’tibor qaratishga chaqiradi. Uning fikricha, insonning sog‘lom tafakkurga ega bo‘lishi va har tomonlama rivojlanishi uchun aql va tana sog‘lom bo‘lishi kerak. U shuningdek, ota-onalarni farzandlari sog‘lig‘iga e’tibor qaratishga chaqirar, bolalarning fikriy tarbiyasi mas’uliyatini esa o‘qituvchilarga yuklar edi. “Bolalarda sog‘lom tafakkurni shakllantirish va ularni muntazam tarbiyalash – nihoyatda zarur va mas’uliyatli vazifadir. Chunki bolalarning aq

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada buyuk marifatparvar millat mayoqlaridan bo‘lgan Abdulla Avloniyning asarlari boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada buyuk marifatparvar millat mayoqlaridan bo‘lgan Abdulla Avloniyning asarlari boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
g’oyaviy to’liqlik, o‘zbek pedagogikasi, asarlar tahlili, tarbiya talqini, insoniyatning rivojlanishi, axloqiy qadriyatlar, milliy istiqlol, madaniyat, ilm
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники