Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INFORMATIKA DARSLARINI MATEMATIKA FANI BILAN INTEGRATSIYALASHNING DIDAKTIK ASOSLARI VA SAMARADORLIGI
Fayzullayeva Nigina Avduraxmatovna · Ismoilova Zebiniso To‘rayevna
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada informatika fanini matematika bilan integratsiyalashning ilmiy-didaktik asoslari, mazmuniy bog‘liqligi va amaliy jihatlari yoritilgan. Integratsiyalashgan ta’lim yondashuvi o‘quvchilarning analitik fikrlashini, muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi va fanlararo bog‘liqlikni mustahkamlaydi. Tadqiqotda integratsiyalashgan darslarni loyihalash, zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish va interaktiv metodlarning ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada matematika va informatikaga oid umumiy tushunchalar, masalalarni algoritmik yondashuv orqali yechish, dasturlash asoslarida matematik modellashdan foydalanish kabi jihatlar misollar bilan ochib beriladi. KALIT SO‘ZLAR: Informatika, matematika, integratsiya, fanlararo bog‘liqlik, algoritmik fikrlash, STEAM ta’lim, raqamli texnologiyalar, interaktiv metodlar. XXI asrda ta’lim sohasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bu fanlararo integratsiyalashuvni amalga oshirishdan iborat. Ayniqsa, informatika va matematika fanlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, ulardagi tushuncha va usullarning uyg‘unligi ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Hozirgi zamonda ta’lim tizimi o‘quvchilarga fan asoslarini chuqur o‘rgatish, ularning tafakkurini keng rivojlantirish, olamni yaxlit tarzda anglash va atrofdagi hodisalarni to‘g‘ri tushunadigan shaxslarni tarbiyalashga qaratilgan. Bugungi Выпуск журнала №-24 Часть–4_ Апрель –2025 241 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ta’limning eng muhim maqsadlaridan biri – o‘quvchilarni yoshligidanoq bosqichma- bosqich, ortiqcha zo‘riqishsiz, mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida hayotga tayyorlashdir. Maktablarda o‘tilayotgan fanlarning tarqoqligi esa o‘quvchilarga faqat tor doiradagi nazariy bilimlarni beradi, natijada bu bilimlar tezda unutilib, amaliy hayotda qo‘llanilmay qoladi. Olimlarning fikriga ko‘ra, integratsiya ta’limning muhim didaktik tamoyillaridan biridir va u yetakchi o‘rin egallaydi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy faoliyatini har tomonlama rivojlantirishda integratsiyalashgan darslarning ahamiyati beqiyosdir. Matematika va informatika kabi fanlarni birgalikda, imkon qadar boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘qitish yanada samarali natija beradi. Bu usul o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Masalan, boshlang‘ich sinflarda shakllarni o‘rgatishda ularni tabiatdagi ob’ektlar bilan taqqoslash orqali biologiya fani bilan bog‘lab o‘tish mumkin. Bunday yondashuv quyidagi natijalarga olib keladi: O‘quvchi fanga nisbatan zerikmaydi; Fanlararo taqqoslash ko‘nikmasi shakllanadi; Fanlararo bilimlar mustahkamlanadi; Taqqoslash orqali eslab qolish qobiliyati kuchayadi. Bugungi kunda farzandlarimizni kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda mustaqil izlanishga o‘rgatish zarur. Ular katta hajmdagi ma’lumotlarni idrok etish, ularni qayta ishlash va zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida har xil fanlar bo‘yicha ma’lumot topish va qo‘llash usullarini egallashlari lozim. Umumta’lim maktablarining asosiy vazifasi – o‘quvchilarni bilim va ko‘nikmalarini real hayotda qo‘llay oladigan darajada tayyorlashdir. Informatika va matematika fanlari o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘xshashliklar (masalan, funksiyalar, algoritmlar, mantiqiy bog‘lanishlar) ularni birgalikda o‘qitishga keng imkoniyat yaratadi. Fanlararo yondashuv orqali o‘quvchi mavzularni chuqurroq anglaydi, bilimlarni amaliyotda qo‘llashni o‘rganadi. “Algoritm tushunchasi” mavzusi matematikaning “funksiya” bo‘limi bilan integratsiyalashishi mumkin. Выпуск журнала №-24 Часть–4_ Апрель –2025 242 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT “Matematik ifodalarni dasturlashda qo‘llash” mavzusida Python yoki Scratch tilida formulalarni kodlash orqali o‘quvchining matematik bilimlari mustahkamlanadi. “Grafik tasvirlar” mavzusi statistik grafikalar va koordinata tekisligidagi chizmalar bilan bog‘lanadi. Darslarda o‘yinli metodlar, muammoli topshiriqlar, loyihaviy ishlar va raqamli resurslardan foydalanish integratsiyani samarali amalga oshirishga xizmat qiladi. O‘quvchilar Scratch yoki GeoGebra dasturida matematik modellar yaratish orqali ikki fanni o‘zlashtiradi.1 Integratsiyalashgan darslar o‘quvchilarning: analitik va algoritmik fikrlashini; texnologik savodxonligini; mustaqil izlanish va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantiradi. Maktablar darajasida o‘qituvchilarning hamkorlikda dars tayyorlashi va metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqishi tavsiya etiladi. Integratsiyalashgan darslar barcha maktab fanlarining o‘zaro bog‘langan holda o‘rgatilishini, ularning mavzulari uyg‘unlikda berilishini nazarda tutadi. Ta’lim jarayonining yaxlit tashkil etilishi quyidagilarni ta’minlaydi: Integratsiya darslarda axborot va tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi; U o‘quvchilarda o‘quv va bilish faoliyatini shakllantirib, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi hamda olingan bilimlarni real hayotda qo‘llash imkoniyatini yaratadi; Fanlararo aloqalar orqali o‘quvchilar harakat usullarini bir fan doirasidan boshqasiga o‘tka
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada informatika fanini matematika bilan integratsiyalashning ilmiy-didaktik asoslari, mazmuniy bog‘liqligi va amaliy jihatlari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada informatika fanini matematika bilan integratsiyalashning ilmiy-didaktik asoslari, mazmuniy bog‘liqligi va amaliy jihatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- raqamli texnologiyalar, fanlararo bog‘liqlik, Informatika, matematika, STEAM ta’lim, algoritmik fikrlash, interaktiv metodlar., integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025