Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ TILI DARSLARIDA TIBBIY DEONTOLOGIK MADANIYAT KO’NIKMA VA MALAKALARNI RIVOJLANTIRISH ILMIY DIDAKTIK MUAMMO SIFATIDA
MUAMMO SIFATIDA · Axadova Mahliyo Halimovna
Современное образование и развитие · 65 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada tibbiy deontologik madaniyat, ko`nikma va malakalrni rovojlantirish haqida fikr yuritilgan. Kalit so`zlar: Deontologiya, malaka, ko`nikma, tibbiyot. Tibbiyot deontologiyasi — tibbiyot xodimlarining kasbga aloqador etikasi, doridarmon, umuman davoning taʼsirini oshirishga karatilgan xulqatvor taomillari. Deontologiya, yaʼni kishining xulqi, odobi haqidagi tushuncha 16-asrning boshlarida ingliz faylasufi va iqtisodchisi I. Bentam tomonidan taomilga kiritilgan. Tibbiyot deontologiyasiga oid maʼlumotlar uzoq tarixga ega. Aslida, Tibbiyot deontologiyasi keng falsafiy mazmunga ega boʻlib, bir qancha yoʻnalishlardan iborat: — shifokor bilan bemor oʻrtasidagi; — shifokor bilan bemorning yaqin kishilari oʻrtasidagi munosabat; — shifokorning hamkasblari bilan munosabati va hokazo. Tibbiyot deontologiyasiga vrachning sir saqlashi, bemorning hayoti va sogʻligʻi uchun tibbiyot xodimining javobgarligi, tibbiyot xodimlarining oʻzaro munosabati masalalari va boshqa kiradi. Tibbiyot deontologiyasiga muvofiq, tibbiyot xodimi bemorga katta eʼtibor berishi, uning sogʻligʻini tiklash yoki azobini yengillatish uchun butun bilimini sarflashi, bemorga uning sogʻligʻi haqidagi faqat foyda keltira oladigan maʼlumotlarni aytishi bemorning vrach bilan sirdosh boʻlishiga erishuvi zarur. Bemorning kasalligi haqida uning ishtirokida hamkasblari bilan soʻzlashishi yaramaydi. Выпуск журнала №-24 Часть–4_ Апрель –2025 265 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Tibbiyot deontologiyasining tibbiyot amaliyotida toʻgʻri joriy qilinishi, shifokorning ongi, saviyasi, madaniyati, dunyoqarashi, bilim va qaysi jamiyatda yashayotganligi bilan chambarchas bogʻliq. Kishilik jamiyatining turli davrlarida deontologik munosabatlar turlicha kechgan, u zamon talabiga moye ravishda oʻzgarib borgan. Tibbiyot deontologiyasi tibbiyot xodimlaridan yuksak insoniy fazilatlar, sofdillik, ziyraklik, odamiylik va boshqalarga ega boʻlishni taqozo etadi. Tibbiyot deontologiyasi xalqaro kodeksini Xalqaro vrachlar jamiyati tasdiqlagan (1949, Jeneva). Oʻzbekiston Respublikasida tibbiyot oliygohlarini bitiruvchilar „Oʻzbekiston shifokori“ qasamyodini qabul qiladilar. Dunyoga yangi ko’z bilan qayraydigan, uddabiron, ishning ko’zini biluvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash Respublikamiz tibbiyot oldida turgan eng muhim va mas’uliyatli vazifadir. Hozirgi zamon metodika fani va bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarga nazar tashlasak, turli soha va mutaxassisliklarga, fan va uslublarga, o’qitish metod va usullari, texnologiyalariga juda ko’p e’tibor qaratilganligi seziladi. Ammo ana shu metodikani tushunish, ularni amaliy faoliyatda qo’llash masalasi eng dolzarb muammolardan biriga aylanganligini ta’kidlash mumkin. Ingliz tili fani ham boshqa gumanitar va tabiiy fanlar qatori bu muammolardan holi emas. Muammo bu sohadagi nazariy bilimlami amaliy faoliyatga tatbiq etishda yaqqol ko’zga tashlanadi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, o’qituvchilarda amaliyot va kasbiy faoliyat jarayonida nazariy bilimlami amaliyotda qo’llay olish mahoratining yetishmasligi ko’zga yaqqol tashlanadi. Demak, ko’plab o’qituvchiiar, pedagoglar eskirib qolgan nazariy bilimlar bilimlar bilan cheklanib qolmoqda. Ularda zamonga xos tub o’zgarishlarga mos kelish, munosib bo’lish kabi sifatlar etishmaydi. Huddi shu sifat kompetensiya - kompetensiya egasi bo’lish, kompetentli pedagog nomini olish masalasi hisoblanadi. Kompetentlikning o’zi pedagogda umumiy dunyoqarashning kengligi va madaniyatning yuqoriligi, pedagogika, psixologiya, boshqaruv nazariyasi va ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari bo’yicha kasbiy bilimlarining mavjudligi, o’z bilimlarini amaliyotda rivojlantirishga layoqatlilik, ijtimoiy va psixologik-pedagogik tadqiqotlar Выпуск журнала №-24 Часть–4_ Апрель –2025 266 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT metodlarini bilish, pedagogik va boshqaruv ko’nikmalarining zaruriy majmuasiga ega bo’lishni nazarda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, kompetentlik kasbiy bilim va ko’nikmalaming mavjudligi, shuningdek, ulami amaliy faoliyatda qo’llash va takomillashtirishga layoqatlilik bilan belgilanadi, ya’ni kompetentlik - bu faqatgina o’zlashtirilgan bilimlar va tajribalaming mavjudligi va salmoqli hajmi bo’libgina qolmay, balki ularni kerak vaqtda ishga sola bilish va o’zining xizmat vazifalarini bajarish jarayonida ulardan foydalana olish demakdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI. 1.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. //'Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent; “Sharq”.2020 yil, 20-29 betlar. 2.O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonuni. //Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Toshkent; “Sharq”, 1997, 31-61 betlar, 1. 1, Axadova Mahliyo. Tibbiyot oliy o’quv yurtlari boshlang’ich bosqich talabalari deontologik madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslari. Vol. 65 No. 2 (2025): ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tibbiy deontologik madaniyat, ko`nikma va malakalrni rovojlantirish haqida fikr yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tibbiy deontologik madaniyat, ko`nikma va malakalrni rovojlantirish haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tibbiyot., malaka, ko`nikma, Deontologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025