Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA'LIMDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH
Abdullayeva Saodat Mengbayevna
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Today, the education system requires increasing the quality of teaching subjects, introducing modern teaching methods into the educational process, and using information technologies extensively in the process of educating gifted students. Therefore, this article aims to develop students' competence in using information in their educational and life activities and working with information. In an information society, the level of ability to apply the knowledge they have acquired in their life activities determines the development of society. Keywords: information, information technologies, artificial intelligence, distance learning, multimedia tools, gamification, interactive whiteboard, competence. KIRISH.Zamonaviy davrda axborot texnologiyalari hayotning barcha jabhalariga chuqur kirib bormoqda. Ayniqsa, ta'lim sohasida ularning qo‘llanilishi o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, ta'lim sifati va qulayligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli texnologiyalar yordamida talabalarning bilim Выпуск журнала №-24 Часть–4_ Апрель –2025 194 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, interaktiv uslublar orqali darslarni qiziqarli va samarali tashkil qilish mumkin. Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish holati birinchi navbatda jamiyatning intellektual salohiyatiga, jumladan, ta’lim sohasining rivojlanishiga bog‘liq. Ta’lim mazmuni va sifati masalalari jamiyatda ustuvor yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta’limni axborotlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo‘llari izlanmoqda, ta’limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etish ta’lim sohasidagi islohotlarning diqqat markazidan o‘rin olgan. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhiti, o‘zida axborot ob’ektlarini, ularning o‘zaro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to‘plash texnologiyalari va vositalarini, shuningdek axborot jarayonlarining tashkiliy va huquqiy tarkibini mujassamlashtirgan bo‘ladi. Hozirgi kunda ta’lim tizimi insoniyatning imkoniyatlari va talablarini inobatga olishi zarur. Ta’lim tizimi shaxsga yo‘naltirilgan xarakterga ega bo‘lishi, ya’ni shaxsning har xil xususiyati va sifatiga e’tibor qilgan holda differensiyalangan bo‘lishi kerak. Har qanday ta’lim tizimi ma’lum bir ijtimoiy, ilmiy- texnik, iqtisodiy, madaniy va nihoyat, siyosiy muhitda shakllanadi hamda rivojlanadi. Bu muhitlarning eng ustuvori ijtimoiy-iqtisodiy omil sanaladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot, madaniy va siyosiy muhit ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni rivojlantirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Ta’lim tizimi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishining asosiy vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi, chunki maktab, oliy ta’lim muassasi insonni iqtisodiyot, madaniyat, siyosiy hayotda faol faoliyat ko‘rsatish uchun tayyorlaydi. SHuning uchun ham maktab va oliy ta’lim muassasasi ta’limning tayanch bo‘g’ini sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalari (AT) — bu axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatishga mo‘ljallangan texnik va dasturiy vositalar majmuasidir. Ta'lim tizimida bu texnologiyalar asosan kompyuterlar, internet, elektron darsliklar, multimedia vositalari, masofaviy ta’lim platformalari va boshqalar shaklida qo‘llaniladi. Ta'limda axborot texnologiyalari quyidagi yo‘nalishlarda qo‘llaniladi: Выпуск журнала №-24 Часть–4_ Апрель –2025 195 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Elektron darsliklar va raqamli resurslar — O‘quv materiallarini raqamli shaklda taqdim etish o‘quvchilarning mustaqil ishlashiga keng imkoniyat yaratadi. Multimedia vositalari — Video darslar, animatsiyalar, grafiklar va simulyatsiyalar dars jarayonini yanada jonli va tushunarli qiladi. Masofaviy ta'lim — Internet orqali istalgan joyda va vaqtda ta’lim olish imkonini beradi (Zoom, Moodle, Google Classroom). Interaktiv doskalar va test tizimlari — Bilimlarni mustahkamlashda va nazorat qilishda qulay vositalar hisoblanadi. Sun’iy intellekt (AI) – AI yordamida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi tahlil qilinadi va shaxsiy ta’lim yo‘nalishi taklif qilinadi. Gamifikatsiya (o‘yin elementlari) – Kahoot, Wordwall kabi servislar o‘quvchilarda motivatsiyani oshiradi. Axborot texnologiyalaridan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjud, jumladan, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim oluvchilar va o‘qituvchilar orasidagi muloqotni kuchaytiradi, moslashuvchan va individual yondashuv, axborotni tezkor va keng hajmda yetkazish imkonini beradi. Axborot texnologiyalaridan ta’limda samarali foydalanishda bir qator muammolar mavjud. Bular: yetarli texnik ta’minotning yo‘qligi, pedagoglarning IT ko‘nikmalari yetarli emasligi, internet tarmog‘ining cheklanganligi (ayniqsa chekka hududlarda). Didaktika nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadigan, axborot texnologiyalarini joriy etish orqali samaradorlikka erishiladigan metodik maqsadlarga: o‘qitish jarayonini individuallashtirish va differensiyalash; t
Доказательный фрагмент
«Today, the education system requires increasing the quality of teaching subjects, introducing modern teaching methods into the educational process, and using information technologies extensively in the process of educ…»
Образец извлечения
Демо-превьюToday, the education system requires increasing the quality of teaching subjects, introducing modern teaching methods into the educational process, and using information technologies extensively in the process of educ… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- information, information technologies, artificial intelligence, kompetensiya., gamifikatsiya, multimedia vositalari, axborot, masofaviy ta’lim, sun’iy intellekt, interaktiv doska, axborot texnologiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024