Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FIKR, SO’Z VA E’TIQOD ERKINLIGINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
TURAKULOV BOYBURI KUZIMURATOVICH
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu tadqiqot O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fikr, so'z va e'tiqod erkinligining konstitutsiyaviy asoslarini tahlil qiladi. Tadqiqotda konstitutsiyaviy qoidalarni amaliy qo'llanilishi, mavjud cheklovlar va ularning asosliligi, shuningdek, ushbu erkinliklarni ta'minlashdagi davlatning roli va vazifalari o'rganiladi. Huquqiy tahlil usuli yordamida olib borilgan tadqiqot natijalari O'zbekistonning xalqaro huquq normalari va demokratik davlatlar tajribasiga muvofiqligi yuzasidan xulosalar beradi. Tadqiqot natijalari huquqshunoslar, siyosatchilar va inson huquqlari himoyachilari uchun qiziqish uyg'otishi mumkin. Kalit so’zlar: fikr erkinligi, soʻz erkinligi, eʼtiqod erkinligi, vijdon erkinligi Konstitutsiyamizning 33-moddasida qayd etilganidek: “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi.”. Insonning o‘z fikrini erkin ifoda etish huquqi o‘z ichiga nimalarni qamrab oladi? Insonning o‘z fikrini erkin ifoda etish huquqi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: 1),har qanday axborotni izlash; 2),har qanday axborotni olish; Выпуск журнала №-25 Часть–1_ Май –2025 368 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 3),har qanday axborotni tarqatish; 4),har qanday axborotni yozma yoki nashr shaklida yoxud badiiy shaklda ifodalash erkinligini amalga oshirish imkonini beradi (istisno holatlar ham mavjud). Insonning so‘z va fikrlash erkinligiga nisbatan qonun hujjatlarida muayyan istisnoli holatlar belgilangan va birinchi navbatda bu holatlar xalq farovonligini va tinchligini ta’minlash, davlatning konstitutsiyaviy tuzumiga zid bo‘lmaslik, doimo taraqqiyotga xizmat qilish bilan belgilanadi. Ushbu erkinlikni suiiste’mol qilib sharm- hayosiz asarlar yaratish, fikrlash, so‘z va matbuot erkinligidan konstitutsiyaviy tuzumga qarshi maqsadda, boshqalarni badnom qilishni ko‘zlab, axborotlar izlash, olish va tarqatish huquqidan boshqalarni shaxsiy hayot sirlari yoki davlat, xizmat yoinki tijorat sirlarini oshkor etish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin. Konstitutsiyamizning barcha moddalarida ham, garchi ularning matnida axborot va so‘z erkinligi, matbuot erkinligi, fikr erkinligi, e’tiqod erkinligi kabi tushunchalar ishlatilmagan bo‘lsa-da, inson va fuqarolarning ana shu huquq hamda erkinliklari ta’minlanishi, himoya etilishiga xizmat qiladi. Insonning fikrlash erkinligi qanday amalga oshiriladi? !,”Insonning fikrlash erkinligi deganda, so‘z orqali amalga oshiriladigan, fikrini ochiq so‘zlash va boshqa shaxslarning e’tiboriga yetkazish huquqi tushuniladi.” Ko‘p holatlarda so‘z erkinligi har bir insonning o‘z fikrini ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‘z fikr va e’tirozlarini ochiq so‘zlash erkinligi bilan bog‘liq bo‘ladi. !,Bu erkinlik quyidagi normativ huquqiy hujjatlar bilan kafolatlangan.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;“Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonun;“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun;“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonun. Bir so‘z bilan aytganda, fikrlash, so‘zlash erkinligi, axborotlarni izlash, olish va tarqatish huquqi fuqarolarga davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda faol ishtirok etish imkonini beradi. Shu o‘rinda mustaqillik yillarida mamlakatimizda fuqarolarning Выпуск журнала №-25 Часть–1_ Май –2025 369 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT so‘zlash erkinligi, axborotlarni izlash, olish va tarqatish huquqlarini ta’minlash borasida chuqur demokratik islohotlar amalga oshirilib kelinayotganligini qayd etib o‘tish joiz. Ushbu qonunlarda so‘z erkinligi muayyan huquqlar bilan bir qatorda ma’lum burch va majburiyatlar mavjudligini ham taqozo etadi. Xususan, ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi: boshqa shaxslar huquqi va obro‘sini hurmat qilish; davlat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholi sog‘lig‘i va qadriyatlarini himoya qilish. Fikr, so‘z va e’tiqod erkinligining huquqiy asoslari nimalarda o‘z ifodasini topadi? Insonning so‘z va fikrlash erkinligi huquqiga doir konstitutsiyaviy normalar joriy qonunlarda rivojlantirilgan. Xususan, insonning gazeta, jurnal, televideniye va radio dasturlari va ommaviy axborot vositalari orqali ma’lumotlarni tarqatish va qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tartibga solinadi. Milliy qonunchiligimizda barcha o‘tkazilayotgan islohot va jarayonlarda ommaviy axborot vositalari erkinligining suiiste’mol etilishiga yo‘l qo‘ymas
Доказательный фрагмент
«Ushbu tadqiqot O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fikr, so'z va e'tiqod erkinligining konstitutsiyaviy asoslarini tahlil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tadqiqot O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fikr, so'z va e'tiqod erkinligining konstitutsiyaviy asoslarini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fikr erkinligi, soʻz erkinligi, eʼtiqod erkinligi, vijdon erkinligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025