Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SAVOD O’RGATISH DARSLARIDA YOZUVGA O’RGATISH USULLARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
RIVOJLANTIRUVCHI VOSITA SIFATIDA · Sultonova Gulzoda Otabek qizi · Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti)
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada loyiha faoliyatining o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, izlanish olib borish, tashabbuskorlik va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishdagi o‘rni, ayniqsa, 2-sinfda Ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari misolida yoritiladi. Loyiha ishlari orqali bolalarda axborot bilan ishlash, mulohaza qilish va ijodiy fikrlash kabi kompetensiyalar rivojlanadi. Kalit so‘zlar: loyiha faoliyati, boshlang‘ich ta’lim, mustaqillik, o‘qish savodxonligi, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, metodika. Bugungi kunda ta’lim jarayonida faqatgina bilim berish emas, balki o‘quvchilarni mustaqil o‘rganishga, fikrlashga va harakatga o‘rgatish asosiy maqsadlardandir. Shu nuqtai nazardan, loyiha ishlari ta’limda muhim o‘rin tutib, o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda bu jarayonning asoslarini qo‘yish juda muhimdir. Loyiha ishlari zamonaviy ta’limning ajralmas qismi bo‘lib, o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. U o‘quvchilarda chuqur bilim olish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, ijodiy yondashuvni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu boisdan ta’lim jarayonida loyiha ishlariga alohida e’tibor qaratish muhim. Loyiha ishlari aynan shu maqsadlarga xizmat qiladigan pedagogik vositalardan biridir. Loyiha faoliyati bu — o‘quvchilarning muayyan mavzuga oid savol yoki muammoni mustaqil yoki guruhda hal qilishga yo‘naltirilgan, amaliy natijaga ega bo‘lgan faoliyatidir. Uning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, axborot bilan ishlash, qaror qabul qilish va ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 3 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Loyiha ishlari quyidagi jihatlari bilan mustaqil ta’limni rivojlantiradi: O‘quvchini mustaqil mavzu tanlashga undaydi; Tadqiqot olib borish, axborot to‘plash, tahlil qilishga o‘rgatadi; O‘z fikrini yozma va og‘zaki ifoda etishga imkon yaratadi; Javobgarlik, intizom va vaqtni rejalashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. O‘qituvchi loyiha jarayonida yo‘naltiruvchi va motivatsiya beruvchi shaxs sifatida faol ishtirok etadi. U mavzuni aniqlashda, ishni rejalashtirishda va yakuniy natijani baholashda o‘quvchiga metodik ko‘mak ko‘rsatadi. Psixolog va pedagog olimlar (V.V. Davidov, D.B. Elkonin, A.A. Leontyev) fikriga ko‘ra, bola maktab yoshining boshida o‘quv faoliyatining mazmun-mohiyatini to‘g‘ri tushunmaydi. Ammo loyiha asosidagi ishlar orqali bola o‘z harakati natijasini ko‘ra oladi, bu esa uning shaxsiy motivatsiyasini oshiradi. Shuningdek, loyihalarning ko‘p bosqichli tuzilishi (rejalashtirish, bajarish, taqdim etish) bola tafakkurini tizimli tarzda rivojlantiradi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar hali to‘liq mustaqil fikrlashga o‘rganmagan bo‘lishadi. Shu bois, loyiha faoliyatini yoshga moslashtirilgan shaklda tashkil etish zarur. Masalan, 2-sinf o‘quvchilari uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat”, “Ulug‘ allomalar yurti”, “Mening oilam”, “O‘zbekistonning noyob tabiati”, “Zamonaviy texnologiyalar” kabi loyihalar qulay va rivojlantiruvchi bo‘lishi mumkin. 2-sinf Ona tili darsligida berilgan matnlar asosida bir nechta loyihalar keltirib o‘taman: Ona tili I qism 84-betdagi 6-mavzu “Mening mahallam” mavzusida Katta shahar loyihasini tuzishlari so‘ralgan va buni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi. 1. Shahringizni qanday nomlagan bo‘lardingiz? 2. Shahringizda binolar qanday joylashishini xohlardingiz? 3. Undagi mahallalarni qanday nomlar edingiz? Eng kamida 3 ta nom o‘ylab toping. Ona tili I qism 45-betdagi 1-mashqda keltirilgan “Tovush paychalari” nomli matn va ushbu matn asosida loyiha ishi keltirilgan. Biz bu matn ichida berilgan ajratib Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 4 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ko‘rsatilgan so‘zlarni yozib, unli va undosh harflarga ajratib olganimizdan so‘ng undosh harflar tagiga chizish loyihasini o‘tkazamiz. O‘qish savodxonligi IV qismida “Tabiatni asraylik” mavzusida darslikdagi matn asosida ekologik loyiha: bolalar chiqindilarni saralash, daraxt ekish yoki tabiatni muhofaza qilish haqida rasmlar chizib, og‘zaki nutq asosida taqdimot qiladi. Bu turdagi ishlar bolalarda mustaqil izlanish, mulohaza qilish, yaratish va ifoda etish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Loyiha ishlari 2-sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlashni shakllantirish, axborotni izlash, tanqidiy tahlil qilish, o‘z fikrini bayon qilish kabi kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari orqali esa bu jarayon oson va samarali tashkil etilishi mumkin. Shunday ekan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari loyihalarni dars jarayoniga integratsiyalash orqali bolalarda mustaqil faoliyatga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otishlari kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Ona tili: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik I qism. Kuranov S. – Toshkent: 2023-y. -88 b. 2. Ona tili: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik II qism. Kuranov S. – Toshkent: 2023-y. -88 b. 3. Ona tili: Umumiy o‘rta ta
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada loyiha faoliyatining o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, izlanish olib borish, tashabbuskorlik va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishdagi o‘rni, ayniqsa, 2-sinfda Ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada loyiha faoliyatining o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, izlanish olib borish, tashabbuskorlik va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishdagi o‘rni, ayniqsa, 2-sinfda Ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Genetik usul, ko‘nikma, Yozuv, husnixat., bilim, muammo, usul, Ritmik usul, yechim, Chiziqli usul
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025