Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TUPROQQA EKIN EKISHDAN OLDIN ISHLOV BERISH EKINLARINI EKISH USULLARI
EKINLARINI EKISH USULLARI
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada yerga ekin ekish oldidan tuproqqa ishlov berish jarayoni va uning ahamiyati yoritiladi. Tuproqni ekishga tayyorlashdagi asosiy bosqichlar – yerni tekislash, boronalash, namlikni saqlash hamda begona o‘tlarni yo‘qotish jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tuproqqa ishlov berishning an’anaviy va resurs tejamkor usullari haqida ma’lumot beriladi. Ushbu texnologiyalar ekinlarning unib chiqishiga qulay sharoit yaratib, hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Tuproqqa ishlov berish, yerni tekislash, boronalash, shudgor, begona o‘tlar, namlik saqlash, unumdorlik, qishloq xo‘jalik texnikasi, resurs tejamkorlik, an’anaviy ishlov berish. Yerga ekin ekish oldidan ishlov berish uruglami to`liq unib chiqishi va keyingi parvarish ishlarini bajarishga qulay sharoit yaratish uchun o`tkaziladi. Ishlov berish orqali tuproqqa kerakli tuzilish va mo'tadil zichlik beriladi, begona o`tlar yo`qotiladi. Bu ishlar quyidagilardan iborat: 1) yern joriy tekislash; 2) uru’glami bir xil chuqurlikka ekish va qiyg'os unib chiqishini ta`minlaydigan yumshoq qatlam hosil qilish; 3) begona o`tlami yo`qotish.Yerlarni tekis bo`lishi urug`larni bir xil chuqurlikka tushishi va sifatli qilib sug'orishga imkoniyat yaratadi. Vegetatsiya davrida o`tkaziladigan hamma parvarish ishlarining sifati va samaradorligi ko`p jihatdan dalalami tekis bo‘lishiga Выпуск журнала №-25 Часть–1_ Май –2025 116 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bog`liq. Dalalami shudgorlash paytida hosil bo`lgan marza va egatlar, traktorlarning burilish joylaridagi do`nglik-chuqurliklar har yili joriy tekislanadi. Yerni tekislash uchun uzun bazali tekislagich greyder, keng qamrovli mola, tem ir-b e to n brus yoki oddiy yog`och molalardan foydalaniladi. Agregatlar yordamida tekislanmay qolgan do`nglik va pastqam joylar qo‘lda tekislanadi. Navbatdagi tadbirlar namlikni saqlab, yumshoq qatlam hosil qilish va begona o‘tlarni yo‘qotishga qaratilmog‘i lozim. Yerni ekin ekishga tayyorlash, shudgorni b o ro nalashdan boshlanadi.Boronalash davrida tuproq namligi va uni saqlashga e ’tibor berish lozim. Yerni boronalashga tuproq yetilgan paytda kirishilsa kesaklar yaxshi maydalanadi, tuproq donador holatga keladi. Tuproqda namlik saqlab qolishga erishiladi. Boronalash ko`pincha molalash bilan birgalikda o‘tkaziladi. Bunda tuproq yuzasi tekislanadi va ma’lum darajada zichlanadi. Begona o‘tlar endi unib chiqayotganda boronalash o`tkazilsa, ularning maysalari nobud bo‘ladi. Yer betidagi qatqaloqni yumshatib turish namlikni behuda bug‘lanib ketishini oldini oladi.Yerlarni boronalashda ikki qator qilib ulangan ≪zig-zag≫boronalardan foydalaniladi. Boronalashni iloji boricha zanjirli traktorlar yordamida amalga oshirish lozim. Chunki, g‘ildirakli traktorlar yerlarni zichlashtirib yuboradi. Dalalar dastlab yer haydalish yo‘nalishiga ko‘ndalang, ikkinchi marta esa uzunasiga boronalanadi. Yerni ekishga tayyorlash, boronalash ishlarini ekishdan bir necha kun ilgari rejalashtirilgan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bir nechta texnologik jarayonlar majmuasi tuproqqa ishlov berish tizimi deyiladi. Masalan, tuproqqa ishlov berishning asosiy (chuqur) va qo’shimcha (sayoz) tizimlari mavjuddir. Asosiy ishlov berish ikki ko’rinishda — tuproq palaxsasini ag’darib hamda ag’darmasdan shudgorlab bajariladi. Qo’shimcha ishlov berish esa ekishdan oldingi va ekishdan keyingi turlarga bo’linadi.Har qanday ekinning hosildorligini oshirish maqsadida uni ekishdan oldin tuproqqa ishlov berib, uni qulay holatga keltirish zarur. yerga ishlov berishda asosiy e`tiborni tuproqni himoyalab, uning unumdorligini tiklashga qaratish kerak. Shu maqsadda, tuproqqa ishlov berishning an`anaviy va resurs tejamkor usullaridan foydalaniladi. Maxalliy sharoitga moslab qanday usuldan foydalanish tanlanadi.An`anaviy usulda plug bilan yerni chuqur (20 sm dan ko’prok) haydab, Выпуск журнала №-25 Часть–1_ Май –2025 117 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT asosiy ishlov beriladi. Keyinchalik esa turli tirma, kul tivator, freza kabi mashinalar bilan yerga sayoz ishlov beriladi. Plug bilan ishlov berishda tuproqning ustki qatlami qirqilib ajratiladi va yon tomonga siljitilib, ma`lum burchakka burib ag’dariladi. Ag’darilish natijasida qirqilgan palaxsa qatlami deformatsiyalanib maydalanadi, tuproqning strukturasi tiklanadi, begona o’t urug’lari va qoldiqlari hamda xasharotlar ko’miladi, yer betiga esa tuproqning pastki, ya`ni chirindiga boyroq qatlami chiqariladi.An`anaviy usuldan foydalanib, chuqur va o’ta chuqur (27 sm va undan ortiqroq) shudgorlab, begona o’tlarni keskin kamaytirish mumkin. yerni ag’darib haydash tuproqqa salbiy ta`sir ko’rsatadi, chunki yer betiga chiqarilgan organik moddalar kuyosh nuri va boshqa omillar ta`sirida parchalanib, tarkibidagi uglerodning atmosferaga uchib ketishi hamda tuproq eroziyasi kuchayishi mumkin. Bu esa tuproq unumdorligini pasaytiradi.Sug’oriladigan yerlarda 2 - 3 marta hosil olish uchun tuproqqa intensiv ishlov berish texnologiyasidan foydalaniladi. Bu esa dalaga mashi
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada yerga ekin ekish oldidan tuproqqa ishlov berish jarayoni va uning ahamiyati yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada yerga ekin ekish oldidan tuproqqa ishlov berish jarayoni va uning ahamiyati yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- an’anaviy ishlov berish., yerni tekislash, unumdorlik, Tuproqqa ishlov berish, boronalash, namlik saqlash, shudgor, resurs tejamkorlik, qishloq xo‘jalik texnikasi, begona o‘tlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024