К содержанию
РецензированоRU2025

KOMPYUTER TARMOQLARI VA INTERNET TEXNOLOGIYALARI

AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING IQTISODIYOTDAGI · Abdusalimova Mukambarxon Iskandarbek qizi · Ilmiy rahbar: Toshboltayev Faxriddin O’rinboyevich

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Информационные технологии (АТ) в последние годы широко используются в различных отраслях экономики, и их роль с каждым днем возрастает. В данной статье рассматривается роль информационных технологий в экономике. В первую очередь рассматривается значение АТ в эффективном управлении и оптимизации бизнес-процессов. В частности, внедрение АТ в сфере производства, торговли, финансов и услуг способствует повышению экономической эффективности. Благодаря облачным Выпуск журнала №-24 Часть–1_ Апрель –2025 148 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT технологиям, анализу данных, искусственному интеллекту и другим инновационным решениям организации могут повысить конкурентоспособность и более эффективно управлять ресурсами. Также проанализировано влияние информационных технологий на экономический рост и вклад в развитие цифровой экономики. Ключевые слова: Информационные технологии, экономика, бизнес- процессы, цифровая экономика, искусственный интеллект, анализ данных, криптовалюты, финансовый сектор, электронная коммерция. Axborot tizimlarining tushunchasi va ulardan iqtisodiyotning sohalarida foydalanish imkoniyatlari to’g’risida fikr yuritadigan bo’lsak, avvalo, axborot tizimi haqida ma’lumotga ega bo’lishimiz lozim. Axborot tizimi(AT) — axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. Axborot texnologiyalari (AT) so‘nggi yillarda iqtisodiyotning turli sohalarida hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib, iqtisodiy faoliyatning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. AT yangi ish o‘rinlari yaratishda, mavjud resurslarni samarali boshqarishda va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda katta rol o‘ynaydi. Iqtisodiy tizimning barcha sohalarida ATning qo‘llanilishi raqobatni kuchaytirish, texnologik jarayonlarni optimallashtirish va yangi biznes-modellarni yaratish uchun imkoniyat yaratib beradi. Masalan, korxonalar AT orqali o‘z biznes jarayonlarini raqamlashtirish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va ma'lumotlarni real vaqt rejimida tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Axborot texnologiyalarining biznes jarayonlarida qo‘llanilishi, ayniqsa, korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishga katta hissa qo‘shadi. Bulutli texnologiyalar, ma'lumotlar tahlili, sun’iy intellekt va avtomatizatsiya kabi innovatsion yechimlar orqali korxonalar o‘z ishlab chiqarish jarayonlarini va resurslarni yanada samarali boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. AT biznesni global miqyosda kengaytirish imkonini yaratadi. Shuningdek, AT yordamida mijozlar Выпуск журнала №-24 Часть–1_ Апрель –2025 149 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT o’rtasidagi aloqalarni yaxshilash, marketing strategiyalarini moslashtirish va mahsulotlarni yangi bozorlar orqali sotish imkoniyatlari yaratildi. Elektron tijorat va raqamli to‘lov tizimlari, masalan, PayPal, Amazon, Alibaba va boshqalar AT asosida yaratilgan biznes-modellarga misoldir. Axborot texnologiyalari nafaqat mavjud ish o‘rinlarini optimallashtirish, balki yangi sohalarda ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlarini ham taqdim etadi. IT sohasi va unga bog‘liq sohalar (masalan, sun’iy intellekt, ma'lumotlar tahlili, kiber sug‘urtalash, va boshqalar) texnologiyalarni ishlab chiqish, qo‘llash va qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezayotgan mutaxassislar bilan to‘ldirilmoqda. IT-ta’lim sohasida yuqori malakali kadrlar yetishtirishda o‘quv dasturlarining roli katta hisoblanib, bu iqtisodiyotni raqamli inqilob uchun tayyorlaydi. Sanoat sohasida AT innovatsion yechimlarni joriy etish orqali ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, resurslarni tejash va ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirish imkonini yaratdi. Industrial internet va IoT (Internet of Things) texnologiyalari sanoat inqilobining yangi bosqichiga olib kelmoqda. Masalan, fabrikalarda ishlab chiqarishni boshqarish, materiallar harakatini kuzatish va mashinalarni avtomatik tarzda sozlashda AT qo‘llaniladi. Shuningdek, yangi texnologiyalar sanoatni ekologik jihatdan toza va samarali qilish uchun ko’maklashadi. Bulutli hisoblash texnologiyalari, sun’iy intellekt va katta ma'lumotlar (Big Data) sanoatning yangi rivojlanish yo‘nalishlarini shakllantiradi. Iqtisodiy masalalarni yechishda bulutli texnologiyalardan foydalanish xususiyatlari alohida ahamiyatga egadir. Bulut texnologiyasi - bu ommabop texnologiya bo‘lib, unda foydalanuvchilar Internet-platformada, IT-resurslarda ma’lumot kiritish yoki olish uchun ishlatadilar. Bu texnologiya ma’lumotlar va resurslarni onlayn-serverda saqlaydigan va foydalanuvchi to‘g‘ridan to‘g‘ri kompyuterning qattiq diskida saqlash o‘rniga xavfsiz foydalanish uchun ishlatiladi. Bugungi kunda jahondagi ko‘plab davlatlar qatori O‘zbekistonda ham bulutli texnologiya qo‘llanilishni boshlagan. O‘zbekistonda “O‘zbektelekom” AK “UZCLOUD” maʻlumotlarni qayta ishlash markazini ishga tushirilgan. Выпуск журнала №-24 Часть–1_ Апрель –2025 150 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Raqamli iqtiso

Доказательный фрагмент

«Информационные технологии (АТ) в последние годы широко используются в различных отраслях экономики, и их роль с каждым днем возрастает.»

Образец извлечения

Демо-превью

Информационные технологии (АТ) в последние годы широко используются в различных отраслях экономики, и их роль с каждым днем возрастает. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Информационные технологии, экономика, бизнес-, WAN, TCP, marshrutizator, xavfsizlik, raqamli transformatsiya, bulutli texnologiyalar.., kompyuter tarmog‘i, IP, elektron ta’lim, internet texnologiyalari, LAN
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники