К содержанию
РецензированоUZ1912

YAPONIYADA TA’LIM TIZIMI MEYDZI DAVRIDA

Murtazayeva Fotima

Современное образование и развитие · 1912

Аннотация

Meydzi davridagi ta’lim islohotlari, Yaponiyani g'arb andozasi asosida zamonaviy davlatga aylantirish yo'lidagi urinishlarhaqida so'z yuritiladi.Jumladan 1872-yilda qabul qilingan "Ta'lim buyrug'i" (Gakusei) islohoti orqali ta'lim tiziming tubdan o'zgartirilishi vaYaponiyada birinchi marta majburiy boshlang'ich ta'lim tiziminingjoriy etilishi natijasidahar bir bola 6 yoshdan 14 yoshgacha ta'lim olish huquqiga ega bo'lishi haqida ma’lumot beriladi. Kalit so'zlar: Meydzi davri,feodal tuzum,"Ta'lim buyrug'i" (Gakusei), ilg'or texnologiyalar,modernism, intellektual kuch,Monbusho(Ta’lim,fan va madaniyat vazirligi) Ma’lumki Yaponiyada 1867—1868 yillarda dehqonlar, shahar kambag‘allari, savdo-sanoat korchalonlari, dvoryanlarning quyi tabaqalari, saroy aslzodalari va muxolifatdagi baʼzi yirik zodagonlardan iborat keng omma syogunlarga qarshi chiqadi. Natijada burjua inqilobi — "Meydzi inqilobi" sodir bo‘ldi. Syogun hukumati ag‘darildi va hokimiyat imperator Mutsuxito (1867—1912 ylarda hukmronlik qilgan) qo‘liga o‘tgan. Shu davrdan boshlab Yaponiya imperator va uning hukumati boshchiligida tub ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar yo‘liga o‘tib, tezlashgan modernizatsiya orqali g‘arb davlatlari darajasiga yetishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Meydzi davri (1868-1912) Yaponiyaning modernizatsiya yo'lidagi eng muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ushbu davrda Yaponiya feodal tuzumdan zamonaviy davlatga aylanish yo’lida katta islohotlar amalga oshirdi. Ta’lim islohotlari esa ushbu o'zgarishlarning asosiy qismini tashkil etdi. Ushbu tezisda Meydzi davridagi ta'lim islohotlarining sabablari, ularning mazmuni va mamlakat rivojlanishiga ta'siri tahlil qilinadi.Tokugava shogunati davrida Yaponiyada ta'lim cheklangan edi va asosan samuraylar sinfiga qaratilgan bo'lib, mamlakatning boshqa qatlamlari bu imkoniyatdan kam foydalangan. Biroq, 1868-yilda Meydzi imperatorining hokimiyatga kelishi bilan Выпуск журнала №-25 Часть–1_ Май –2025 18 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Yaponiya o'zini dunyoga ochdi va G'arb davlatlari bilan raqobatlashish uchun kuchli davlat tuzishni maqsad qildi. Zamonaviy davlatni qurish uchun esa har tomonlama bilimli, texnologiyalarni o'zlashtira oladigan va intellektual kuchga ega jamiyat zarur edi. Shu sababdan ta'lim tizimining islohoti ustuvor yo'nalishlardan biri bo'ldi.Meydzi davridagi ta'lim islohotlari quyidagi maqsadlarni o'z ichiga olgan:- Hamma uchun ta'lim imkoniyatini yaratish: Yaponiya jamiyatining barchaqatlamlari uchun ta'lim imkoniyatlari ochiq bo'lishi kerak edi. -G'arbiy bilimlarni o'zlashtirish: Yaponiyaning ilmiy va texnologik taraqqiyotini tezlashtirish uchun G'arbiy davlatlarning tajribasini o'rganish va tatbiq etish zarur edi.-Yaponiya milliyruhiyatini saqlash: G'arb texnologiyalarini o'zlashtirgan holda, milliy qadriyatlar va an'analarni saqlash muhim edi.1868 yilda boshqaruvni o'z qo'liga olgan yangi hukumat ta'limni davlatning markaziy vazifalaridan biriga aylantirdi. Dastlab 1871-yilda Monbusho(Ta’lim,fan va madaniyat vazirligi)tashkil qilindi.1872-yilda qabul qilingan "Ta'lim buyrug'i" (Gakusei) islohoti orqali ta'lim tizimi tubdan o'zgartirildi. Ushbu islohotlar Yaponiyada birinchi marta majburiy boshlang'ich ta'lim tizimini joriy etdi va har bir bola 6 yoshidan 14 yoshgacha ta'lim olish huquqiga ega bo'ldi.1872-yilda Tokyoda dastlabki ayollar maktabi tashkil topdi.Yaponiya ta'lim tizimiga katta ta'sir ko'rsatgan omillardan biri G'arbiy davlatlarning tajribasi edi. Meydzi davri boshida Yaponiya hukumati ko'plab yapon talabalari va mutaxassislarini G'arb davlatlariga, xususan, AQSh va Yevropaga yubordi. Bu talabalarning vazifasi G'arbning ilg'or texnologiyalari va bilimlarini o'rganish, shuningdek, ularni Yaponiyaga olib kelish edi. G'arbiy ilm-fan va texnologiyalarni o'zlashtirish maqsadida ko'plab xorijiy o'qituvchilar Yaponiyaga taklif etildi.Shu maqsadda 1877-yilda Tokio Universiteti tashkil qilinib,fanlaring rivojlanishiga asos solindi.sShu bilan birga, hukumat ta'lim islohotlarida milliy qadriyatlarni saqlab qolishga alohida e'tibor berdi. Ta'lim tizimi milliy g'urur va an'anaviy qadriyatlarni singdirish orqali yosh avlodda vatanparvarlik ruhini kuchaytirishga yo'naltirildi. Bu esa G'arbdan olingan bilimlar va texnologiyalarYaponiyaga begona bo'lib qolmasdan, mahalliy sharoitga moslashtirilishiga xizmat qildi.Meydzi davridagi ta'lim Выпуск журнала №-25 Часть–1_ Май –2025 19 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT islohotlari Yaponiya tarixidamodernizm davrini boshlab berdi.Natijada, 20 yil ichida savodsizlik darajasi keskin kamaydi va mamlakat intellektual taraqqiyotga erishdi. Bu ta'lim tizimi orqali yetishtirilgan mutaxassislar Yaponiya sanoatining rivojlanishiga, texnologik yuksalishiga va xalqaro maydonda raqobatbardoshdavlatga aylanishiga katta hissa qo'shdilar.Meydzi davridagi ta'lim islohotlari Yaponiyaning zamonaviy davlat sifatida shakllanishiga katta hissa qo'shdi. G'arb texnologiyalari va bilimlarini o'zlashtirgan holda, Yaponiyada kuchli ta'lim tizimi yarat

Доказательный фрагмент

«Meydzi davridagi ta’lim islohotlari, Yaponiyani g'arb andozasi asosida zamonaviy davlatga aylantirish yo'lidagi urinishlarhaqida so'z yuritiladi.Jumladan 1872-yilda qabul qilingan "Ta'lim buyrug'i" (Gakusei) islohoti…»

Образец извлечения

Демо-превью

Meydzi davridagi ta’lim islohotlari, Yaponiyani g'arb andozasi asosida zamonaviy davlatga aylantirish yo'lidagi urinishlarhaqida so'z yuritiladi.Jumladan 1872-yilda qabul qilingan "Ta'lim buyrug'i" (Gakusei) islohoti… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Meydzi davri, feodal tuzum, "Ta'lim buyrug'i" (Gakusei), ilg'or
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники