К содержанию
РецензированоUZ2025

OLIY TA'LIM TALABALARIDA LIDERLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH

PhD. Shobduraximova Umriniso (Andijon davlat pedagogika instituti oqituvchisi) · Abduqaxxorova Moxinur Nodirbek qizi (Andijon davlat pedagogika instituti Pedagogika yonalishi)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqola oliy ta’lim talabalarida liderlik qobiliyatini rivojlantirishning bir necha usullari, ularning foydali taraflari muhokama qilinadi. Hozirgi kunda talabalarining liderlik qobiliyatini oshirish bo’yicha turli usuldagi metodlardan foydalanib kelinmoqda. Ushbu metodlar orqali talabalardagi yashirin liderlik qobiliyatlari aniqlanib, ulardan to’g’ri foydalanish bo’yicha pedagogik ko’nikmalar hosil qilinmoqda. Kalit so’zlar. Liderlik qobiliyati, pedagogik ko’nikmalar, innovatsion texnologiya, texnologik ta’lim, Kirish. Tez shiddatda yangilanayotgan ushbu davrda, ixtirolar, ilmiy tadqiqotlar, innovatsion g’oyalar, texnik ishlanmalar va ularni to’g’ri boshqarish o’ta muhim sanaladi. Aynan ularning ko’lami va sifati raqobatdosh, kadrlar yetishib chiqishida asosiy o’rin egallaydi. Ma’lumki, har qanday guruh, tashkilot, jamoa-bo’linmada tan olingan obro’- e’tiborga ega bo’lgan shaxs mavjud bo’lib, u mazkur tashkilotning faoliyatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi, bu o’zini boshqaruv harakatlari sifatida namoyon qiladi. Buni Amir Temurning “Azmi qat’iy tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz va loqayd kishidan afzaldir”, degan fikri ham rasdiqlaydi. Bugungi kunda biz bunday shaxslarni liderlar deb ataymiz. Lider so’zi inglizcha “leader” – yetakchi, boshliq, rahbar biror siyosiy partiya yoki tashkilotning rahbari, yo’lboshchisi ma’nolarini anglatadi. [1] Выпуск журнала №-25 Часть–1_ Май –2025 82 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Lider qanday qanday hususiyatga ega bo’lishi lozim? Yetakchilikning ya’ni liderlikning asosiy xususiyatlari quyidagilar:  mas'uliyatli va qiyin qarorlarni qabul qilish qobiliyati, ular uchun tegishli javobgarlikni o'z zimmasiga olish istagi;  shaxsiy manfaatlar uchun emas, balki odamlarning umumiy manfaatlari va manfaatlari haqida qayg'urish;  odamlarni butunlay ixtiyoriy asosda boshqarish qobiliyati;  xarizma va tabiiy ta'sir kuchiga ega bo'lish;  guruh tomonidan etakchiga bo'lgan ishonch va kuchli hokimiyat mavjudligi;  xatolarni tan olish qobiliyati va mag'lubiyat uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olish, bundan shaxsiy xatolarni qidirish. Bir qarashda liderlik rahbarlik kabi ko'rinishi mumkin. Qisman to`g`ri, ammo ularning o`zaro farqli jihatlari mavjud. Birinchidan, lider har doim parda ortida va o'z-o'zidan aniqlanadi, rahbar esa rasmiy ravishda tayinlanadi. Ikkinchidan, rahbar u bilan chambarchas bog'liq bo'lgan ma'lum bir guruh vakili bo'lib, yetakchi, aksariyat hollarda, guruhdan ajraladi. Uchinchidan, liderning asosiy sohasi - bu shaxslararo munosabatlar, rahbar esa rasmiy munosabatlardir. rahbarning ixtiyorida juda ko'p tashqi ma'lumotlar mavjud, qonuniy sanksiyalarni qo'llash mumkin, ya'ni u rasmiy shaxs. Ilmiy tilda guruhga kuchli va ta'sirchan ta'sir ko'rsatadigan rasmiy rahbar, ya'ni uning ta'siri pozitsiyaga bog'liq bo'lsa, "bo'ysunuvchilar" ga ta'sir qiladi. Norasmiy rahbar - bu kompaniyada egallagan joyidan qat'i nazar, yetakchilikni ta'minlaydigan shaxs. Uning harakatining mohiyati ijtimoiy bo'lib, u "izdoshlariga" qaratilgan bo`ladi. Yuqorida sanab o„tilgan xususiyatlar shaxsda yillar mobaynidagi tajriba va tug’ma iste’dod asosida shakllanib boradi. Выпуск журнала №-25 Часть–1_ Май –2025 83 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ta‟lim jarayonida yoshlarning liderlik xususiyatlarini rivojlantirishda nimalarga e‟tibor qaratish zarur. Bu borada quyidagi jihatlarga e‟tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi: Xatarlarni (risklarni) o‘z zimmasiga olish va muvaffaqiyatsizliklardan o‘rganish. Muvaffaqiyatsizliklardan qochib qutulish va har doim hayotda muvaffaqiyatli bo„lish mumkin emas. Shu sababli yosh avlod uchun har bir muvaffaqiyatsizlikdan saboq olish va hayotda davom etish juda muhimdir. Ular tavakkal qilishdan qo„rqmasliklari kerak va muammolarga duch kelgan holatda tegishli saboqlarni olishni o„rganishlari lozim. Xato qilmaydiganlar hayotda o„smaydilar. Rasmiy ta‟lim tizimi shunday yo„lga qo„yilishi kerakki, bu o„quvchilarni tavakkal qilishga undaydigan va ularni xato va kamchiliklari uchun jazolamaydigan bo„lishi lozim. Insonning aql-idroki o„sishi va hayotdagi yuksalishi orttirgan tajribalari orqali bo„ladi. Xulosa qilib aytganda yoshlarda liderlik xususiytalarini rivojlantirish uchun bugunda kunda mamlakatimizda barcha sharoitlar yaratilgan. Buni O`zbekiston Respublikasi “Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risda”gi qonuni, “Ta‟lim to`g`risda”gi qonunlarda o`z aksini topganligida ko`rishimiz mumkin. Ushbu normalarni amaliyotga tatbiq etish yoshlarda liderlik xususiyatlarini namoyon bo`lishida muhim rol o`ynaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. O`zbek tilining izohli lug„ati. –T. “O„zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. 2013. 497-b. 2. Chemers M. (1997) An integrative theory of leadership. Lawrence Erlbaum Associates, Publishers. ISBN 978-0-8058-2679-1 3. K.Turaev Yoshlarda liderlik qobiliyatini rivojlantirish. Yangilanayotgan jamiyatda yoshlarning ijtimoiy faolligi: muammo va yechimlar. Respublika ilmiyamaliy konferensiyas

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola oliy ta’lim talabalarida liderlik qobiliyatini rivojlantirishning bir necha usullari, ularning foydali taraflari muhokama qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola oliy ta’lim talabalarida liderlik qobiliyatini rivojlantirishning bir necha usullari, ularning foydali taraflari muhokama qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion texnologiya, texnologik ta’lim, pedagogik ko’nikmalar, Liderlik qobiliyati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники