К содержанию
РецензированоUZ2025

XALQARO TEMIR YO’L TAShUVLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH

SAMARADORLIGINI BAHOLASH · Nurxodjaeva X. X.

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

The relevance of the study lies in the fact that the Republic’s foreign economic relations depend on the development of international transport corridors, increasing the efficiency of international routes, and increasing export- import operations. The purpose and objectives of the study are to identify the features of the development of multimodal routes, the identification of optimal transport corridors. The subject of the study is the study of transport corridors by expanding international freight traffic. The research methodology is based on the application of comparative sampling methods, economic-analytical and export methods. Keywords-- develop international transportation in the Republic of Uzbekistan Xalqaro transport koridorlari orqali tashuvlar samaradorligini oshirish iqtisodiyot rivojlanishida katta axamiyatga ega. Zamonaviy sharoitda xalqaro iqtisodiy aloqalar rivojlanishining asosiy tendensiyasi ularning globallashuvidir. Ushbu holat iqtisodiyotning ko‘p sohalariga ta’sir ko‘rsatadi, shu xisobda davlat iqtisodiyotida strategik muhim va yuqori ahamiyatga ega bo‘lgan transport tizimini yaratadi. Выпуск журнала №-25 Часть–1_ Май –2025 9 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ma’lumki, transport milliy iqtisodiyotning bazoviy tarmog‘i hisoblanadi.Uning rivojlanish darajasi va samaradorligi barcha sanoat tarmoqlarining rivojlanishi va o‘zaro faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiyotning globallashuvi va tashqi aloqalarni rivojlanishini amalga oshirish jarayoni transport xizmatlari sifatini yaxshilashga, yuk va yo‘lovchilar oqimini rivojlantirishga yangicha yondoshuvni talab etadi.Tashqi savdo xajmining oshishi davlat iqtisodiyotida barcha transport xizmatlarini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatadi.Tovar eksporti mamlakat rivojlanishida qanday muhim bo‘lsa, transport xizmatlari eksportini kengaytirish ham shunday zarur hisoblanadi.Transport xizmatlari eksportini rivojlantirish O‘zbekiston temir yo‘llari orqali tashiladigan yuklarni jaxon bozorlariga olib chiqish ulushini oshiradi;transport tizimining tranzit potensiali(imkoniyatlari)dan foydalanishni yanada yaxshilaydi va b. Temir yo‘l transporti mamlakat transport majmuasining asosini tashkil qiladi va katta iqtisodiy, siyosiy hamda xavfsizlikni ta’minlash ahamiyatiga ega bo‘lib zimmasiga yuklar oqimining katta qismini uzoq masofaga tashib berish vazifasi yuklatiladi va tashuvlarga bo‘lgan extiyojni xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarda qondiradi. Fikrimizcha, vaqt o‘tishi bilan tashuvlarni temir yo‘l orqali uzoq va o‘rta masofalarga amalga oshirish iqtisodiy jixatdan eng samarali usul bo‘lib qoladi. Yuk tashuvlarini o‘rta masofaga bajarishda temir yo‘l transporti avtomobil va dengiz transporti bilan raqobatlashadi.Temir yo‘l transporti katta hajmli yuklarni uzoq masofaga tashishda samaraliroq xisoblanadi. Temir yo‘l transportining samaradorligi iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy ishlab chikarishni yangilanishi, temir yo‘l tashuvlariga talabning o‘sishi, tuzilmaviy islohotlarning borish natijalari, O‘zbekiston halqaro transport koridorlari uchastkalaridan samarali foydalanish bilan belgilanadi. Tashqi savdo aloqalarining bugungi kunda yuqori darajada o‘sishi tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligiga transport omili ta’sirini jadallashtiradi. Ayrim tovarlar tashqi savdosi qiymatida transport xizmatlarining ulushi 40% dan ziyodroqni tashkil qiladi . Выпуск журнала №-25 Часть–1_ Май –2025 10 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Shu sababli mamlakat transport tizimidan oqilona foydalanish, tashuvlarning progressiv, zamonaviy turlarini tadbiq etilishi transport xarajatlarini qiskarishi va tashqi savdoni rivojlanishiga va samaradorligining oshishiga olib keladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarda transport xizmatlarining iqtisodiy samaradorligi, qoida bo‘yicha, tashqi yo‘nalishlarni tanlash, transport turi, tashish uslubi, halqaro aloqalar variantlarining rivojlanishi orqali aniqlanadi.Yuqorida qayd etilgan omillardan tashqari iqtisodiy samara aniqlanishida xalqaro aloqalarni rivojlantirish variantlari ham inobatga olinishi zarur. Samaradorlikni aniqlashda mijozlarning extiyojlarini hisobga olgan holda,egiluvchan sharoitga moslashgan xizmatlar,va faoliyati davomida xarajatlarni tejash imkonini beradigan mexanizmlarni qo‘llagan holda yondoshish talab etiladi.Tashishning u yoki bu variantining samaradorligini aniqlash asosiy tashuvchini tanlashda muhim tamoyil hisoblanadi.Bunda faqat tashish xarajatlarini taqqoslash bilan chegaralanmasdan, transport xizmatlarining sifati(tezkor, kafolatli,saqlangan,”aniq vaqtda” yetkazib berishni kompleks ravishda bajarish,”eshikdan- eshikgacha”), xavfsizlik darajasi va transportning ekologik jixatdan talabga javob berishini ham hisobga olish zarur va b. Zamonaviy sharoitda xalqaro yuk va yo‘lovchilarni tashish va transport xizmatlari bozorining normal holatda faoliyat yuritishi, trnsport ishlab chiqarish moddiy- texnik bazasini mustaxkamlash,investitsion faoliyatni jadallashtirish ,samarali innovatsion siyosatni olib borish, qonunchil

Доказательный фрагмент

«The relevance of the study lies in the fact that the Republic’s foreign economic relations depend on the development of international transport corridors, increasing the efficiency of international routes, and increas…»

Образец извлечения

Демо-превью

The relevance of the study lies in the fact that the Republic’s foreign economic relations depend on the development of international transport corridors, increasing the efficiency of international routes, and increas… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
transport, tarif, globallashuv, strategiya, xalqaro tashuvlar, milliy iqtisodiyot, iqtisodiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники